3)
G‘ildirakli traktorning orqa g‘ildiraklari keyin maxsus iz yumshatgichlar o‘rnatish va
izlarni 30 sm chuqurlikda yumshatish;
4)
Tuproqqa ekishdan oldin ishlov berishda uning namlilik darajasi
va traktor shinasining
protektorlarini holatiga alohida e’tibor qaratish kerak. CHunki tuproqda namlik darajasi
me’yoridan ortiq bo‘lsa, shinalar tuproq bilan etarlicha ilashmaydi va g‘ildiraklar shataksiraydi va
tuproq zichlanadi.
3. Rul boshqarmasi. Tormozlash sistemasi
Rul boshqarmasi traktor (avtomobil) harakatini haydovchi belgilangan yo‘nalishda saqlash
uchun mo‘ljallangan. Rul boshqarmasi yengil va qulay bo‘lishi kerak, buning uchun rul
chambaragiga qo‘yilgan kuch va uning burilish burchagi cheklangan bo‘lishi lozim.
Avtomobil va traktorlarda boshqarish, g‘ildiraklarni oldingi ko‘prikka
nisbatan burish,
umumiy traktorlarda (K-701, T-150K) traktorlarning yarim ramalarini g‘ildiraklar bilan
birgalikda ularni biriktiruvchi vertikal sharnirga nisbatan burishdan iboratdir.
1.21-rasm. To‘rt g‘ildirakli traktorning rul boshqarmasi:
1-rul chambaragi; 2 va 4-richaglar; 3 va 4-tortqilar; 6-sharnir; 7-sapfa; 8-buylama
rultortqisi; 9-soshka; 10-soshka vali; 11-rolik; 12-chervyak; 13-rul mexanizmi.
Rul boshqarmasi rul mexanizmi va rul yuritmasidan iborat.
Rul mexanizmi vositasida
haydovchining rul chambaragiga bergan kuchi rul yurimasiga uzatiladi. Rul yuritmasi rul
mexanizmidan traktorning boshqariluvchi g‘ildiraklari va yarim ramasiga uzatiladi. Rul yuritmasi
rul mexanizmidan traktorning boshqariluvchi g‘ildiraklari va yarim ramasiga kuch uzatadi. Rul
yuritmalari mexanik, gidravlik va elektrik bo‘lishi mumkin. Gidravlik rul yuritmasi avtomobil
(traktor) larda boshqarishni osonlashtirish maqsadida qo‘shimcha
kuch hosil qilishga
mo‘ljallangan. SHu sababli hozirgi vaqtda ko‘p ishlatilmoqda. Gidravlik rul kuchaytirgichi: bak,
nasos, taqsimlagich va gidrotsilindrdan tuzilgan. Avtomobil g‘ildiraklarining turg‘unligi
shkvorenning ko‘ndalang bo‘ylama qiyaliklari bilan erilishiladi. SHkvorenning ko‘ndalang
qiyaligi g‘ildirakning ko‘ndalang tekislikda etish burchagi bilan aniqlanadi, u 6 - 8 gradusga teng.
SHkvoren bo‘ylama qiyaligi g‘ildirakning aylanishiga tik tekisligi va shkvoren o‘qi orasidagi
burchak bilan aniqlanadi, u 0 - 8 gradusga teng. Avtomobil va traktorning ko‘ndalang tekisligida
yotuvchi g‘ildirak og‘ish burchagi , g‘ildirak sapfasi uchlari qiyaligini o‘zgartirish bilan qo‘yiladi,
u 0 - 2 gradusga teng. Boshqariladigan g‘ildiraklarning yaqinlashuvi g‘ildiraklar oldingi va orqa
o‘rta nuqtalari orasidagi masofalar ayirmasi A-B 2 - 12 mm bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: