Mavzu: Tola hosil qiluvchi polimerlar va ular asosidagi tolalar Reja


-rasm. Makromolekulalar qurilmasining sxemasi



Yüklə 104,5 Kb.
səhifə3/3
tarix02.11.2022
ölçüsü104,5 Kb.
#67135
1   2   3
1-Ma\'ruza (6)

2-rasm. Makromolekulalar qurilmasining sxemasi:
1-3 - chiziqli to‘g‘ri zanjir (1), zigzagsimon zanjirli (2),
halqazanjirli (3), 4-5 - qisqa (4) va uzun (5) novdalar bilan tarmoqlangan; 6 - narvonsimon; 7 - yassi; 8 - blokli chiziqli (blok sopolimer); 9 - payvandlangan blokli tarmoqlangan; 10 - to‘rsimon (uch o'lchamli tikilgan).

YUMB makromolekulalari tola o‘qi bo‘ylab turli darajada yo‘nalgan bo‘lishi mumkin. Ularni tola o‘qi bo‘ylab yo‘nalishi qancha yuqori bo‘lsa, shunchalik mustahkamlik xossalari yaxshi bo‘ladi. Tola o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan chiziqli makromolekulali tolalar yuqori mustahkamlikka ega bo‘ladi. Tolaning ustmolekulyar qurilmasi makromolekular va ular komplekslarini o‘zaro joylashuvi bilan aniqlanadi. To'qimachilik tolalari uchun fibrillyar qurilma xos, makromolekulalar komplekslarga – mikrofibrillarga, mikrofibrillar esa - fibrillarga birlashadi. Mikrofibrilla uzunligi ko‘ndalang keimidan bir tartibga katta.


Fibrillalar - yo'naltirilgan ustmolekulyar birikmalar - mikrofibrillalar jamlanmasi. Fibrillalar orasidagi bog‘lanish asosan mikrofibrillarga qaraganda kuchsiz roq bo'lgan molekulalararo ta'sir lashish kuchlari orqali amalga oshiriladi. Fibrillalar orasida ko'p sonli bo'ylama yuzalar, bo'shliqlar va mikro yoriqlar mavjud. Shuning uchun tolalarni mexanik va kimyoviy ta’sirlarga asoslangan qayta ishlash jarayonida parchalanishi fibrillalar bo'ylab sodir bo'ladi. Fibrillalar tola oqi bo'ylab yoki nisbatan kichik burchak ostida joylashadi. Faqat ayrim tolalarda fibrillalar joylashuvi kutilmagan, noto‘g‘ri ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, lekin shu holatda ham o‘q bo‘ylab umumiy yo‘nalishi saqlanadi.
Fibrillalar qurilmasida uzunlik bo‘yicha kristalli (yuqori tartibli) va amorf (tartibsiz) sohalar ketma-ket joylashadi, ularning almashinish tabiati va o'lchamlari polimer turi va uni ishlab chiqarish sharoitlariga bog'liq bo‘ladi. Kristalli sohalar qanchalik ko'p bo'lsa, tola shunchalik mustahkam bo'ladi. Uzun zanjirli makromolekulalar bir necha kristalli va amorf sohalardan o'tishi mumkin. Tola hosil qiluvchi polimerlarning bunday tuzilishi tolalarga etarlicha mustahkamlik, egiluvchanlik va elastiklik beradi.
To'qimachilik tolalarining morfologik tuzilmasi yoki mikrotuzilmasi nisbatan past tuzilmaviy darajadan iborat bo‘lib, tashqi va ichki tuzilmalarni o'z ichiga oladi. Tashqi tuzilmaga qalinligi, uzunligi, ko‘ndalang kesim shakli, buralganligi, sirt tabiati; ichki tuzilmaga – qatlamliligi, g'ovakliligi, kanallar mavjudligi, turli xil polimerlarning monandligi kiradi. Tabiiy tolalar, masalan jun, eng murakkab morfologik tuzilmaga ega. So'nggi yillarda kimyoviy tolalar orasida murakkab morfologik tuzilmaga ega bo'lgan (ichi bo'sh, qatlamli, kombinirlangan) tolalar tobora ko'paymoqda.
Tabiiy tolalarning fibrillar o‘rtasidagi oraliqlarda yo‘ldosh moddalar (pigmentlar, elimlovchi moddalar, sellyulozaning past molekulyar fraksiyalari, yog‘simon mumsimon moddalar) joylashgan. Molekulyar, ustmolekulyar va morfologik tuzilmalar tola va ipning mustahkamligi, bug‘, gaz, suyuqliklar yutilishini, bo‘yalishi, egiluvchanligi, cho‘ziluvchanligini belgilaydi.
1-jadval
Tola hosil qiluvchi polimerlarning tuzilish tavsifi

Tola hosil qiluvchi polimer

Tuzilishi

Zanjir konfiguratsiyasi (makromo- lekula shakli)

Polimerlanish darajasi

Polimer tola hosil qiluvchi bo‘lgan tolaning nomi

α-sellyuloza



To‘g‘ri chiziqli

5000-6000
25000-30000
300–350

400–450
500–550



Paxta
Zig‘ir

Oddiy viskoza tolasi


YUqori moduli viskoza (siblon)
Polinoz

Triatsetat sellyuloza



To‘g‘ri chiziqli

300–400

Triatsetat

Diatsetat sellyuloza





To‘g‘ri chiziqli



250–400

Atsetat

Keratin



Fazoviy setka (tikilgan polimer)

600–700

Jun

Fibroin



Chiziqli spiral

2500-3000

Tabiiy ipak

Polietilen



Chiziqli, tortilgan transzigzag

2000 atrofida

Polietilen

Polipropilen



Chiziqli spiral

1900–
5900

Polipropilen

Polivinilxlorid



Chiziqli cho‘zilgan

800–
1000

Xlorin, kam kirishuvchan PVX

Polivinil spirt



Chiziqli, tortilgan transzigzag

1300–
1800

Vinol

Poliakrilo
nitril



Chiziqli, tortilgan transzigzag

1000–
2000

Nitron

Yüklə 104,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin