B- limfotsitlar gumoral immunitet jarayonida qatnashuvchi asosiy hujayralardir. Ularning asosiy vazifasi antitelolar ishlab chiqaruvchi plazmotsitlarni hosil qilish va shu tufayli organizmda gumoral immunitetni ta’minlashdir. B- limfotsitlarda T- limfotsitlarga nisbatan donador endoplazmatik to`rning yaxshiroq rivojlanganligi kuzatiladi. B- limfotsitlarning T-limfotsitlardan asosiy farqi ularning qobig`ida joylashgan retseptorlaridir. B-limfotsitlar yuzasida immunoglobulinlarga xos tuzilishga ega bo`lgan retseptorlar bo`lib, ular yuza immunoglobulinlar deb ham ataladi. Antigen va antitelo orasidagi reaksiya serologik (lotin. serum — zardor) yoki gumoral reaksiya (humor — suyuqlik) deyiladi, chunki ularda ishtirok etadigan antitelo (immunoglobulin) qon zardobida uchraydi.

Hujayraviy immunitet – bunda antigenlar (asosan, yot hujayralar va organizmning o`zida hosil bo`ladigan, genetik mutatsiyaga uchragan o`sma hujayralar) maxsus qotil (killer – qotil) hujayralar tomonidan o`ldiriladi va yemiriladi. Bu immunitet jarayonida effektor hujayralar bo`lib, T- limfotsitlarning bir turi bo`lgan T-killerlar va maxsus «tabiiy killerlar» (TK) hisoblanadi. Bu hujayralarni boshqacha qilib sitotoksik ta’sir ko`rsatuvchi hujayralar deb ham atash mumkin (cytos – hujayra, toxin – zahar, ya’ni hujayrani zaharlovchi degan ma’noni anglatadi).