deyiladi. Bu o‘lchamlarning ahamiyati shundan iboratki, qishloq xo‘jaligi
ekinlarining qator
orasini kengligi va ularning o‘sish balandligini turlicha bo‘lishini hisobga olgan holda
g‘ildiraklarning koleyasi va agrotexnika masofasi o‘zgartiriladi.
1.15-rasm. G‘ildirakli traktorlar koleyasi (
l
) va
agrotexnika tirqishi (
h
)
O‘rmalovchi zanjirli traktorning yurish qismi
(1.16-rasm) asosan, ikkala tomoniga
joylashtirilgan ikkita o‘rmalovchi zanjirli yuritgich va ularning osmalaridan iborat.
Har bir
yuritgich etakchi yulduzcha 8, taranglovchi g‘ildirak 1, tayanch g‘ildiraklar 7, tutqich rolik 5lar
va ularning barchasini o‘rab turadigan o‘rmalovchi zanjir 3 dan iborat. Taranglovchi
g‘ildirakning taranglovchi va amortizatsiya qiluvchi moslamalari 2 bor.
Etakchi yulduzcha dvigateldan kuch uzatish mexanizmlari
orqali harakatga kelib
aylanganda, uning tishlari o‘rmalovchi zanjirining bo‘g‘imlariga yoki tishlariga birin-ketin ilinib,
o‘rmalovchi zanjirni aylanishga majbur etadi va u o‘z navbatida traktorni ilgarilanma harakatga
keltiradi.
Dostları ilə paylaş: