40
Tavsiyaviy xulosa.
Traktorlarni tanlashda yetishtiriladigan ekinlar turiga mos bo‘lgan
qishloq xo‘jaligi mashinalarining ishlatilishi va ularning traktorni
quvvat olish validan
foydalanish imkoniyati mavjudligiga alohida ahamiyat berilishi kerak.
Tuproqqa ishlov berishda iloji boricha zanjirli yoki yengil g‘ildirakli
traktorlar bilan bir necha
agrotexnik tadbirlarni bir - biriga qo‘shib olib borish mumkin bo‘lgan agregatlardan foydalanish
maqsadga muvofiq bo‘ladi .
Nazorat savollari:
1.
Traktor yurish qismining vazifasi va turlarini ayting.
2.
Traktorlarning agrotexnika masofasi va koleyasi deganda nimani tushunasiz?
Ularning
ahamiyatini ayting.
3.
Tuproq zichlanishining mohiyatini va turlarini ayting.
4.
Tuproqning qayta zichlanishi deganda nimani tushunasiz?
5.
Tuproq zichlanishining kamaytirishda qo‘llaniladigan qanday tadbirlarni bilasiz?
6.
Tormoz yuritmasinig qanday turlari bo‘ladi?
7.
Traktorning ish jihozlariga nimalar kiradi? Gidravlik tizimning vazifasi va turlarini ayting.
8.
Osma va tirkalma mashinalarning bir-biridan afzalligi va kamchiliklarini tushuntiring.
9.
Quvvat olish valining vazifasi va turlarini ayting.
10.
Traktor harakatiga bog‘liq bo‘lgan quvvat olish vali qaysi qishloq xo‘jalik mashinalari uchun
mo‘ljallangan?
11.
Traktor harakatiga bog‘liq bo‘lmagan quvvat olish vali qaysi qishloq xo‘jalik
mashinalari
uchun mo‘ljallangan?
Dostları ilə paylaş: