Mavzu: traktor va avtomobillarni yurish qismi, boshqarish mexanizmlari va ish jihozlari



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix20.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#166409
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3- MAVZU. TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNI YURISH QISMI, BOSHQARISH MEXANIZMLARI VA ISH JIHOZLARI

1.29-rasm. Quvvat olish 
valining traktor harakatiga bog‘liq 
(a) va bog‘liq bo‘lmagan (b) berish 
turlari:
1-qo‘shish dastasi;2-tishli 
mufta;3-shesternalar; 4-quvvat olish 
vali; 5-dvigatelning tishlashish 
muftasi;6-tishlashish muftasining 
etaklanuvchi vali 
Bunda harakat berish quyidagicha amalga oshiriladi: harakat dvigatel tishlashish 
muftasining 5 etaklanuvchi diskasi validan shesternalar 3 orqali tishli mufta 2 qo‘shilganda 
traktorning quvvat olish valiga 4 uzatiladi.
Agar dvigatelning tishlashish muftasi 5 xarakatni uzgan taqdirda bir paytning o‘zida 
quvvat olish vali va traktor g‘ildiragining xarakatlanishi (traktorning o‘zi ham) to‘xtaydi. 
Ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi mashinalariga (paxta terish mashinasi, paxta tozalash 
mashinasi, o‘t o‘rish mashinasi, suv nasosi va hakozolar) doimiy aylanishli xarakat talab etiladi. 
Buning uchun quvvat olish vali doimiy aylanadigan (1.31b-rasm) xarakatni bevosita traktor 
dvigatelidan oladi. 
Bu turdagi xarakat berish usulida qavvat olish vali xarakatni tishli mufta 2 qo‘shilganda 
traktor dvigatelini tirsakli validan tishlashish muftasi 5 va shesternalar 3 orqali oladi. Bunda 
traktor xarakatdan to‘xtasa ham quvvat olish valining xarakati to‘xtamaydi. 


40 
Tavsiyaviy xulosa. 
Traktorlarni tanlashda yetishtiriladigan ekinlar turiga mos bo‘lgan 
qishloq xo‘jaligi mashinalarining ishlatilishi va ularning traktorni quvvat olish validan 
foydalanish imkoniyati mavjudligiga alohida ahamiyat berilishi kerak. 
Tuproqqa ishlov berishda iloji boricha zanjirli yoki yengil g‘ildirakli traktorlar bilan bir necha
agrotexnik tadbirlarni bir - biriga qo‘shib olib borish mumkin bo‘lgan agregatlardan foydalanish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi . 
Nazorat savollari: 
1.
Traktor yurish qismining vazifasi va turlarini ayting. 
2.
Traktorlarning agrotexnika masofasi va koleyasi deganda nimani tushunasiz? Ularning 
ahamiyatini ayting.
3.
Tuproq zichlanishining mohiyatini va turlarini ayting. 
4.
Tuproqning qayta zichlanishi deganda nimani tushunasiz? 
5.
Tuproq zichlanishining kamaytirishda qo‘llaniladigan qanday tadbirlarni bilasiz? 
6.
Tormoz yuritmasinig qanday turlari bo‘ladi? 
7.
Traktorning ish jihozlariga nimalar kiradi? Gidravlik tizimning vazifasi va turlarini ayting. 
8.
Osma va tirkalma mashinalarning bir-biridan afzalligi va kamchiliklarini tushuntiring. 
9.
Quvvat olish valining vazifasi va turlarini ayting. 
10.
Traktor harakatiga bog‘liq bo‘lgan quvvat olish vali qaysi qishloq xo‘jalik mashinalari uchun 
mo‘ljallangan? 
11.
Traktor harakatiga bog‘liq bo‘lmagan quvvat olish vali qaysi qishloq xo‘jalik mashinalari 
uchun mo‘ljallangan? 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin