Mavzu: traktor va avtomobillarni yurish qismi, boshqarish mexanizmlari va ish jihozlari


o‘zgarishi bevosita tuproqning zichlanishiga olib keladi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix20.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#166409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3- MAVZU. TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNI YURISH QISMI, BOSHQARISH MEXANIZMLARI VA ISH JIHOZLARI

o‘zgarishi bevosita tuproqning zichlanishiga olib keladi
1

Tuproqning zichlanishiga quyidagi: tabiatan zichlanishga moyil tuproqlar (masalan, soz 
tuproq); me’yordan oshiqcha namlik; doimo bir xil chuqurlikda ishlov berish; traktor va ish 
mashinalarining yurish qismini tuproqqa bosimi kabi omillar kiradi. 
Tuproq zichlanishiga eng yuqori ta’sir etuvchi omillardan biri - bu qishloq xo‘jaligi 
agregatlarini dala bo‘ylab harakati hisoblanadi. Har safar agregat dala bo‘ylab yurganda (er 
haydash, tirmalash, molalash, ekin qator oralariga ishlov berish va hakozo) tuproqning zichlanishi 
ortib boradi. 
Fermer ho‘jaliklarining ekin maydonlarini kengayib borishi bilan katta o‘lchamli, og‘ir 
traktorlar va kombaynlardan foydalanishni taqqoza etadi. Bu esa tuproqni yanada zichlanishiga 
olib keladi. 
Qishloq xo‘jalik agregatlari tomonidan tuproqning zichlanishi: yuza zichlanish, chuqur 
zichlanish, shataksirashdagi zichlanish va g‘ildiraklar orasidagi zichlanish kabi turlarga bo‘linadi. 
Haydalgan maydonlarda texnikalar bilan har qanday ishni bajarilishi tuproqni qayta-qayta 
zichlanishiga olib keladi. SHu sababli tuproq zichlanishini doimo kamaytirib borish bo‘yicha 
tadbirlarni bajarish talab etaladi. 
Yuza zichlanish tuproqning 15 sm gacha bo‘lgan yuza 
qatlamida vujudga keladi. Bu holat asosan traktor va ish mashinalarining yurish qismini 
(g‘ildiragi yoki zanjiri) tuproqqa ko‘rsatgan bosimi (1.17-rasm) natijasida paydo bo‘ladi
2
.
 
 
 
1.17- rasm. Zanjirli va 
g‘ildirakli traktor yurish 
qismining tuproqqa tegib 
turgan yuzasini o‘lchamlari
Traktor g‘ildiragining shinasi yoki zanjirini (lentasini) tuproqqa tegib turgan yuzasining 
eni qanchalik keng bo‘lsa, mos ravishda, uning tuproqqa ko‘rsatadigan bosimi shunchalik kam 
bo‘ladi, xuddi shunday tuproqning yuza zichlanishi ham sayoz bo‘ladi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin