Mavzu: traktor va avtomobillarni yurish qismi, boshqarish mexanizmlari va ish jihozlari


Osma mashinalarni traktorga ulash usullari



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix20.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#166409
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3- MAVZU. TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNI YURISH QISMI, BOSHQARISH MEXANIZMLARI VA ISH JIHOZLARI

Osma mashinalarni traktorga ulash usullari. 
Ma’lumki, zamonaviy qishloq xo‘jaligi 
traktorlari osma mashinalarni agregatlash uchun gidravlik boshqariladigan osish qurilmalari bilan 
jihozlangan bo‘ladi. Ushbu qurilmalar uch va ikki nuqtali osish ko‘rinishida ishlatiladi.Bu 
usullarning afzalligi agregatning yuqori darajada xarakatchanligini (manevrchanlik) ta’minlashi 
hamda salt yurishlar kamligi hisobiga, uning ish unumi yuqori bo‘lishi bilan belgilanadi. 
Kamchiligi shundan iboratki, bunday ko‘rinishda ulangan agregatlarda mashina traktorga 
qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilganligi uchun traktorning dalada notekis xarakati natijasida vujudga 
kelgan har qanday tebranish qishloq xo‘jaligi mashinasiga uzatiladi, oqibatda uning ish sifati 
birmuncha pasayadi.
Uch nuqtali variantdagi o‘rnatish qurilmasiga (1.27-rasm) traktorga nisbatan yon 
tomonlarga burilmasdan yurishi talab qilinadigan mashinalar (seyalka, chopiq kultivatori, o‘g‘it 
sepgich va hakozolar) o‘rnatiladi.
Traktorning uch nuqtali o‘rnatish qurilmasining ishlashi quyidagicha amalga 
oshiriladi.O‘rnatish qurilmasi traktorning orqa ko‘prigiga o‘rnatilgan yuqorigi o‘qiga 1 sharnir 
yordamida ulangan ikkita ko‘tarish richaglari 4 va pastki o‘qiga o‘rnatilgan ikkita pastki 
bo‘ylama tortqilar 7 hamda markaziy o‘qga 3 o‘rnatilgan markaziy tortqi 5 lardan iborat. 
Osiladigan mashinadagi uchta barmoq markaziy tortqining 5 uchidagi vtulkaga 9 hamda pastki 
bo‘ylama tortqilarning uchidagi vtulkalarga 10 kiydiriladi.
1.27-rasm. Traktorning uch
nuqtali o‘rnatish qurilmasining 
tuzilishi: 
1-yuqorigi o‘q, 2-pastkio‘q, 3- 
o‘rta o‘q, 4-ko‘tarish richagi, 5- 
markaziy tortqi, 6-kashaklar, 7-pastki 
bo‘ylama tortqilar,8-gidrotsilindr,9-
markaziy tortqi vtulkasi, 10-bo‘ylama 
tortqilar vtulkasi, 11-mufta. 


38 
Traktor kabinasida o‘tirgan operator tegishli vosita yordamida gidrotsilindrga 8 bosim 
ostidagi moy yuborsa, uning tortqichi ko‘tarish richaglari 4 ko‘taradi, ular esa o‘z navbatida 
kashaklar 6 orqali pastki bo‘ylama tortqilarni 7 hamda ularning vtulkasiga 10 osilgan mashinani 
yuqoriga ko‘taradi yoki pastga tushiradi.Agar mashina traktorga tik (vertikal) tekislikda noto‘g‘ri 
ulanib ishlatilsa, uning old tomoni yoki orqa tomoni birmuncha ko‘tarilib yuradi, bunda ishchi 
qismlari erga bir xil chuqurlikda ishlov bermasdan qo‘yadi. Buholat markaziy tortqining 5 
uzunligini vintli mufta 11 hamda kashaklar 6 yordamida o‘zaytirish yoki qisqartirish bilan 
rostlanadi.
Xuddi shunday mashina traktorga yotiq (gorizontal) tekislikda noto‘g‘ri ulansa, u o‘ng 
yoki chap tomonga burilib, ya’ni “yonboshlab” yuradigan bo‘ladi. Natijada, mashinaning 
texnologik jarayonni bajarish sifati pasayib, sudrashga qarshiligi ortib ketadi. 
Bu holat pastki bo‘ylama tortqilarni traktorning yon tomonlariga burilishini cheklash 
maqsadida o‘rnatilgan qo‘zg‘atmaslik zanjirlari bilan rostlanadi.
Ayrim traktorlarda zanjir o‘rniga tortqining burilishini cheklovchi tirgak richaglar 
qo‘yiladi.
Ikki nuqtali (1.28-rasm) variantdagi o‘rnatish qurilmasiga ayrim vaziyatlarda traktorga 
nisbatan 10-15
0
gacha burilib ishlashga majbur bo‘ladigan (masalan, plug) mashinalar o‘rnatiladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin