Bozorni segmentlash atamasini Uendell Smit 1950-yillarda AQSh da keng tarqalgan ishlab chiqarish strategiyasi bilan bog’liq holda birinchi bor qo’llanadi. Bu strategiya potensial iste’molchilar guruhlari orasida aniqlangan talablarga ko’ra ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarining sifat tavsiflarini modefikatsiyalashdan iborat. Shuning uchun iste’molchilar va ularning istaklari, afzal ko’radigan narsalarini yaxshiroq tushunish maqsadida ularni aniq guruhlarga bo’lish kerak. Bu guruhlarning vakillari umumiy ijtimoiy belgilarni: jins, yosh, daromad, ma’lumot, e’tiqod va hakozolarni o’zida tashuvchilar hisoblanadi va bozor qo’zg’atuvchilariga (tovar, baho, dizayn, o’ram, reklama va boshqalar) bir xil taa’surotda bo’ladilar. Ijtimoiy umumiy belgilarni o’zida tashuvchi iste’molchilar bozorning muayyan segmentini tashkil qiladi. bunda bozorni turli xil belgilar bo’yicha alohida bo’g’in (segmentlar) ga bo’lish jarayoni segmentatsiya degan nomni oldi. Bunday belgilar sifatida iste’molchi va tovarlarning tavsiflari, iste’molga undovchi sabablar, taqsimlash kanallari va boshqalar ishlatiladi.
Bozor segmenti – bu boshqa guruhlardan farq qiluvchi, o’xshash belgilariga ega bo’lgan iste’molchilarning kichik guruhidir. Bunda bozorni turli xil belgilari bo’yicha alohida bo’g’in (segmentlar) ga bo’lish jarayoni segmentlash deb ataladi.
Bozorni bo’g’inlashdan asosiy maqsad quyidagilar hisoblanadi:
Bozor segmentini aniqlashning uchta usuli mavjud. Birinchi – tovarning afzalligiga qarab segmentlash. Bunda iste’molchilar qanday tovarni xohlayotganligiga qarab segmentni aniqlash tushuniladi. Ikkinchi usul – iste’molchilarning xulq-atvorini hisobga olgan holda segmentlash. Uchinchi usul –iste’molchilar xarakteriga qarab segmentlash hisoblanadi.
Tovarning afzalligiga qarab segmentlash. Firmalar yangi tovarlarga bo’lgan talabni o’rganish maqsadida tovarning afzalligi, muhitligiga qarab segmentlashdan ham foydalanadi.