Mavzu: Tugʻruq komplekslari va ayollar maslaxatxonalarida psixolog faoliyati Tu



Yüklə 107,55 Kb.
səhifə1/7
tarix22.09.2023
ölçüsü107,55 Kb.
#146554
  1   2   3   4   5   6   7
Tugʻruq komplekslari va ayollar maslaxatxonalarida psixolog faoliyati


MAVZU: Tugʻruq komplekslari va ayollar maslaxatxonalarida psixolog faoliyati

Tugruqdan keyin kuzatiladigan ruhiy ozgarishlar

Ba’zi ayollarda tuqqandan keyin turli-tuman ruhiy-hissiy buzilishlar kuzatiladi. Atrofdagilarning yaxshi munosabatidan qat’i nazar, tuqqan ayolning kayfiyati keskin o'zgarishi mumkin. Ayniqsa, sababsiz jizzakilik, tez xafa bo‘lish, yig‘loqilik, vahima, uyquning buzilishi kabi belgilar ko‘p kuzatiladi va ular hech qanday tibbiy-psixologik yordamsiz o‘tib ketishi mumkin. Bu holatlar ayniqsa, birinchi bor tuqqan ayollarda ko‘proq kuzatiladi va ko‘pincha, charchoq bilan namoyon bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda umr yo‘ldoshining, ota-onasining va boshqa yaqinlarning katta e’tibori, mehr-oqibati ushbu ruhiy o‘zgarishlarni tezroq bartaraf qilishga yordam beradi.
Ba’zi mutaxassislarning fikricha, tug‘ruqdan keyingi bunday ruhiy o‘zgarishlar 10-15 % ayollarda kuzatiladi va odatda, biroygacha davom etishi mumkin. Biroq hamma vaqt ham bu statistika to‘Iiq deb aytib bo‘lmaydi, chunki aksariyat hollarda psixologga murojaat qilinmaydi va bunday buzilishlarning hisobi olib borilmaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tuqqan ayolning atrofida salbiy muhit yaratilsa, ruhiy o‘zgarishlar chuqurlashib, ruhiy-hissiy buzilishlarga o'tishi mumkin (masalan depressiyalarga).
Ruhiy-hissiy buzilishlar ichida tug‘riqdan keyingi depressiyalar alohida o‘rin kasb etadi va bu yerda albatta, psixolog yordami kerak bo'ladi. Ayolning o‘zi bu holatdan chiqib keta olmasligi mumkin. Tug‘ruq bilan bog‘liq bo‘lgan depressiyalar, ayniqsa, bola o‘lik yoki biror bir kamchilik bilan tug‘ilgan vaziyatlarda ko‘p kuzatiladi. Bola tirik tug‘ilgan holatlarda kuzatiladigan depressiyalarning asosiy belgilaridan biri o‘z bolasiga va eriga qiziqishining mutlaqo yo‘qolishidir. Bunday holatlarda bolani emizishga berish uchun yaqinlari va shifokorlar ba’zan soatlab yolvorib o‘tirishadi. Bolasi yig‘lab yotgan holatlarda uni qo‘liga olmaydi, qo‘liga berishsa ham qaytarib beradi, o‘zi ham yig‘layveradi. xBa’zan esa ko‘ziga yig‘I kelmaydi, bolasiga yoki atrofdagilarga teskari o‘girilib yotib oladi. Kechalari uxlamay chiqadi.
Ko‘p holatlarda depressiyalar qo‘rquv, xavotir va turli darajada ifodalangan vegetativ va somatik buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. Ayniqsa, niqoblangan depressiyaning tuqqandan keyin yuzaga kelishi vrachlar uchun ham katta diagnostik mushkulliklar tug‘diradi. Awalgi boblarda aytib o‘tilganidek, niqoblangan depressiya bu turli somatik kasalliklar yoki sindromlar ko‘rinishida namoyon bo'luvchi depres-siyadir. Shuning uchun ham niqoblangan depressiyani to‘g‘ri aniqlash ham tibbiy, ham psixologik tekshirishlarni talab qiladi. Odatda, niqoblangan depressiyada somatik buzilishlar subyektiv bo‘lib, obyektiv tekshiruvlarda tasdiqlanmaydi.
Tug‘ruqdan keyin kuzatiladigan ruhiy buzilishlar va xavotirli-depressiv belgilarni davolashda antidepressantlardan keng foydala-niladi. Bular fevarin, zoloft, portal, gelarikum, amitriptilin va shular kabi boshqa dorivor vositalardir. Biroq ruhiy buzilishlarni ushbu dorivor vositalar bilan davolashda ularni emizuvchi ayolga mone’lik qiluvchi tomonlarini, go‘dakka nojo‘ya ta’sirlarini va ruhiy buzilishning og‘irlik darajasini e’tiborga olish lozim. Fluoksetin (prozak), zoloft va si pramillarni eksperimentda ham, klinik amali-yotda ham teratogen ta’siri aniqlanmagan. Ushbu dorilar homila-dor va tuqqan ayollarga depressiv buzilishlarda tavsiya etilishi mum­ kin (Stove Z.N., 1995 г.; Stove Z.N., Nemeroff S.V., 1996 г.).
Tug‘ruqdan keyin rivojlanishi mumkin bo‘lgan havotirli-depressiv buzilishlarning oldini olish o‘ta muhimdir. Buning uchun homilador ayollami psixolog ko‘rigidan o‘tkazish zarur. Bu usul rivojlangan xorij davlatlarida bir necha o‘n yillaroldin yo‘Iga qo‘yilgan. Chunki endi rivojlanib kelayotgan depressiyaning yashirin belgilarini faqat psixolog aniqlay oladi va ularni o‘z vaqtida kam miqdordagi antidepressantlar yoki anksiolitiklar bilan bartaraf qilish mumkin.


Yüklə 107,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin