Mavzu: Tizimli blok qismlari bilan tanishish



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə5/9
tarix03.03.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#86414
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Tizimli blok qismlari bilan tanishish

Skaner – foto rasm, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Demak, rasm, shakl yoki matnni albatta bevosita kompyuterda hosil qilish shart emas, balki uni oldin tashqarida tayyorlab olib kompyuterga kiritish sharoitini yaratib, bu rasmdan kompyuterda ko’rsatmali foydalanish imkoniyatini beradi. Hozirda stol usti skanerlari va qo’l skanerlari keng tarqalgan. Stol usti skanerlari o’z navbatida planshet, rulon, proeksionxillarga bo’linadi. Skanerning har bir turi qo’yilgan masalaga mos ravishda bajara oladigan vazifaga qarab o’z joyida qo’llanadi.



Strimer – vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun, uning nusxasini ko’chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Strimer ma`lumotlarni magnit tasmalarga juda tez ko’chirishni tashkil etadi. Magnit lentalar sifatida audio yoki video tasmalardan foydalaniladi.



Modem – kompyuter signallarini telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha telefon signallarini kompyuter signallariga aylantirishni ta`minlovchi maxsus qurilma. Demak, modem telefon tarmoqlari orqali kompyuterlarni o’zaro bog’lash imkoniyatini yaratib berar ekan. Modem kompyuterda o’zgarmas tok orqali hosil qilingan signallarni turli chastotali tovush signallarining kombinatsiyasiga aylantiradi va shu jarayonni teskari tartibda ham bajaradi. Bu esa yakka kompyuterdan foydalanganga qaraganda, ancha katta hajmdagi axborot bilan ishlash imkoniyatlarini ochib beradi.



Soundblaster – axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Soundblaster qurilmasining chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki ovoz kolonkalarini ulash mumkin, bu bilan kompyuterning multimedia imkoniyatlarini to’liq namoyon etishga yo’l ochiladi.



Mu ltimedia – matn, tovushli ma`lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasi. Multimedia uchun zamonaviy CD – ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD – ROM Conference) bo’lib o’tdi va bu sana video va audioaxborotli to’laqonli multimedianing paydo bo’lishining boshlanishi deb hisoblanadi.




4- topwiriq


Mavzu: ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash
Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash
Ba’zan ona (motherboard) yoki asosiy plata (main board) deb ataluvchi tizimli plata (system board) kompyuterning asosiy bog‘lamalaridan hisoblanadi. Tizimli plataning asosiy vazifasi – kompyuterning hamma bog‘lamasini konstruktiv bitta qurilma sifatida birlashtirishdir. Haqiqatdan ham, tizimli plata kompyuterning asosiy ko‘rsatkichlarini, masalan, qanday protsessorni qo‘llash kerakligini, qaysi tezlikda protsessor bilan tezkor xotira axborot almashina olishini belgilab beradi. Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidanm qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktlash
chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar. Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin