Mavzu: To`maris va shiroq jasorati



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə1/4
tarix07.07.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#136075
  1   2   3   4
Tomaris va shiroq

Mavzu:To`maris va shiroq jasorati

Reja :

  • Massagentlarning birinchi malikasi
  • To`maris jasorati
  • Shiroqning vatanparvarlik jasorati

toʻmaris (mil. avv. VI asr) -Turon xalqlarining axamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur ayol sarkarda. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning „Tarix“ (mil. av. 5-asr) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, Toʻmaris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. Toʻmaris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.

To'maris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan.

  • To'maris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan.
  • U besh yoshida ot minishni o’rgangan. To'maris yoshligidan otasidan ta'lim olgan. Uning onasi erta vafot etgan edi.
  • To'marisning eri Rustam juda kuchli qahramon edi, ammo u erta vafot etgan. Rustam vafotidan keyin To'maris taxtga o'tirdi.
  • Miloddan avvalgi VI asrda Axmoniylar podshosi Kir II O'rta Osiyoga bostirib kirib qabilalarni bo'ysundirdi. Kir II To'marisga o'z xabarchisini yuboradi. U To'marisga unga uylanishni va ikki xalqni urushsiz birlashtirishni taklif qildi. Massagetlar malikasi esa bu taklifni rad etdi.

To‘maris o‘g‘lining halokatidan esankirab qolmay, o‘z xalqining manfaatini o‘ylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini so‘raydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki o‘rtada ayovsiz jang bo‘lgan. Gerodot massagetlar va forslar o‘rtasidagi jang tafsilotlarini o‘z asarida quyidagicha tasvirlaydi: “Mening bilishimcha, bu jang varvarlar o‘rtasidagi barcha janglardan ham dahshatli bo‘lgan. Avval har ikkala qo‘shin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan o‘qqa tutdilar. Kamon o‘qlari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq vaqt davom etdi. Ko‘p qon to‘kildi. Nihoyat, massagetlar g‘alaba qozondilar. Fors qo‘shinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok bo‘lgan. U to‘liq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (To‘maris)ning buyrug‘i bilan uning kesilgan boshi inson qoni bilan to‘lg‘azilgan meshga solingan”.


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin