Mavzu: Tola hosil qiluvchi polimerlar va ular asosidagi tolalar Reja


Tolalar tuzilishi va asosiy xossalari



Yüklə 104,5 Kb.
səhifə2/3
tarix02.11.2022
ölçüsü104,5 Kb.
#67135
1   2   3
1-Ma\'ruza (6)

Tolalar tuzilishi va asosiy xossalari
To'qimachilik tolalari murakkab fizikaviy tuzilishga ega. Tolani ikkita struktura darajasini jaratish mumkin: molekulyar va ustmolekulyar. Molekulyar va ustmolekulyar tuzilmalarning xususiyatlari tolalarning asosiy xossalarini belgilaydi.
To'qimachilik tolalari tasnifidan ko'rinib turibdiki, tolalarning aksariyati (aniqrog'i, minerallardan tashqari) yuqori molekulyar birikmalarga (YUMB) asoslangan. YUMB makromolekulalari elementar halqalar deb nomlanadigan ko‘plab takrorlanadigan atomlar guruhidan iborat. Makromolekulani tashkil etuvchi elementar halqalar soni polimerlanish darajasi deyiladi. Polimerlanish darajasi turli yuqori molekulyar birikmalar uchun turlicha va bir necha yuzdan o‘n minggacha bo‘ladi. Molekulasi bir turdagi atomdan iborat halqalardan tashkil topgan yuqori molekulyar birikmalar polimerlar deyiladi.
Yuqori molekulyar birikmalarning asosiy xossalari
• yuqori molekulyar massa tufayli yuqori molekulyar birikmalar gazsimon holatga o‘ta olmaydi;
• YUMB eritmalari yuqori qovushqoqlik darajasiga egaligi ulardan tola va iplar shakllantirish imkonini beradi. Ular qiyin eriydi, faqat chegaralangan erituvchilarda (YUMB eruvchanligi tanlangan holda);
• YUMB aniq belgilangan suyulish haroratiga ega emas, chunki ularning makromolekulalari turli miqdordagi elementar halqalardan tashkil topadi, ya’ni polidisperslikka ega;
• uzoq muddat qizdirilganda YUMB asta sekin yumshaydi (termoplastik polimerlar), ayrim hollarda suyulishgacha bormay monomerlarga parchalandi.
Tolaning molekulyar qurilmasi tolani hosil qiluvchi polimer makromolekulasi tuzilishiga qarab belgilanadi. Makromolekulaning tuzilishi chiziqli, zigzag, siklozanjirli, tarmoqlangan, to‘rsimon bo'lishi mumkin (2-rasm). To'qimachilik tolalarini tashkil etuvchi ko‘plab YUMB makromolekulasi asosan chiziqli tuzilishga ega, junda esa fazoviy to‘r shaklida bo'ladi.Tola tarkibidagi makromolekulalar qanchalik uzun bo‘lsa, tola shunchalik mustahkam bo‘ladi (ya’ni polimerning polimerlanish darajasi oshishi bilan tolaning mustahkamligi oshadi).


Yüklə 104,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin