Kompyuter uchun Quvvatlantirish manbai (blok piatniya) tanlaymiz. Kompyuter zapchastlarini to'g'ri tanlash va uni yig'ish yo'lidagi keyingi mavzuyimiz Quvvatlantirish manbai (blok pitaniya). Ko'pchilik bu qurilmaga unchalik ahamiyat bermaydi va sotib olishda oxirida pulga qarab oladi, lekin ishoning bu to'g'ri qaror emas.
Quvvatlantirish manbai tanlashda quyidagi xarakteristikalarga ahamiyat berish lozim:
1. Form faktor, ya'ni ko'rinishi. Siz tanlagan korpusga tushishi lozim, bunda sizda 3 ta tanlov bo'ladi:
A. ATX - odatiy biz ko'p uchratadigan, oddiy kompyuterlar uchun mo'ljallangan o'lchamdagi blok pitaniya.
B. SFX - kichik hajmdagi kompyuter va serverlar uchun mo'ljallangan, kichik o'lchamli blok pitaniya.
C. TFX - ko'rinishi uzun to'g'ri to'rtburchakka o'xshagan o'lchamdagi blok pitaniya.
Tanlov: ATX. 2. Quvvat. Kompyuterdagi zapchastlar: protsessor, videokarta, vinchestet xullas hammasi uchun quvvat kerak. Shuning uchun bu xarakteristikani tanlashda kalkulyatordan foydalanish lozim, misol uchun:https://www.bequiet.com/ru/psucalculatorsizdagi bor narsalarni belgilaysiz va sizga kerakli blok pitaniya quvvatini chiqarib beradi.
Tanlov:
Oddiy offis ishlari uchun: 450W gacha
O'yinlar uchun: 500W, 600W, ...
3. Ulanish razyomlari. Sizdagi bor zapchastlarga qarab ulanish razyomlarini tanlaysiz, odatda plata uchun 24 pin(24 ta ulanishga ega razyom)li sim, protsessor uchun 4, 8 pinli sim kerak bo'ladi, shu sabab 8 pinlini tanlayvering. Vinchester ulash uchun uchun SATA yoki IDE ulanish uchun pitaniya, videokarta uchun alohida razyom. Xullas, dastlab kompuiteringiz zapchastlarini ko'rib chiqing, keyin shunga mos blok pitaniya razyomlarini tanlaysiz.
4. Effektivlik. Blok pitaniyalarda 80 PLUS degan standart bor(korpusida yozilgan bo'ladi). Bu standart blok pitaniya foydali ish koeffitsenti 80% dan yuqori bo'lganlarga beriladi, ya'ni sifatlilariga, shunga ham e'tibor bering, bu standart ham bo'linadi:
80 PLUS, 80 PLUS Bronze, 80 PLUS Silver, 80 PLUS Platinum, 80 PLUS Titanium. Effektivlik darajasi ortib borish ketma-ketligida yozdim, oxirgisi 90% effektivlik beradi.
3-topwiriq
Mavzu: Kompyuterga qo’shimcha yangi texnik qurilmalarni ulash.