3- MAVZU. TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNI YURISH QISMI, BOSHQARISH MEXANIZMLARI VA ISH JIHOZLARI
Chuqur zichlanish tuproqning 15 sm dan 77 sm gacha bo‘lgan qatlamidagi zichlanish bo‘lib, u asosan traktor va qishloq xo‘jalik mashinasining g‘ildiraklarini o‘qlariga tushgan yuklama (og‘irligi) (1.18-rasm) natijasida vujudga keladi 3 . O‘qqa tushadigan yuklama g‘ildirakli traktorlarda shinaning tuproqqa tegib turgan yuzasi
kam bo‘lganligi uchun uning miqdori juda yuqori bo‘ladi.
1
“Мы знаем как сохранить почву”. Тракторы САTERHILLERYRDA 3601 (12/99 ) . 2001. 3-бет
2
“Мы знаем как сохранить почву”. Тракторы САTERHILLERYRDA 3601 (12/99 ) . 2001. 4-бет
3
“Мы знаем как сохранить почву”. Тракторы САTERHILLERYRDA 3601 (12/99 ) . 2001. 6-бет
1.18-rasm. Traktor yurish qismining tuproqning chuqur zichlanishiga ta’siri Traktor shataksirashidagi zichlanish, uning g‘ildirakli yoki zanjirli (lentali) yurish qismini shataksirashi (sirpanishi) oqibatida tuproqqa qo‘shimcha bosim hosil qilishi natijasida hosil bo‘ladi va tuproqning yuqori qatlamini surilishi hamda donadorligini buzilishiga (1.19-rasm) olib keladi 4 . 1.19-rasm. Traktor yurish qismi shataksirashining tuproq zichlanishiga ta’siri. G‘ildiraklar orasidagi tuproq zichlanishi ikki yoki uchta qo‘sh shinalarning yon tomonlarini qattiqligi hisobiga vujutga kelgan va yon tomoniga ma’lum burchak ostida ta’sir etuvchi bosim natijasida vujudga keladi (1.20-rasm).