Mavzu: traktor va avtomobillarni yurish qismi, boshqarish mexanizmlari va ish jihozlari


yoniga (qator orasiga o‘g‘it soladigan kultivator) va  orqa tarafiga



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix20.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#166409
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3- MAVZU. TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNI YURISH QISMI, BOSHQARISH MEXANIZMLARI VA ISH JIHOZLARI

yoniga
(qator orasiga o‘g‘it soladigan kultivator)
va 
orqa tarafiga
(o‘t o‘rgich, o‘g‘it sepgich, purkagich va hakozolar) o‘rnatilgan bo‘ladi.Eng 
ko‘p tarqalgan turi asosan traktorlarning orqasi o‘rnatilgan turi hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan traktorlarning quvvat olish vallarining aylanishlar sonini 
o‘zgarishiga qarab asosan: 
doimiy yoki o‘zgaruvchan aylanishli
turlarga bo‘linadi. 
Quvvat olish valining doimiy aylanadigan turida xarakat bevosita traktor dvigatelidan 
olinadi. Shuning uchun ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi mashinalariga (paxta terish mashinasi, paxta 
tozalash mashinasi, o‘t o‘rish mashinasi, suv nasosi va haozolar) doimiy aylanishli xarakat talab 
etiladi. 
Traktorlarga standart holatda 540 yoki 1000 ayl/min aylanishga ega bo‘lgan quvvat 
olish vallari o‘rnatiladi. Bunday quvvat olish vallari deyarli barcha turdagi traktorlarda 
o‘rnatilgan bo‘lib, ularning xarakat yo‘nalishi hamma vaqt soat strelkasi xarakati yo‘nalishida 
bo‘ladi.
Ammo doimiy aylanishli quvvat olish vali hamma vaqt ham traktorga tirkalgan 
mashinaning talabini qondira olmasligi mumkin. Ayniqsa kultivator-o‘g‘itlagich, maxsus urug‘ 
ekish seyalalarining ekish apparatini aylanishlar soni traktorning xarakat tezligiga mos holda 
o‘zgarishi talab etiladi. Bu holda qavvat olish vali xarakatni traktorning g‘ildiragiga xarakat 
beradigan valdan oladi. 
Quvvat olish valining xarakati traktorning xarakatiga bog‘liq bo‘lishiga qarab: bog‘liq va 
bog‘liq bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. 
Agar quvvat olish vali xarakatni traktor transmissiyadan olsa (1.29a-rasm), uning xarakati 
traktor xarakatiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni traktor to‘xtasa, quvvat olish valining xarakati ham 
to‘xtaydi. Bunday xarakat berish turi kultivator-o‘g‘itlagich, ma’danli va mahalliy o‘g‘it 
sepgichlar kabi qishloq xo‘jaligi mashinalarida qo‘llaniladi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin