Chigitli paxtadan mayda iflosliklarni ajratish texnologiyasi va uskunalari
Reja:
1. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasini ishchi qismlarini tayyorlashni o’ziga xos xususiyatlari 2. Chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasini ishchi qismlariga qo’yiladigan asosiy texnik va texnologik talablar. 3. Qoziqli baraban va to’rli yuzalarni tayyorlash texnologik jarayonlari. 4. Qo’llaniladigan texnologik vositalar-dastgoh, moslama, kesuvchi va o’lchov asboblari
1. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasini ishchi qismlarini tayyorlashni o’ziga xos xususiyatlari Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalari ishchi qismlarini tayyorlashda mashinasozlik texnologiyasida qabul qilingan detallarni tayyorlashni ko’plab namunali texnologik jarayonlaridan foydalaniladi, masalan vallar, shkivlar, disklarni tayyorlash bunga misol bo’la oladi.
Paxtatozalash mashinalari ishchi qismlarini tayyorlamani o’ziga xos xususiyatlari qo’yidagilarni kiritish mumkin:
yaqingacha paxtatozlash mashinalarini korpus detallarini tayyorlashi kulrang cho’yandan qo’yish usulida olinar va mexanik ishlov berilar edi. Hozirda bunday detallar asosan po’lat varaqadan lazer yordamida kesib tayyorlanmoqda, misol tariqasida bunday detallar 1- rasmda keltirilgan.
1- rasm. Po’lat varaqasidan tayyorlangan tozalagich yonboshi
Cho’yan korpusi detallarini po’lat varaqlardan tayyorlanayotganini sabablardan biri-cho’yanli korpus detallarini qo’yib olish texnologiyasi murakkabligidir;
paxtatozalash mashinalari qismlari, masalan barabanlari aloxida tayyorlanadi, yig’iladi, tekshiriladi va so’ngra mashinaga o’rnatiladi. SHuning uchun bunday barabanlar alohida holda muvozanatlanadi;
v) paxtatozalash mashinalari qismlarini yig’ishda, ularni mashinaga o’rnatishda mashinani samarador ishlashiga juda katta ta’sir ko’rsatuvchi ishchi qismlar orasidagi texnologik tirqishlarni me’yor darajasida bo’lishiga aloxida e’tibor qaratiladi
g) paxtatozalash mashinalarida ishlatiladigan ishchi qismlar, ularni detallari
etarlicha unifikatsiya qilingan, bu esa mashinani tayyorlashni osonlashtiradi.