Mavzu: Tovush, tasvir (komyuter grafikasi), matn va harakatlar uygunligi



Yüklə 42,91 Kb.
səhifə2/3
tarix30.09.2023
ölçüsü42,91 Kb.
#150535
1   2   3
EP — копия

Kompyuter grafikasi tushunchasi. Kompyuter grafikasi turlari Kompyuter grafikasi – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur ta‘minotidir, ya‘ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. U hatto dasturlarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy dasturlar paketlari mavjudki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy o’lchaminigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklda olinishi mumkin. Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug‘ullanadigan mutahassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning, ayniqsa, matbaa sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rangbarang, suratli adabiyotlar, o’quv qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqozo qilmoqda. Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi. Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.
1. Rastrli grafika. Rastrli grafika nuqtalar yordamida (qog‘ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko’p bo’lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko’rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning hal qilish qobiliyati kiritilgan bo’lib, unda gorizontal va vertikal yo’nalishlardagi nuqtalar soni muhim rol o’ynaydi va u ekranning hal qilish imkoniyati deyiladi. Odatda, bunday ko’rsatkich 640x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o’lchovi hal qilish qobiliyati bilan bog’liqdir. Bu o’lcham dpi (dots per inch – nuqtalar soni zichligi) bilan o’lchanadi. 15 dyumli (1 dyum=2, 54 sm) monitorda ekran odchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800x600 pikselli monitorda ekranni tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng bo’ladi. Demak, kompyuter xotirasida rangli tasvir ko’p joy olishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo’ladi. Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt ketsa, bitta o’rtacha rasmning o’zi xotirada taxminan 4 mln bayt joyni egallaydi. Rastrli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvirni masshtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar o’lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto tasvir tanib bo’lmaydigan darajaga borishi mumkin. Rastrli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo’llaniladi. Nashrlarda turli illyustratsiyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli foto yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng tarqalmoqda, ammo ularning narxi hozircha qimmat) yoki rassom, loyihachi tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi. Shuning uchun ham rastrli grafikada tahrir yaratuvchii dastur vositalaridan keng foydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlarning aniqroq ko’rinishda bo’lishini ta‘minlaydi. Ma‘lumki, Internetda rastrli grafika keng tarqalgan bo’lib, u bilan ishlash uchun ko’pincha «Adobe PhotoShop» dasturidan foydalaniladi. «Adobe PhotoShop» dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur. «Adobe PhotoShop» tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlarga qo’shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog’larni o’chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo’shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o’tish, suratdagi ranglarni o’zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo’lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi. «Adobe PhotoShop», ayniqsa, jurlanistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to’la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo’lgan shaxslarning mazkur programma bilan ishlashni bilishi ular uchun qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. 2. Vektorli grafika. Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi chiziq hisoblanadi. Chiziq to’g’ri yoki egri chiziq bo’lishi mumkin. Rastrli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli grafikada esa tasvirlar yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo’lgan chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq bo’ladi. Rastrli grafikaning afzallik tomoni tasvirning xotirada kamroq joy olishidir, chunki bu holda xotirada joy chiziq o’lchoviga bog’liq bo’lmaydi. Buning sababi chiziq formula yordamida yoki o’lchamlar yordamida berilishidir. Vektor grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Ko’pincha vektorli grafikani obyektga mo’ljallangan grafika deyish mumkin. Chunki bunda, masalan, uchburchak hosil qilish uchun 3 ta chiziq (kesma)dan foydalanilsa, prizma hosil qilish uchun uni uchburchakdan foydalanibgina hosil qilish mumkin. Vеktorli grafikani hisoblanadigan grafika dеb ham atashadi. Chunki tasvirni (obyektni) ekranga chiqarishdan avval uning koordinatalari hisoblanadi va mos nuqtalar hosil qilinadi. Vektorli grafika asosan illyustratsiyalar yaratish uchun yo’naltirilgan. Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyihalash byurolarida, nashriyotlarda va boshqa joylarda keng qo’llaniladi. Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Adobe Illusator, Masromedia Rreehand va Corel Drawlarni keltirish mumkin. Corel Draw – vektorli grafikaning Windows operatsion tizimsida ishlaydigan tahrir qiluvchi dasturidir. Uning yordamida turli grafik ko’rinishlardan loyihalash, foto, matn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy ko’rinishdagi kompozitsiyalarni tahrir qilish bilan bog’liq amallarni bajarish mumkin. Fraktal grafika. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo’lib, uning vektor grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday obyektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlaridan hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada bunday tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid o’lchamlar o’zgartirilib tasvirlar hosil qilinadi. Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan. Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda ko’proq qo’llaniladi. Fraktal grafika bilan ishlaydigan dasturlarga Mathcad, Autocad kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin. Bu dasturlarning ishchi oynasida amallarni bajarish jarayonida natija sifatida hosil qilingan grafik obyekt va uning kodli qismi yani dastur qismini ham bir vaqtda ko’rish imkoni bor. Kodli qismi bajarilgan ishlar ketma-ketligi – algoritmidan natijani nazorat qilish mumkin. Tayanch iboralar: Vektorli grafika, rastrli grafika va fraktal grafika. Ko’rgazmali qurollar: Proeksion apparat orqali mavzuga tegishli slaydlar namoyish qilish hamda devoriy stend orqali mavzuni tushuntirish.

Yüklə 42,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin