Mavzu: Tugʻruq komplekslari va ayollar maslaxatxonalarida psixolog faoliyati Tu



Yüklə 107,55 Kb.
səhifə7/7
tarix22.09.2023
ölçüsü107,55 Kb.
#146554
1   2   3   4   5   6   7
Tugʻruq komplekslari va ayollar maslaxatxonalarida psixolog faoliyati

B) vazomotor buzilishlar:
• qizib ketishning yog‘ilib kelishi (yuz va boshda); • terga botish, muzlab ketish;
• bosh og‘riqlar, bosh aylanishlar; • arterial gipo- yoki gipertoniya;
• taxikardiya, nafas yetishmasligi;
• oyoq-qo‘ilar uyushishi, og‘riqlar. V) urogenital buzilishlar:
• qin namligining yo‘qolishi, ya’ni qurib qolishi; • jinsiy yaqinlik paytida og‘riqlar;
• qinning qichishishi, achishishi; • tez-tez siyish, nikturiya;
• ba’zan siydik tuta olmaslik; • qin devorining tushishi.
G) terida kuzatiladigan o zgarishlar: terining qurishi;
• tirnoqlar sinishi; • soch tushishi;
• ajinlar paydo bo'lishi. D) endokrin buzilishlar:
semirish;
• osteoporoz;
• qandli diabet;
• qalqonsimon bez faoliyati buzilishlari; • mastopatiya;
• bo‘g‘imlar va mushaklardagi og‘riqlar.
Klimakterik sindrom uchun o‘ta xos bo‘lgan belgi (90-95 %) -bu qizib ketishning yog‘ilib kelishidir. Bir kunda bir necha marotaba kuzatiladigan bu simptomning davomiyligi 1-2 daqiqadir. Tananing yuqori qismi, ayniqsa, yuz va boshga qizib ketish to‘satdan yog‘ilib keladi va darrov o‘tib ketadi. Bu paytda bemorni kuchli ter bosadi, terisi qizib ketadi, yurak urishi tezligini ba’zan sanab bo‘lmay qoladi, ya’ni u bir daqiqada 150 dan oshib ketishi mumkin. Kuchli taxikardiya bilan birgalikda arterial qon bosim ham oshib ketadi. Xafaqon kasalligi bor bemorlarda arterial qon bosim 200/100 mm.sim.ust. va undan yuqorigacha ko‘tarilishi mumkin. Ozgina ruhiy siqilish ham bu xurujni yuzaga keltirishi mumkin. Klimakterik sindromda qizib ketishning yog‘ilib kelishi simptomi gipotalamusning termoregulator faoliyati buzilish bilan tushuntiriladi. Ba’zan klimakterik xurujni stenokardiya xuruji bilan farqlashga to‘g‘ri keladi, chunki yurak sohasida og‘riqlar ham kuzatiladi. Klimakterik sindromda kardial-giyaning kuzatilishi kardiomiotsitlarda moddalar almashinuvining buzilishi va simpatik irritatsiyaning kuchayishi bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Odatda, klimakterik sindrom mavjud yurak ishemik kasalligini kuchaytiradi.
Menopauzadan keyin organizmning immunologik qarshiligi pasayishi sababli, mavjud surunkali kasalliklar qo‘zg‘ashi mumkin. Bemorning yuqori nafas yo‘llarida o‘tkir respirator infeksiyalarga o'xshash holatlar tez-tez kuzatiladi. Ular sal sovuqqa ham tez-tez “shamollab” qolishlari mumkin. Shuningdek, surunkali bronxit, vazomator rinit, konyunktivit, stomatit, laringit, astma va shu kabi boshqa allergik kasalliklar, teri kasalliklari qo‘zg‘aladi. Klimakterik sindromda esterogenlar miqdorining pasayishi ichki a’zo va siste-malarning turli patologik holatlarga chidamliligini pasaytiradi, ular tashqi va ichki ta’sirotlarga sezgir bo‘lib qoladi. Natijada, ichki a’zolar sohasida, ayniqsa, Xed-Zaharin sohalarida achishtiruvchi og‘riqlar paydo bo‘ladi.
Menopauzadan keyin jinsiy va siydik ajratish a’zolari to‘qima-larida atrofik jarayonlar davom etadi va bunday jarayonlar ham estrogenlar miqdorining pasayishi bilan bog‘liqdir. Bachadon va sut bezlarida o'smaga o‘xshash holatlarning paydo bo'lishi, buyrak va bachadon sohasida og‘riqlar, siydikning achishib chiqishi, tez-tez siyish, (ayniqsa, tunda) va libidoning so'nishi klimakterik sindrom-ning barcha turlarida kuzatiladi. Esterogenlar yetishmovchiligi nafaqat jinsiy a’zolar faoliyatiga, balki boshqa to‘qimalarga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham teri quriy boshlaydi va yupqa-lashadi, ajinlar paydo bo'ladi, tirnoqlar mo'rtlashadi, soch to‘kiladi. Klimakterik sindromda ruhiyat va hissiyotning buzilishlari turli-tuman bo‘lib, ular bemorning temperamentiga, oilada va jamiyatda tutgan o‘rniga, yillar mobaynida shakllanib qolgan xulq-atvoriga, asab kasalliklari va ruhiy buzilishlar mavjudligiga bog‘liq. Klimakterik sindrom xurujlaridan keyin ba’zi bemorlarda depressiya, xavotir va apatiya alomatlari kuzatilsa, boshqa birlarida agressiv holat kuzatiladi. Bu holatlar, albatta, yig‘loqilik, qo‘rquv va uyqu buzilishlari bilan namoyon bo‘ladi. Ular har xil hidlarga, yorug‘likka, tovushlarga sezgir bo‘lib qolishadi, bu narsalar ularni asabiylashtiradi. Bemor

Yüklə 107,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin