uzatiladi. Pnevmatik yuritmali tormoz sistemasi quyidagi qismlardan iborat: kompressor, havo bosim rostlagich, havo balloni, boshqarish krani, tormoz kameralaridan tashkil topgan. Bu yuritmaning kamchiligi: qish paytida havo kondensatining truboprovodlarida muzlab qolishi. 4. O‘rnatma gidrotizimning vazifasi, tuzilishi va ishlashi. O‘rnatish qurilmalarining turlari, tuzilishi va ishlashi Traktorlar ko‘plab qishloq xo‘jalik mashinalari, qurollari, qurilma va moslamalar bilan
agregatlanadi. Shuning uchun traktorning ish jihozlarini benuqson ishlashini ta’minlashga alohida
e’tibor berish zarur.
Traktorning o‘rnatma gidrotizimi o‘rnatma qishloq xo‘jalik mashinalarini traktorga ulash,
ularni ishchi holatdan transport holatiga yoki aksincha ish ishchi holatiga o‘tkazish uchun xizmat
qiladi. O‘rnatma gidrotizim (1.23-rasm) ikkita asosiy qismdan: o‘rnatma qurilmasi hamda
gidravlik tizimdan iborat.
O‘rnatma qurilma 4 traktorga o‘rnatma qishloq xo‘jaligi mashinasini tirkash uchun xizmat
qiladi. U traktor orqasida, oldida yoki yonida o‘rnatilishi mumkin.
Gidravlik tizim moy baki 1, moy nasosi 2, taqsimlagich 3 va kuch silindridan 4 iborat
bo‘lib, ular o‘zaro yuqori bosimda ishlaydigan moy o‘tkazgichlar yordamida biriktirilgan.
1.23-rasm. Traktorning o‘rnatma gidrotizimi: 1-moy baki; 2-moy nasosi: 3-taqsimlagich;
4- kuch silindri; 4-o‘rnatma qurilma; 6- ishchi mashina (plug)
Gidrotizim quyidagicha ishlaydi. Moy taqsimlagichning dastagi “yuqoriga ko‘tarish”
holatiga qo‘yilganda moy nasosi 2 traktorning dvigatelidan xarakat olgan holda ishchi suyuqlikni
moy bakidan 1 so‘rib oladi va taqsimlagich 3 orqali kuch silindri 4 porshenining ostki kamerasiga
etkazib beradi. YUqori bosimda yuborilgan moy kuch silindri 4 porshenining shtokini xarakatga
keltiradi va qishloq xo‘jalik mashinasi (masalan, plug) bilan bog‘langan o‘rnatma qurilmani 5
yuqoriga ko‘taradi. Porshenning shtoki kerakli holatga etgandan keyin moyning bosimi oshadi va
taqsimlagich dastagi avtomatik tarzda “neytral” holatga o‘tadi va kuch silindri mashinani
transport holatida mahkam ushlab turadi.
Aksincha, taqsimlagichdastagi “pastga tushirish” holatiga qo‘yilsa, moy porshenning
yuqori qismiga yuboriladi va mashina ishchi holatiga tushiriladi, so‘ngra dastak avtomatik tarzda
“neytral” holatga o‘tadi va kuch silindri mashinani ishchi holatda mahkam ushlab turadi.
Tanyach g‘ildiragi mavjud bo‘lgan mashinalarda (osma plug, seyalka) taqsimlagich dastagi
“pastga tushirish” holatiga emas, balki “suzish” holatiga qo‘yish kerak bo‘ladi. Bunda traktor
bilan mashina orasida yumshoq bog‘lanish vujudga keladi va mashinaning ishchi qismlarini
sinishdan saqlaydi.