Тo`lqin uzunligi to`siq o`lchami bilan o`lchovdosh kattaliklar bo`lganda, ya’ni da kuchli difraksiya kuzatiladi.
Тo`lqinlar difraksiyasi hodisasi Gyuygens prinsipi yordamida tushuntirilishi mumkin.
Gyuygens prinsipiga binoan to`lqin harakat yetib borgan har bir nuqta ikkilamchi to`lqinlar uchun markaz bo`lib xizmat qiladi
To`siq o`lchamlari 10-6_ 10-7m tartibida bo`lganda yorug`lik to`lqinlari difraksiyasini kuzatish mumkin. Parallel yorug`lik nurlari dumaloq to`siqda hosil qilgan difraksion manzara
Parallel yorug`lik nurlari chiziqli to`siqda hosil qilgan difraksion manzara
Doiraviy teshikdan hosil bo`ladigan Frenel difraksiyasi.
To`siqqa tushayotgan yorug`lik to`lqinining fronti sferadan iborat bo`lgan va difraksion manzara chekli masofada kuzatiladigan hodisalarga Frenel difraksiyasi deyiladi.
Nuqtabiy yorug`lik manbai (M)dan tarqalayotgan yorug`lik nurlarining yo`liga doira shaklidagi teshigi bo`lgan shaffofmas T to`siq joylashtirilgan bo`lsin.
To`siqdagi teshik zonalardan k tasini ochiq qoldiradi.