Mavzu: Tovar va pul munosabatlarining shakllanishi


Tovar va uning xususiyatlari



Yüklə 126,77 Kb.
səhifə3/9
tarix21.12.2023
ölçüsü126,77 Kb.
#188628
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tovar va pul munosabatlarining shakllanishi

1.2 Tovar va uning xususiyatlari.
Tovar — 1) ishlab chiqarish, iqtisodiy faoliyatning moddiy buyum shaklidagi har qanday mahsulot; 2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldi-sotdi, bozor munosabatlari obʼyekti. Tovar bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. Tovar faqat moddiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy neʼmatlar va boshqa koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. Tovar shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega boʻlishi, yaʼni bir tomondan, u faqat sotish uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning biror bir ehtiyojini qondira olishi kerak. Iqtisodiyotda Tovarning bu ikki yoqlama xususiyati — isteʼmol qiymati, uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida oʻrganiladi.
Tovarlarning isteʼmol qiymati ularning boshqa tovarlar bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun tovar ishlab chiqaruvchilarni tovarning almashuv qiymati qiziqtiradi. Tovarlarni sotishdagi ularning narx koʻrsatkichi almashuv qiymatini koʻrsatadi. Tovarning almashuv qiymati — biror turdagi isteʼmol qiymatning boshqa turdagi isteʼmol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatdir. Tovarlarning almashuv qiymatiga qarashlarda turlicha taʼlimotlar mavjud boʻlib, ulardan biri "qiymatning mexnat nazariyasi" deb nom olgan. Bu nazariya asoschilari A.Smit, D. Rikardo, U.Petti va boshqa fikricha, tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi — ogʻirligi, shakli, hajmi kabilar almashuv qiymatiga asos boʻla olmaydi, uning asosini tovarga sarflangan mexnat, almashishning zarur shartini esa ayirboshlanadigan tovarning har xil isteʼmol qiymatlari (xususiyatlari) tashkil etadi. Lekin har xil tovarlarning isteʼmol qiymati sifat jihatidan turlicha boʻlishi mumkin. Bu qarash tarafdorlarining fikricha, tovarlarni miqdor va sifat jihatlardan solishtirish, yaʼni barobarlashtirish asosi faqat unga sarflangan mehnat boʻlishi mumkin. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi.
Avstriya iqtisodiyot maktabi namoyandalari fikricha, ayirboshlash mutanosib tovarlarning isteʼmol uchun qay darajada foydaliligi, yaʼni nafliligi (qarang Naflshshk) bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida Tovarda gavdalangan mexnat va uning nafliligi Tovar qiymatini vujudga keltiradi.
Tovar-Pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta’rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».19 Bundan ko’rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidya’in va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat».20 Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (iste’mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bo’lgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.
Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u o’zida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u iste’mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega.
Buyumning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi ‘sixologik yondoshuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o’zi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o’rtasida sodir bo’ladi. Ular naflilikning negizida ob’ektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to’g’rirog’i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o’zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o’ylab ham o’tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo’lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo’lavermaydi. Masalan, jamiyatga 100 dona soat zarur bo’lgani holda, 120 dona soatning ishlab chiqarilishi uning 20 donasining nafsiz bo’lishiga olib keladi. Ya’ni, jamiyat uchun zarur bo’lgan 100 dona soatgina naflilikka ega bo’ladi.
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.

Yüklə 126,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin