Mavzu: Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya. Nutq organlari fiziologiyasi. Reja



Yüklə 45,81 Kb.
səhifə1/2
tarix18.11.2022
ölçüsü45,81 Kb.
#69694
  1   2
Mavzu Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya.


7-mavzu: Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya. Nutq organlari fiziologiyasi.
Reja:
1.Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya.
2.Nutq tovushining biologik aspekti. Nutq organlari fiziologiyasi.
Tayanch tushunchalar:Tilshunoslik, biologiya, nutq tovushi, akustik, artikulyasion, funksional, nutq apparati.
1.Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya. Tilshunoslik biologiya fani bilan ham uzviy aloqadadir. Avvalo, tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lgan til tovushlar silsilasi yordamida moddiylashadi. Tovushlar esa nutq birligi sifatida muayyan nutq organlarining faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq organlari nutq apparati sanaladi.
Nutq apparati tarkibiga kiruvchi nutq organlari inson organizmining tarkibiy qismidir. Har qanday nutq organi ikki xil vazifa bajaradi: 1) birlamchi vazifasi insonning fiziologik a’zosi. Bunday a’zo sifatida ular inson organizmining normal yashashi uchun zarur tabiiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi; 2) ikkilamchi vazifasi nutq organi. Bu faqat homo sapiensga xos xususiyatlar bo‘lib, birlamchi vazifasi ustiga qo‘shimcha vazifa – ma’lum nutq tovushlarini talaffuz qilish vazifasi qo‘shiladi. Shunday qilib, bu organlar ham biologiyaning, ham tilshunoslikning tekshirish obyekti bo‘ladi.
Har bir nutq tovushi uch belgini o‘zida mujassamlaydi: 1) akustik; 2) artikulyasion; 3) vazifaviy (funksional).
Unli tovushlar ham, undosh tovushlar ham artikulyasion belgiga ega. Unli yoki undosh tovushlarning yuzaga chiqishida ishtirok etadigan nutq organlari belgisi artikulyasion belgi sanaladi. Mazkur belgiga ko‘ra nutq tovushining tavsifi artikulyasion (fiziologik) tavsif sanaladi. Masalan, unlilar tavsifida lab ishtiroki belgisi, og‘izning ochilish darajasi (tilning ko‘tarilish darajasi) belgisi fiziologik tavsif uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Undoshlar tavsifida esa undoshlarning paydo bo‘lish o‘rni belgisi (bo‘g‘iz tovushlari, til tovushlari – til orqa, til o‘rta, til oldi tovushlari, lab tovushlari, lab-lab, lab-tish tovushlari, tanglay va burun tovushlari) fiziologik jihatdan tavsif asosi bo‘ladi.
Unli va undosh tovushlarni talaffuz qilishda ishtirok etadigan nutq organlari qadimdan tilshunoslar diqqatini tortib keladi. Xususan, bobokalonimiz qomusiy olim Ibn Sino fonetikaga bag‘ishlangan maxsus risolasida tovushlarning fiziologik tomoni haqida batafsil ma’lumot beradi. Bunday aniq ma’lumot berishida olimga inson fiziologiyasini yaxshi bilgani katta imkoniyat yaratgan.

Yüklə 45,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin