Tuberkulyoz - surunkali kschadigan yuqumli kasallik bo‘lib, qishloq xo‘jalik hayvonlari, yovvoyi hayvonlar, mo‘ynali hayvonlar hamda parrandalarda uchraydi. Kasallikka chalingan xayvonlariing ichki a’zo va to‘qimalarida maxsus tugunlar — burtmachalar (tuberkulalar) paydo bo‘ladi. Sil odamlar orasida xam ko‘p tarqalgan kasallikdir.
Iqtisodiy zarar. Sil kasalligi chiqqan xo‘jaliklar katta zarar ko‘radi, chunki kasallikka chalingan mollar 15 kun ichida fermadan olib chiqiladi va go‘shtga topshiriladi, bu esa o‘z navbatida tuyoq sonining kamayib ketishiga olib keladi, mahsulot olish pasayib ketadi. Kasallik qayd qilngan xo‘jalikda karantin belgilanadi. Uning tadbirlarini bajarish uchun qo‘shimcha mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi. Xo‘jalik topshirgan chorva mollari mahsulotining standart darajasi tushib ketishi natijasida go‘sht va sut kombinatlaridan arzonlashtirilgan mikdorda haq oladi. Kasallangan har bir bosh sigir xo‘jalikka o‘rtacha 18—20 ming so‘m atrofida zarar keltiradi. Bundan tashqari, sil kasalligi bilan odamlar ham kasallanadi va kasal hayvon sil tayoqchasi bilan atrof muhitni ifloslantiradi og‘ir formada (generalizasiya holatida) zararlangan hayvonlar go‘shti utilga o‘tkaziladi.
Qo‘zg‘atuvchisi. Silni 1882 yilda Robsrt Kox aniqlagan Musobacterium deb ataluvchi bakteriya qo‘zg‘atadi. Mikobakteriya ingichka, to‘g‘ri, ba’zan uchi qayrilgan tayoqchasimon shaklda, uzunligi 0,8 dan 3—5 mkm, Eni 0,2 dan 0,5 mkm gacha bo‘ladi. Bakteriya tez-tez shaklini o‘zgartiradi, ya’ni polimorfizm xususiyatiga ega. Mikroorganizm uzoq vaqt sun’iy muhitda o‘stirilganda dumaloq shaklda ham namoyon bo‘ladi. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Sil mikroorganizmining boshqa mikroblardan farqi shundaki, u ishqor, kislota va spirt, antimorfinga chidamlidir. Bu mikrob oddiy bo‘linish usuli bilan ko‘payadi.
Hozirgi tasnif bo‘yicha shu turdagi mikroorganizmlarning uch guruhi mavjuE.
Patogen mikobakteriyalar (sil, naratuberkulyoz, moxok).
Atipik mikobakteriyalar (fotoxromogen, skotoxromogen, neftoxromogen va tez o‘suvchilar).
Kislotaga chidamli saprofitlar.
Sil tayoqchasi gliserin qo‘shilgan sun’iy muhitda yaxshi o‘sadi. Laboratoriya sharoitida sil mikroorganizmini o‘stirish uchun Petran’yani, Lyubenau, Levenshteyn sun’iy muhitlari, Dyubo suyuq muhiti tavsiya etiladi.
Mikroorganizm Sil – Nilsen usuli bilai bo‘yalib mikroskop ostida ko‘riladi. Bu usulning mohiyati quyidagilardan iborat:
Organizmning zararlangan joyidan tayyorlangan surtma (mazok) havoda quritiladi.
Surtma 5 minut davomida metil spirtida fiksasiya qilinadi.
Surtma fenol, Sil fuksini bo‘yog‘i bilan 1—3 minut davomida bo‘yaladi.
Bo‘yalgan surtma suv bilan yuviladi.
Surtma 5% li sulfat kislota eritmasi yoki 15% li nitrat kislata eritmasi bilan 2—5 sekund ichida rangsizlantiriladi.
Suv bilan yuviladi.
Metil ko‘ki bilan 0,5—1 minut davomida qo‘shimchabo‘yaladi.
Suv bilan yuvilgach, surg‘ich bilan quritiladi.
Bo‘yalgan surtma mikroskopning immersiya sistemasida ko‘riladi. Sil tayoqchasi qizil rangda, boshqa mikroorganizmlar ko‘kimtir rangda, tagi esa havorang bo‘lib ko‘rinadi.
Sil kasalligini qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmning uch xili mavjud:
Odamlar mikroorganizmi — bu xil sil tayoqchasi (M. Humonus) odamlarda sil kasalligini paydo qiladi.
Qoramollar mikroorganizmi (M. Vovinus) qoramollarda sil kasalligini qo‘zg‘atadi.
Parrandalar mikroorganyazmi (M. avium) parrandalarda sil kasalligini qo‘zg‘atadi.