Mavzu: Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir


Oltin va qog’oz Pullarning o’zaro bog’liqligi



Yüklə 66,96 Kb.
səhifə9/10
tarix14.12.2022
ölçüsü66,96 Kb.
#74729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti

Oltin va qog’oz Pullarning o’zaro bog’liqligi.
Qog’oz Pullar bozor iqtisodiyoti yoki unga o’tish davrida oldingi mazmunini tark etmagani holda, ya’ni maxsus tovar sifatida, umuiy ekvivalentlik mazmunini saqlab qolgani holda, yangi mazmun kasb etadi. Bu davrda uning tabiati, tarkibi yanada murakkablashib boradi. Agar oddiy tovar va xizmatlar ayirboshlanishi, ya’ni oldi-sotdi bo’lishida Pulga tovar sotib olishdan asosiy maqsad Biron-bir naflilikni (iste’mol qiymatini) iste’mol qilish uchun sotib olish, o’zlarining shaxsiy ehtiyojini qondirish bo’lsa, bozor iqtisodiyoti yoki unga o’tish davrida Puldan faqatgina shaxsiy ehtiyojni qondirish maqsadida emas, balki daromad, foyda olish maqsadida foydalaniladi.
Puldan uni bankka qo’yib foiz olish, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olib, ishlab chiqarishni tashkil etish yoki tijorat faoliyatini olib borib, foyda olish, turli qimmatli qog’ozlarni sotib olib, dividend daromadlari olish maqsadlarida foydalaniladi. Bu shundan dalolat beradiki, endi Pul faqatgina umumiy ekvivalent bo’lib emas, balki o’z egasining qo’lida foyda, daromad olish vositasi bo’lib xizmat qiladi, o’zidan-o’zi o’suvchi qiymatga, bir so’z bilan aytganda Pul ka’italga aylanadi. Buning natijasida qog’oz Pullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd Pullar (qog’oz Pul, tanga-chaqalar) va kredit Pullar (chek, veksel, sertifikat, to’lov talabnomalari va h.k.). Ularning tub xususiyatlari 5-chizmada aks ettirilgan.
Naqd va kredit Pullarning xususiyatlari.
Bundan ko’rinadiki, Pul ka’ital sifatida muomalada bo’ladi, unga qo’shimcha ijtimoiy vazifa yuklatiladi. Endi u daromad keltiradigan maxsus vositaga aylanadi.28
Demak, yuqorida ta’kidlanganidek, hozirgi zamon iqtisodiy fanlardagi Pul tushunchasiga ikki jihatdan yondashiladi: tez almashadigan (likvid) Pul va dekret (qonun bilan belgilangan) Pul sifatida.
Tez almashish (likvidnost) tushunchasi, hozirgi zamon qog’oz Pullari (so’m, tanga, dollar, lira va h.k.) bevosita sotib olish kuchiga ega ekanligini bildiradi. Tez almashadigan vositalar, demak, osonlik bilan maqsadingizni ro’yobga chiqaradi. Masalan, agar sizda ortiqcha engil avtomashina bo’lsa, bu umuman xohlagan vaqtda uni sizga kerak bo’lib qolgan har qanday buyumga almashtirish mumkinligini bildirmaydi. Agar siz ma’lum miqdordagi Pul summasiga (dollar, marka va h.k.) ega bo’lsangiz, siz har doim ularni har qanday kerakli buyumga ayirboshlay olasiz.
Nima uchun kredit–qog’oz Pullar mutloq tez sarflanish xususiyatiga ega bo’ladi? Biz bu erda hozirgi zamon Pulining tabiatiga taaluqli bo’lgan ikkinchi jihatga e’tiborni qaratamiz.
Pul – bu ayirboshlashning umuman tan olingan vositasi. Bu erda «umuman tan olingan»29 so’ziga e’tiborni qaratish juda muhim. Pulning qadr–qimmati (qiymati) nima bilan aniqlanadi? Qog’oz Pul qiymatga ega bo’ladimi?
Qator iqtisodchi neoklassiklar nuqtai–nazariga ko’ra, Pul shu sababli qadrliki, ular qiymatga ega bo’lgan «qog’oz»dan qilinadi degan noaniq fikrni bildirishadi. Agar odamlar tomonidan nimanidir Pul deb hisoblashga kelishilsa, ana shu «nimadir» Pul hisoblanadi, degan noto’g’ri fikrlarni ko’rish mumkin. Demak, Pulning qadri uning qiymatidan emas, balki unga bildirilgan ishonchdan kelib chiqadi degan sub’ektiv yondashuvlar mavjud. Hozirgi zamon Pulining barqarorligi (xarid qilish layoqatining o’zgarmasligi) umuman oltin zahiralari bilan ham bog’liqdir. Tabiatda oltin cheklangan miqdorda bo’lgani kabi, Markaziy bank ham Pul taklifini cheklashi zarur. Agar qog’oz Pullar nisbatan cheklanganlik xususiyatiga ega bo’lishdan to’xtasa, bunda ularning qadr–qiymati butunlay yo’qolguncha tushib boradi. Shunday ekan qog’oz Pullarning qadri haqidagi masala muomala uchun zarur bo’lgan qog’oz Pullar miqdori muammosi bilan uzviy bog’liq (bu masalaga keyingi XXII-bobda to’xtalamiz).
Shunday qilib, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va Pulning kelib chiqishi hamda tovar–Pul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kelib chiqishiga sabab bo’ldi va uning rivojlanishiga shart–sharoit yaratdi.

Yüklə 66,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin