Sun'iy passiv immunitet organizmga tayyor antitelo yuborisi, natijasida yuzaga keladi. Immunitetning bu turi organizmga antitelo zardob va immunoglobulin yuborilgan zahoti hosil bo'ladi va faqat 15—20 kungacha saqlanadi, so'ngra antitelolar parchalanib, organizmdan chiqib ketadi.
Organizmni kasallik qo'zg'atuvchisidan tozalanish davriga ko'ra immunitetni quyidagi turlarga bo'lishimiz mumkin
Steril immunitet — ko'pgina qo'zg'atuvchilar bemor tuzalganda organizmdan yo'qoladi. Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar).
Sterillanmagan immunitet — infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida bo'lgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi.
Adaptiv immunitet
Adaptiv immunitet (ingl.adoptive - qabul qilingan) - bir organizm limfoid hujayralarini ikkinchi organizmga ko‘chirib o‘tkazilganda, ularning faolligi hisobiga yuzaga keladigan immunitet. Masalan, oq qon kasalligida, o'zining o‘zgargan qon hujayralari o‘ldirilib, donor, ya’ni sog‘ odam ko‘migi hujayralari ko‘chirib o‘tkaziladi. Bundan tashqari, ko‘pgina tadqiqotlarda, limfotsitlarning bir organizmdagi axborotni ikkinchi organizmga о‘tkaza olish qobiliyati borligi ham tasdiqlandi
Antigenlarni yemirish va zararsizlantirish uslubiga qarab immunitetning ikki xili ajratiladi:
4.Xujayraviy va gumoral spestifik immunitet
Gumoral immunitet
Gumoral immunitet – bunda antigenlarning antitelolar yordamida zararsizlantirilishi asosiy o`rin tutadi. Bu immunitetning ishchi (effektor) hujayralari bo`lib antitelo ishlab chiqaruvchi plazmatik hujayralar yoki plazmotsitlar hisoblanadi. Plazmotsitlar o`z navbatida B-limfotsitlardan hosil bo`ladi. Bu jarayonda T- limfotsitlar va mikromuhit hujayralari ham faol qatnashadi.