3- MAVZU. TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNI YURISH QISMI, BOSHQARISH MEXANIZMLARI VA ISH JIHOZLARI
1.28-rasm. Ikki nuqtali osish qurilmasini tuzilishi: 1-yuqorigi o‘q, 2-pastki o‘q,
3- o‘rta o‘q, 4-ko‘tarishrichagi,
5- markaziy tortqi,
6-kashaklar, 7-pastki bo‘ylama
tortqilar, 8-gidrotsilindr,
9-markaziy tortqi vtulkasi,
10-bo‘ylama tortqilarvtulkasi,
11-mufta
Buning uchun haydov traktorlariga ikkita prujina kiydirilgan teleskopik markaziy tortqi 11
o‘rnatiladi. Traktor uzunasiga engashganida prujina qarshiligini engib, teleskopik tortqi uzayib–
qisqarib, ayrim qismlarning deformatsiyalanishining oldi olinadi.
Osma mashinalarda uzun va og‘ir tirkagich bo‘lmaydi, ishlayotgan mashina ramasini
gorizontal holatga keltiradigan mexanizmlar, ishchi qismlarning tuproqqa botishini sozlaydigan
mexanizmlar oz bo‘ladi. Natijala, osma mashina tirkalmaga nisbatan engilroq, demak, sudrashga
qarshiligi ozroq bo‘ladi. Osma mashinadan tuzilgan agregat tor joylarda ham bemalol burila
oladi. Demak, osma agregatning afzalliklari ko‘p. Ammo, osma mashinani traktorga to‘g‘ri ulash
birmuncha murakkabroq bo‘ladi.
5. Quvvat olish valining turlari, tuzilishi va ishlashi Traktorning quvvat olish vali traktor bilan agregatlangan ko‘chib yuradigan yoki muqim
ishlaydigan qishloq xo‘jalik mashinalarining ishchi qismlariga xarakat berish uchun xizmat
qiladi.
Quvvat olish vali orqali harakatga keltiriladigan mashinalar bajaradigan texnologik
jarayonlarning turiga hamda traktorga nisbatan o‘rnatilishiga qarab farq qilganligi tufayli ko‘plab
turlarga bo‘linadi.
39
Traktorlar turli ko‘rinishdagi quvvat olish vallari bilan jihozlangan bo‘lib, ular
quyidagicha: quvvat olish valini
traktorga o‘rnatilgan joyiga qarab: traktorning oldiga (o‘t
o‘radigan jatkalar, g‘o‘zani chilpish qurilmasi),