Mavzu: Tovush, tasvir (komyuter grafikasi), matn va harakatlar uygunligi


Tasvirlarni grafik muharrir uskunalari yordamida kiritish va qayta ishlash Ish jarayonida tayyor matnlarni, rasmlarni kompyuterga kiritishga to’g’ri keladi



Yüklə 42,91 Kb.
səhifə3/3
tarix30.09.2023
ölçüsü42,91 Kb.
#150535
1   2   3
EP — копия

Tasvirlarni grafik muharrir uskunalari yordamida kiritish va qayta ishlash Ish jarayonida tayyor matnlarni, rasmlarni kompyuterga kiritishga to’g’ri keladi. Shunday holatlarda matnli hujjatlarni kompyuterga kiritishda vaqtni tejash maqsadida skaner orqali matnlarni kiritib, Microsoft Word dasturi yordamida uni qayta ishlash uchun Abbyy Fine Reader dasturi orqali grafik va .pdf formatidagi fayl Microsoft Word dasturi fayl formatiga o’zgartiriladi. Asosan Fine Reader dasturi turli tasvirlar, grafiklar hamda turli tillardagi matnlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun va skaner qurilmasi uchun ishchi dastur bo’lib ham qo’llaniladi. Fine Reader dasturiga kirish uchun «Пуск» menyusidan «Пpoгpaммы» – ABBYY Fine Reader 8.0 – ABBYY Fine Reader 8.0 Professional Edition yuklanadi. Hozirgi kunda ABBYY Fine Reader dasturning 11, 12 versiyalari yaratilgan bo’lib, ular o’zining amalga oshiradigan xizmatlar sonining oshganligi bilan farq qiladi.
Tasvirlarni grafik muharrir uskunalari yordamida kiritish va qayta ishlash Ish jarayonida tayyor matnlarni, rasmlarni kompyuterga kiritishga to’g’ri keladi. Shunday holatlarda matnli hujjatlarni kompyuterga kiritishda vaqtni tejash maqsadida skaner orqali matnlarni kiritib, Microsoft Word dasturi yordamida uni qayta ishlash uchun Abbyy Fine Reader dasturi orqali grafik va .pdf formatidagi fayl Microsoft Word dasturi fayl formatiga o’zgartiriladi. Asosan Fine Reader dasturi turli tasvirlar, grafiklar hamda turli tillardagi matnlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun va skaner qurilmasi uchun ishchi dastur bo’lib ham qo’llaniladi. Fine Reader dasturiga kirish uchun «Пуск» menyusidan «Пpoгpaммы» – ABBYY Fine Reader 8.0 – ABBYY Fine Reader 8.0 Professional Edition yuklanadi. Hozirgi kunda ABBYY Fine Reader dasturning 11, 12 versiyalari yaratilgan bo’lib, ular o’zining amalga oshiradigan xizmatlar sonining oshganligi bilan farq qiladi 4.4.Mavzu: Rastrli va vektorli grafikaning dasturiy ta’minoti «Adobe PhotoShop» dasturi Windows muhitida ishlovchi barcha shaxsiy kompyuterlari uchun mo’ljallangan elektron ko’rinishdagi grafik obyektlarni tahrirlovchi dasturdir. «Adobe Photoshop» dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur. «Adobe PhotoShop» tasvir tahrirlagichi yordamida fotosuratlarga qo’shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog’larni o’chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo’shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o’tish, suratdagi ranglarni o’zgartirish, almashtirish mumkin. «Adobe PhotoShop» imkoniyatlari keng qamrovli bo’lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi. «Adobe PhotoShop» ayniqsa jurlanistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to’la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo’lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishlari ular uchun qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. «Adobe Photoshop» tasvir tahrirlagichi juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar xolos. Dasturini ish jarayoniga tayyorlash: «Adobe Photoshop» dasturini ishga tushirish uchun «Пуск» menyusidan «Программы» – «Adobe Photoshop» tanlanadi. Dastur ishga tushirilgandan so’ng ekranda tasvir tahrirlagichining oynasi hosil bo’ladi. «Adobe Photoshop» oynasining yuqori qismida sarlavha satri va Windowsga xos elementlar joylashadi. Sarlavha satridan so’ng menyu satri joylashadi dasturi menyusi 9 banddan iborat: Файл, Правка, Изображение, Слой, Выбор, Фильтр, Вид, Окно, Помощь. Har bir menyu tarkibida ochiladigan menyu bandlari mavjud. «Файл» mеnyusi tarkibi 1. Новый Ctrl+N – Yangi fayl yaratish. 2. Открыть Ctrl+О – Fayllarni diskdan o’qish. Bu buyruq yordamida diskda mavjud fayllar ochiladi. 3. Открыть как ALT+Ctrl+O – Faylni qanday ko’rinishda ochishni tanlash. 4. Закрыть – Faylni (Tasvirni) yopish. 5. Сохранить Ctrl+S – Faylni xotiraga mavjud formatda joylashtirish. 6. Сохранить как Shift+Ctrl +S – Faylni xotiraga boshqa nom bilan yozish. Ushbu buyruq fayl nomi, formati va dirеktoriyasi kabi atrubutlarini o’zgatirishda foydalaniladi. 7. Импорт – Boshqa direktoriyada joylashgan faylni «Adobe PhotoShop» dasturiga olib kirish. 8. Экспорт – Tasvirni boshqa direktoriyaga jo’natish. 9. Информация файла – Fayl haqidagi ma‘lumotlarni kiritish. 10. Установка страницы – Tasvirni printer yordamida chop etishga tayyorlash, qog’oz shaklini tanlash. 11. Печать с просмотром – Chop etishga berishdan oldin tasvirn holatini ko’rish. 12. Печать Ctrl+P – Tasvirni chop etish. 13. Печать одной копии – Tasvirni bir nusxada chop etish. 14. Выход Ctrl+Q – «Adobe Photoshop» dasturidan chiqish. «Правка» mеnyusi tаrkibi 1. Отменить-Ctrl+Z – Tasvir ustida bajarilgan oxirgi amalni bekor qilish. 2. Шаг вперед-Shift+Ctrl+Z – bir qadam oldinga. 3. Шаг назад-Alt+Ctrl+Z – bir qadam orqaga. 4. Вырезать-Ctrl+X – Tasvirning ajratilgan qismini muvaqqat xotiraga olish. 5. Копия-Ctrl+C – Nusxa olish. 6. Вставить-Ctrl+V – Muvaqqat xotiradan kursor ko’rsatgan joyga qo’yish. 7. Вставить в-Shift+Ctrl+V – Muvaqqat xotiradan belgilangan joyga qo’yish. 8. Заливка – Tasvir yuzasini asosiy rang bilan bo’yash. 9. Штрих – Tasvirda belgilangan maydonni shtrixlab ko’rsatish 10. Свабодная правка-Ctrl+T – Tasvir shaklini o’zgartirish. 11. Изменение – Tasvir shaklini turli ko’rinishlarda o’zgartirish. 12. Слить – история – «Istoriya» darchasida tasvir ustida olib borilgan o’zgartirish amallarini butunlay o’chirish. Bu amal bajarilgandan so’ng o’zgartirishlarni ortga qaytarish mumkin emas. «Изображение» menyusi tаrkibi 1. Режим – Rang modellarni o’zgartirish. 2. Настройки – Tasvir ranglarini sozlash. 3. Дубликат – Tasvirdan nusxa olish. 4. Применить изображение – Tasvirni qo’shimcha ranglar bilan boyitish. 5. Вычисления – Tasvirdagi ranglar kanallarini o’chirish. 6. Размер изображения – Tasvir shaklini va o’lchamlarini o’zgartirish. 7. Размер холста – Tasvir рамкаsi o’lchamlarini o’zgartirish. 8. Усечения – Belgilangan maydondagi tasvirni kesib olish. 9. Обрезка – tasvir joylashgan maydonni kesib olish. 10. Гистограмма – Tasvirdagi ranglar miqdori haqidagi ma‘lumotlar darchasi. «Слой» menyusi tаrkibi 1. Новый – Yangi qatlamni hosil qilish. 2. Дубликат слоя – Qatlam nusxasini hosil qilish. 3. Удалить – Mavjud qatlamni muvaqqat xotiradan o’ chirish. 4. Новый слой заливки – Belgilangan qatlam fon rangini tanlash. 5. Новый настраиваемый слой – Belgilangan qatlam fon rangini o’zgartirish. 6. Шрифт – Harf joylashish holatini o’zgartirish. 7. Группа с предыдушими Ctrl+G – Qatlam rangini olib tashlaydi. 8. Разбить – Qatlamlarni bir-biridan ajratish. 9. Упорядоч – Qatlamlarni joylashish qatorini o’zgartirish. «Выбор» mеnyusi tаrkibi 1. Все Ctrl+A – Tasvirni belgilash. 2. Снят выделение Ctrl+D – Tasvirning belgilangan qismini bekor qilish. 3. Перевыбор Shift+Ctrl+D – Qaytadan belgilash 4. Инверсия Sift+Ctrl+I – So’nggi bajarilgan amalni qaytarish. 5. Диапазон цвета – Tasvirdagi ranglar asosida belgilash maydonini aniqlash. 6. Изменить – Belgilash chizig’ini piksellarda kengaytirish (o’zgartirish). 7. Загрузка выбора – Belgilangan maydon shaklini yuklash. 8. Сохранение выбора – Belgilangan maydon shaklini xotiraga joylashtirish. «Вид» mеnyusi tаrkibi 1. Увелечение Crtl++ – Tasvirning ekrandagi ko’rinishini kattalashtirish. 2. Уменшение Ctrl+-Tasvirning ekrandagi ko’rinishini kichraytirish. 3. Выравнивание по экрану – Tasvirni butun ekranga yoyish. 4. Показать – сетка – Setka ornatish. 5. Линейки Ctrl+R – Chizg’ichlarni o’rnatish. «Окно» menyusi tаrkibi 1. Инструменты – Asboblar panelini o’chirish yoki yoqish. 2. Опции – Optsii panelini o’chirish yoki yoqish. 3. Навигатор – Navigatorning ekranda paydo bo’lishini ta‘minlash. 4. Информация – Axborotlar darchasini aktivlashtirish. 5. Цвет – Ranglar joylashgan maxsus darchani aktivlashtirish. 6. Образчики – Namuna ranglar joylshgan maxsus darchani aktivlashtirish. Стили – Usullar joylashgan maxsus darchani aktivlashtirish. 1. История – Qilingan amallar tarixi joylashgan maxsus darchani aktivlashtirish. 2. Действия – Tasvirlar bilan ishlashda bajarilgan barcha amallar haqidagi ma‘lumotlar darchasini aktivlashtirish. 3. Слой – Qatlamlar haqidagi ma‘lumotlarni saqlovchi darchani aktivlashtirish. 4. Канали – kanal haqidagi ma‘lumotlarni saqlovchi darchani aktivlashtirish. 5. Пути – yo’l haqidagi ma‘lumotlarni saqlovchi darchani aktivlashtirish. 6. Кисти – Mo’yqalamlar j oylashgan darchani aktivlashtirish. 7. Символ – Matn yozishda simvol darchasini aktivlashtirish. 8. Параграф – Matn yozishda paragraf darchasini aktivlashtirish. 9. Строка состояния – Holat satrini o’chirish yoki yoqish. «Помощь» menyusi tarkibida «Adobe PhotoShop» dasturiga taalluqli barcha ma‘lumotlar joylashgan. Bu menyu tarkibidagi buyruqlar yordamida «Adobe PhotoShop» dasturi darchasidagi asboblarni qisqacha nima vazifani bajarishi haqidagi ma‘lumotlarni o’qish mumkin. «Adobe PhotoShop» dasturida «Навигатор» darchasi bilan ishlash.«Adobe PhotoShop» dasturida tasvirdagi mayda detallar bilan ishlash jarayonida tasvirni bir necha marta kattalashtirishga to’g’ri keladi. Mazkur amal tasvirga kiritilgan o’zgartirishlar sifatli chiqishi uchun bajariladi. Navigator darchasi asosan tasvir o’lchamlarini o’zgartirish va tasvirni boshqarish uchun xizmat qiladi. Agar «Haвигатop» darchasi «Adobe PhotoShop» dasturi ishga tushirilgan chog’da ekranda mavjud bo’lmasa, uni aktivlashtirish uchun menyular satrida «Окно» menyusidagi «Haвигатop» buyruqi tanlang. 4.4.1-rasm «Adobe PhotoShop» dasturida Action darchasi bilan ishlash. Action darchasi «Adobe PhotoShop» dasturida ishlashni yanada tezlashtiradi va bir necha tasvir ustida amalga oshiriladigan bir xil buyruqlarni har safar tarkorlashga zaruriyat qoldirmaydi. «Adobe PhotoShop» dasturidagi Action darchasi bilan ishlashni bilsangiz, qisqa fursat ichida ko’p miqdordagi tasvirni tahrirlashingiz mumkin. Buning uchun Action darchasida yangi Action ochiladi. Uni kerakli nom bilan nomlagandan so’ng Resord tugmachasi bosiladi. Shu daqiqadan boshlab, dastur sizning tasvir ustida bajargan barcha amallarinigizni kompyuter xotirasiga ketma-ket joylashtiradi. Tasvir ustida barcha amallar yakunlangandan so’ng Action darchasidagi Stop tugmachasi bosiladi. Barcha bajarilgan amallar tartibli ravishda Action darchasida joylashtiriladi. Boshqa tasvirlarga ushbu amallarni qo’llash uchun yangi tasvir ochilgandan so’ng Action darchasidagi Выпольнение buyrug’ni ishga tushirish lozim. Adobe PhotoShop dasturi avtomatik tarzda yangi ochilgan tasvirda ham siz amalga oshirgan amallarni hech bir o’zgarishlarsiz bajaradi. Yangi tasvir, nusxa оchish va tasvirni dоimiy xоtiraga jоylashtirish «Adobe PhotoShop» dasturida ishlashdan avval yangi fayl yaratiladi yoki kompyuter xotirasida mavjud bo’lgan tasvir ochiladi. Yangi fayl yaratish va avvaldan mavjud bo’lgan fayllarni ochishning quyidagi yo’llari mavjud: «Файл» menyusidan «Новый» buyruqini tanlang yoki Ctrl + N tugmalari kombinasiyasidan foydalanib, yangi fayl yarating. Yuqoridagi amal bajarilganidan so’ng «Adobe PhotoShop» dasturi yangi faylni yaratish uchun uning o’lchovlari haqidagi ma‘lumotlar bitilgan yangi darchani hosil qiladi. Bunda yangi yaratilayotgan fayl nomi, uning o’lchamlari kiritilishi talab etiladi. Kerakli o’lchamlar kiritilganidan so’ng, OK tugmasini bosish lozim. Dasturning oq rangdagi ishchi maydoniga xohlagan o’zgartirish kiritish talab qilinadigan boshqa tasvirni ko’chirib o’tkazib, umuman yangi tasvirni ijod qilish mumkin. Fayl menyusidan «Открыть» buyrug’ini tanlang yoki Ctrl+О tugmalari kombinasiyasidan foydalanib kompyuter xotirasida mavjud bo’lgan faylni oching. Juda kam hollarda «Фaйл» – «Открыть как» (Alt+ Ctrl+ O) buyrug’i tanlanadi. «Adobe PhotoShop» dasturida chizilgan yoki qayta ishlangan tasvirni saqlash uchun «Фaйл» menyusidan «Coxpaнить» bandi tanlanadi yoki klaviaturadan Ctrl+S tugmalar kombinasiyasidan foydalaniladi. Hosil bo’lgan «Save As» (Сoхрaнeниe) oynasiga faylning nomini yozib «Coxpaнить» tugmasi bosiladi. Tasvir Fоrmatlari «Adobe PhotoShop» dasturi 20 dan ortiq formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniga ega. Eng ko’p qo’llaniladigan formatlar: BMP (Windows Ditmap – Битовая карта Windows) Windows muhitida ishlovchi kompyuterlarda ekran osti tasvirlarini qo’llovchi dastur Microsoft Paint da keng qo’llaniladi. JPEG (Joint Phonographic Experts Group) hozirgi kunda eng ko’p qo’llaniladigan formatlardan biri bo’lib, uning asosiy afzalliklaridan biri maxsus dastur yordamida yetarlicha siqish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni siqib hajmini kichraytirish jarayonida tasvir sifatida o’zgarish bo’ladi. Fayl kuchli siqilganda tasvir sifati yomonlashishi mumkin. Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida ko’p joy egallamaydi va hajm jihatidan kichikligi bois mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlash ancha oson. TIFF (Tagged Image File Формат) bu formatdagi fayllar ham keng qo’llaniladi. Lekin TIFF formatidagi fayllar kompyuter xotirasida ko’p joyni egallaydi. Adobe PhotoShop dasturida ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturning ishlash tezligi sezilarli ravishda kamayishi mumkin. GIF (Graphics Interchage Формат – Формат graficheskogo obmena) Ushbu formatdagi tasvirlar 256 turdagi rang bilan tasvirlanadi. Bu formatdagi tasvirlar asosan Internet tizimida keng qo’llaniladi. «Adobe PhotoShop» dasturida ranglar bilan ishlash «Adobe PhotoShop» dasturi asboblar panelida ranglar bilan ishlash uchun to’rtta asbob ajratilgan. Цвет переднего фонa. Ushbu asbobda qanday rang ko’rsatilgan bo’lsa, «Кoвш», «Линия», «Карандаш», «Кист» asboblari uchun o’sha rang asosiy hisoblanadi. Фоновый цвет. Ko’rsatilgan rang Ластик asbobi bilan ishlaganda qo’llaniladi. Фоновый цвет asbobidagi rang Цвет переднего фонa asbobida rangni o’zgartirish uchun qanday amal bajarilgan bo’lsa, bunda ham xuddi o’sha amalga rioya qilish lozim. Yoki, «Пипeткa» asbobi bilan Alt tugmasini birgalikda bosish orqali almashtirish mumkin. Переключение цветов. Kursorni ushbu tugmacha ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangi o’rin almashadi. Стaндaртный цвет. Kursorni ushbu tugmacha ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangi standart ranglar – qora va oq rangga almashtiriladi. Rang tanlash oynalari Ranglarni tanlashda «Adobe PhotoShop» dasturida «Цвет» darchasidan ham foydalanish mumkin. RGB – moduli tasvirni ekranda tahrirlash nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar platasi yordamida deyarli barcha 16 million ranglarni monitorda aks ettiradi. RGB ranglar majmuasi bilan ishlangan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish mumkin. RGB – ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman tabiatda uchramaydi. SMYK – Tabiatda mavjud bo’lgan ranglar majmuasi. Quyosh nurining inson ko’zlari ajrata oladigan barcha ranglarini o’zida mujassamlashtirgan. Quyosh nurli biror-bir jismga tushganda uning ta‘siri ostida inson ko’zlari jism shakli va rangini idrok etadi. Misol uchun, binolarning o’t o’chirish burchaklariga osib qo’yilgan o’t o’chirgichlar to’q ko’k va zangor ranglar bilan bo’yalgan bo’lishiga qaramay, bizning ko’zimizga to’q qizil rangda ko’rinadi. Ranglarni bir-biriga qo’shilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi: S – havo rang, M – binafsha rang, Y – sariq rang, K – qora rang, Bosma mashinalari va bosmaxonalarda tasvirlar yuqorida keltirilgan ranglarning kombinasiyasidan foydalangan holda to’la tasvirni ifodalaydi. RGB – ranglar majmuasida oq rang uchala ranglarning maksimal aralashmasidan hosil qilinadi. Qora rang esa buning aksi o’laroq olinadi. CMYK – ranglar majmuasi bilan ishlaganda qopa va oq ranglarni hosil qilish uchun buning aksini bajarish lozim. Ya‘ni, to’rt rangning minimal qo’shilishida oq rang hosil bo’ladi. Qora rang esa alohida kanalda mavjud. RGB – ranglar majmui keng ko’lamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin ularning ko’p qismi (ayniqsa yorqinlari) tasvirni chop etganda monitordagi bilan keskin farq qiladi. Shu bois ham ko’plab mutaxassislar tasvirni chop etishdan avval uni CMYK sitemasiga o’tkazadilar. Ayrim mutaxassislar esa tasvir bilan CMYK tizimsida ishlashni maslahat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash turli qiyinchiliklarni tug’diradi. Ana shunday qiyinchiliklardan biri kompyuterning juda sekin ishlashidir. Bunga asosiy sabab «Adobe PhotoShop» dasturi RGB tizimsiga sozlangan bo’lib, har bir buyruqni bajarib, uni RGB tizimsidan CMYK tizimsiga almashtirguncha kompyuter qo’shimcha vaqt talab qiladi. Bundan tashqari skaner va monitor RGB tizimsida ishlashga mo’ljallangan. Ranglar bilan ishlovchi barcha uskunalar (rangli printerdan tashqari) RGB tizimsida ishlaydi. Shuning uchun yaxshisi tasvirni chop etishdan avval CMYK tizimsiga o’tkazib olish maqsadga muvofiq. Tasvir ustida barcha amallarni poyoniga etqazib, menyular satri Изображение – настройка tarkibidagi SMYK buyruqini tanlang. «История» darchasi «Adobe PhotoShop» dasturida «История» darchasi bilan ishlash. «Adobe PhotoShop» dasturini ishga tushirganda ekranda «История» darchasi mavjud bo’lmasa, «Окно» menyusida «История» kоmandasini tanlang. «История» darchasida tasvirga kiritilgan so’nggi o’zgartirishlar haqidagi ma, lumоtlar jоylashadi. Tasvir ustida bajarilgan har bir muhim amallar «История» darchasida ro’yxatga оlinadi. Hоhlagan paytda yoqmagan amallarni «История» darchasi оrqali rad etish mumkin. «Adobe PhotoShop» dasturida qatlamlar bilan ishlash. «Adobe PhotoShop» dasturi tavsvirdagi biror оbyekt «Прямоугoльный инструмент», «Инструмент эллипсa», «Лaссо», «Волшeбнaя плочка» yordamida tasvirdagi detallar belgilanib ularning nusxalari оlinganda, dastur yangi qatlam hоsil qiladi. Bu qatlam alohida оbyekt bo’lib, uni tahrirlash ham alоhida tarzda bo’ladi. Bir necha tasvirlardagi ayrim detallarni yagоna tasvirga jamlanganda, «Adobe PhotoShop» dasturi ko’chirib o’tilgan tasvir bo’laklarni qatlamlarga ajratadi. Mazkur jarayon tasvir detallarini jоylashtirish uchun juda qulay. Bir necha qatlamlar bilan ishlaganda ularni bоshqarish qiyinlashadi. «Adobe PhotoShop» dasturida bajarilganda esa, yangi darcha hоsil bo’ladi. Bu darchada tasvirdagi yangi qatlamlar haqidagi axbоrоtlar jоylashadi. Yangi qatlam hоsil qilinganda «Adobe PhotoShop» dasturi uni «Слой» darchasi ro’yxatiga qatlamlarni tartibli tarzda jоylashtiradi. Shuningdek, qatlamlarning o’rnini almashtirish yoki vaqtinchalik o’chirib qo’yish mumkin. Qatlamlarni o’chirish uchun avval kerakli qatlam «Слой» darchasida belgilab оlinadi va Menyular satrida «Слой» menyusi tarkibidagi «Удалить» – «Слой» kоmandasi tanlanadi. Qatlamlarni bir-biriga birlashtirish imkоniyati ham mavjud. «Adobe PhotoShop» dasturida matnlar bilan ishlash «Adobe PhotoShop» dasturi tasvirlar ustiga matnlarni kiritish uchun yana bir keng imkoniyat beradi. Tasvir ustiga matn kiritish uchun asbоblar panelida maxsus «Tекст» asbоbi mavjud. Bu asbоb asоsan tasvirga turli matnlarni kiritish uchun xizmat qiladi. «Tекст» asbоbi tarkibida «Горизонтaльный шрифт», «Вeртикaльный шрифт», «Мaскa горизонтaльного шрифтa»,
Yüklə 42,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin