Mavzu: Timer ob’ekti va undan foydalanish Fan: Informatika va AT
Qisqacha tezis: Ba’zan ilovada vaqtga bog‘liq amallarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Masalan, ilovada joriy vaqtni ko‘rsatuvchi soat bo‘lsa, har sekundda ko‘rsatilayotgan vaqtni yangilab turish kerak. Aks holda soatdagi vaqt orqada qolib ketadi. Taymer obyektining o‘ziga xos xususiyati uning ekranda ko‘rinmasligidir. Taymer obyekti obyektlar panelining System (Tizim) jildida joylashgan. Elektron soat va Taymer ilovasi. Elektron soat ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning sarlavhasini elektron soatga o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga ikkita obyekt: Label va Timer joylaymiz. Label ning Font (shrift) xossasini ikki marta bosib, shrift muloqot oynasida shrift o‘lchamini 24 ga teng qilib o‘rnatamiz. Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga Label1.Caption:=TimeToStr(Now); operatorini kiritamiz. Bu operatorda ikkita standart funksiyadan foydalanilayapti. Ulardan birinchisi Now (hozir) bo‘lib, uning qiymati kompyuterning soati bu funksiya ishga tushgandagi vaqtiga teng.
Qo’shimcha ma’lumotlar Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga Label1.Caption:=TimeToStr(Now); operatorini kiritamiz. Bu operatorda ikkita standart funksiyadan foydalanilayapti. Ulardan birinchisi Now (hozir) bo‘lib, uning qiymati kompyuterning soati bu funksiya ishga tushgandagi vaqtiga teng.
Nazorat savollari
1. Taymer ishlatiladigan holatlarga misollar keltiring.
2. Timer obyekti obyektlar panelining qaysi jildida joylashgan?
3. Timer obyektining interval xossasi qanday vazifani bajaradi?
4. Taymer ilovasida ShowMessage protsedurasi o‘rniga Label
obyektidan foydalanib, qayta yarating.