Oiv infeksiyasi va oits ning oldini olish



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə1/2
tarix19.05.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#117849
  1   2
OIV INFEKSIYASI VA OITS NING OLDINI OLISH


OIV infeksiyasi va OITS ning oldini olish


reja:


1. OITS/OIV.
2. OIV ning yuqish yo`llari.
3. OIV yuqishining oldini olish chora-tadbirlari.
4. OIV infeksiyasi va OITS ning yashirin (inkubatsion) davri.
5. O`zbekiston Respublikasida OIV/OITS ni aniqlash bo`yicha tibbiy tekshiruvdan o`tkazish va bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatishning sanitariya qoidalari va me`yorlari.

OIV - оdam immuntanqislik virusi;


OIV yuqtirganlar – odam immuntanqislik virusi bilan zararlanganlar;
OIV infeksiyasi - odamga OIV yuqishi natijasida vujudga keladigan o`ta xavfli yuqumli kasallik;
OITS – Odam immunitet tanqislik sindromi, OIV infeksiyasining terminal (og`irlashgan) davri.
OIV infeksiyasi kasalligi va OITS keyingi 30 yil davomida jahonning barcha mamlakatlari aholisi o`rtasida tarqalib, yildan-yilga to`xtovsiz ko`payib, millionlab odamlar sog`lig`i va umriga zomin bo`lmoqda.
Ma`lumotlarga qaraganda, 2008 yil oxirida yer yuzida OIV infeksiyasi, OITS bilan kasallangan odamlar soni 30 milliondan oshgan.Ularning ko`p qismi Afrika, Amerika qit`asiga, Yevropa, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga to`g`ri keladi.
O`zbekiston Respublikasi dunyodagi OIV/OITS eng kam tarqalgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Shunday bo`lsada, bu bedavo dard bilan xastalanganlar soni ko`payishining oldini olish uchun mamlakatimiz hukumati xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan tartib-qoidalar doirasida, OIV/OITS tarqalishining oldini olishga qaratilgan keng ko`lamli chora - tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Buning boisi shundaki, dunyo mamlakatlarida OIV ni o`ziga yuqtirganlar va OITS bilan kasallanib, hayotdan ko`z yumayotganlar soni to`xtovsiz ko`payib borayotgani, bizning mamlakatimiz va xalqimiz tinchligi va osoyishtaligiga ham xavf-xatar solayapti. Chunki, respublikamiz jahonning ko`plab mamlakatlari bilan chambarchas aloqada. Hamyurtlarimiz xorijga borib-kelishayapti, xorijliklar yurtimizga kelib ketayapti. Shuning uchun, doim-hushyor, ogoh bo`lishimiz lozim. Bu masalada beparvolik, e`tiborsizlik, mas`uliyatsizlikka aslo yo`l qo`yib bo`lmaydi.
OIV – odam immuntanqislik virusiga qarshi dunyoning hech qaysi mamlakatida vaksina ishlab chiqarish usuli bugungi kungacha topilgan emas. Bu borada jahonda ko`plab ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari izlanish olib bormoqdalar, ammo hozircha natija yo`q. OIV yuqishi natijasida yuzaga keladigan OIV infeksiyasi va OITS kasalligini davolash masalasi ham dunyo miqyosidagi o`ta murakkab muammo bo`lib qolmoqda. Masalan, AQSh da OITS bilan kasallangan bir nafar bemorni davolash uchun 50-75 ming dollar mablag` sarflanar ekan.
Ko`rinib turibdiki, OIV infeksiyasi kasalligi dunyoda global muammo hisoblanadi. Shu bois, asosiy e`tibor OIV yuqishining oldini olishga qaratilishi lozim. Buning uchun har bir odam, o`smirlik yoshidagi maktab o`quvchisidan tortib, to keksa yoshdagilargacha, OIV ning yuqish yo`llarini mukammal bilishi zarur. Infeksiyaning yuqish yo`llarini yaxshi bilgan odam, albatta virusni o`ziga yuqtirmaslik chorasini ko`radi. Virusni o`ziga yuqtirmaslik chorasi-ni ko`rish bilan birga, bu haqda u o`zining yaqinlariga ham tushuntiradi, ularni ogoh qiladi.
Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tomonidan 1988 yilda “1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash”kuni deb belgilangan.
OIV - odam immuntanqislik virusi. Uning sog` odamga yuqishi tufayli, OIV infeksiyasi kasalligi va uning terminal (og`ir) davri OITS – orttirilgan immunitet tanqislik sindromi vujudga keladi.
Mazkur virusni dunyoda birinchi bo`lib, ikki guruh olimlar, bir-birilari bilan bog`lanmagan holda, Fransiyada Paster nomidagi Parij instituti professori Lyuka Montan`e boshchiligidagi olimlar guruhi va AQSh da professor Robert Galo rahbarligidagi olimlar guruhi1983 yilda aniqlaganlar.
Fransiya olimlari virusni OITS bilan kasallangan bemorning limfa tugunlarida, AQSh olimlari esa virusni OITS bilan kasallangan bemorning qonidagi limfotsitlarda (oq qon tanachalarida) aniqlaganlar.
Bu ikki guruh olimlar tomonidan aniqlangan “odamda im-muntanqislik holatini” vujudga keltiradigan virusning genetik tuzilishi bir xil bo`lgani uchun, Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining maxsus qarori bilan, mazkur virusga “Odam immuntanqislik virusi” – “OIV” deb nom berildi.
Ma`lumotlarga ko`ra bu virus ko`p asrlar davomida maymun tanasida yashab, unda kasallik qo`zg`atgan. Lekin odamda kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega bo`lmagan. Tashqi muhitning ekologik o`zgarishlari ta`sirida virus mutatsiyaga uchrab, u odamda kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega bo`lgan.
Bu virus boshqa viruslar singari hujayraviy tuzilishiga ega emas. U nuklein kislota (DNK yoki RNK) va oqsil moddadan tashkil topgan.
Virus yashashi, rivojlanishi, ko`payishi uchun zarur bo`lgan ashyoni tekinxo`rlik bilan odam organizmidan, aniqrog`i, limfa tugunlari, T-Limfotsitlar va Monotsitlardan (oq qon tanachalaridan) oladi.
Virusning hajmi juda mayda: 100-120 nm. Bir tiyinlik tanga maydoniga–bir necha million virus joylashishi mumkin.
Virus juda tez ko`payib, bir kunda taxminan bir milliardgacha ko`payishi mumkin.
Virus tashqi muhit ta`siriga chidamsiz. U bilan zararlangan buyumlarni 100 darajada qaynatganda 15 minutda, 56 darajada isitganda 30 minutda o`ladi.
Virus dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar ta`siriga chidamsiz: u 70 foizli etil spirti, 5 foizli xloramin, 6 foizli peroksid vodorod, atseton ta`sirida shu zahotiyoq o`ladi.
Ammo, virus sovuq ta`siriga nihoyatda chidamli: u muzlatilgan qon zardobida 10 yilgacha saqlangani ma`lum.
Ta`kidlash lozimki, 2008 yil 10-dekabr kuni 2008-yilning Nobel mukofoti sovrindorlari taqdirlandi. Tibbiyot sohasida Fransiya olimlari Lyuka Montan`e va Fransuaza Barr OITS ni vujudga keltiruvchi virusning tarkibiy qismlarini aniqlashda qilgan xizmatlari uchun Nobel mukofoti sovrindori bo`lishdi.
OIV ning yuqish yo`llari.
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishda OIV ning yuqish yo`llarini mukammal bilish muhimdir. Chunki, virusning odamga qanday yo`llar orqali yuqishini bilgandagina har bir odam uni o`ziga yuqtirmaslik chorasini ko`rishi oson bo`ladi.
Avvalo, aytish kerakki, OIV sog` odamga, asosan, virus tashib yuruvchi, lekin vaqtincha kasallanmagan odamdan hamda OITS bilan xastalangan bemordan yuqadi.
OIV ning yuqish yo`llari quyidagilardir:
1.Jinsiy yo`l. OIV ni o`ziga yuqtirib, vaqtincha kasallanmagan , lekin sog` holatda virusni o`zida tashib yuruvchi odam (erkak yoki ayol) bilan jinsiy munosabatda bo`lish;
- shuningdek, OITS bilan kasallangan, lekin kasallik yengil kechayotgan bemor bilan uning kasal ekanini bilmagan holda jinsiy munosabatda bo`lish natijasida sog` odam o`ziga OIV ni yuqtirib olishi mumkin.
2. Parenteral yo`l. Bu OIV ning tibbiy va sartaroshlik asboblaridan hamda donor qoni va qon zardobidan yuqishini o`z ichiga oladi:
- bir martalik shpris bilan bir kishiga in`eksiya qilingach, uni kuydirib yuborish o`rniga, shu shpris va uning ignasidan, boshqa kishiga in`eksiya qilish uchun foydalanish;
- stomatologik, jarrohlik, travmatologik, ginekologik, LOR, ko`z, me`da-ichak va boshqa kasalliklarda ishlatiladigan tibbiy asboblarni shifokor bir bemorga qo`llagandan keyin sterillamasdan (zararsizlantirmasdan) boshqa bemorga ishlatishi;
- sartaroshlik pokisi bilan bir kishining soqolini olgandan keyin, uni zararsizlantirmasdan (dezinfeksiyalovchi eritmaga botirib qo`ymasdan) boshqa kishiga ishlatish;
- ayollarning kosmetik muolajalari: pirsing, tatuaj, manikyur, pedikyur asboblarini bir kishiga qo`llagandan keyin, zararsizlantirmasdan boshqa kishiga qo`llash;
-qiz bolaning qulog`ini teshadigan ignani zararsizlantirmasdan bir necha qizchalarni qulog`ini teshish uchun foydalanish;
- o`g`il bolani xatna qilganda, pokini zararsizlantirmasdan bir necha bolalarga qo`llash;
- donor odam qonini yoki qon zardobini OIV ni aniqlash bo`yicha laboratoriya tekshiruvidan o`tkazmasdan, og`ir kasallik bilan xastalangan yoki jarohatlangan boshqa bemorga davolash maqsadida quyish.
3. Vertikal yo`l. OIV ni o`ziga yuqtirgan yoki OITS bilan kasallangan ayol homilador bo`lsa, u o`zining qonidagi OIV ni homilasiga va chaqalog`iga quyidagi yo`llar orqali yuqtirishi mumkin:
- prenotal davrda, ya`ni homilaning ona qornida rivojlanish davrida, ona qonidagi virus kindik tomirlari (yo`ldosh) orqali homilaga yuqadi. Natijada, homila virus tashuvchi sifatida yoki OITS bilan kasallangan bemor holatida tug`iladi;
- ayol qonidagi virus chaqaloqning tug`ilish jarayonida, tug`ish yo`llarining jarohatlaridan chaqaloqqa yuqadi;
- OIV bilan zararlangan ayol o`zining bolasini yoki boshqa ayolning bolasini ko`krak suti bilan emizganida sut tarkibidagi virus bolaga yuqadi.
4. Ingliz mutaxassis shifokorlarining ma`lumotiga ko`ra “o`ta sevishgan erkak va ayol bir-birining lablarini so`rib o`pishganlarida” birining so`lagidagi va labining qon tomirlaridagi virus ikkinchisiga o`tishi mumkin.
OIV yuqishining oldini olish chora-tadbirlari.
OIV aniqlanganiga chorak asrdan ko`proq vaqt o`tdi. AQSh da OITS bilan kasallangan birinchi bemorlar ro`yxatga olinganiga 30 yil bo`ldi.
Ammo, hozirgi kunda, OIV ga qarshi ta`sir ko`rsata oladigan vaksina dunyo mamlakatlarining birontasida ishlab chiqilgani yo`q. Ma`lumotlarga ko`ra, OITS bilan kasallangan bir nafar bemorni davolash uchun bir yilda 20 million so`m mablag` sarflanadi. Davolash jarayoni esa bir necha yil davom etadi. AQSh da OITS bilan kasallangan bir nafar bemorni davolash uchun 50-75 ming dollar mablag` sarflanar ekan.
Yuqorida bayon etilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, mamlakatimiz aholisini, birinchi navbatda yoshlarni, OITS kasalligidan asrashning asosiy chorasi har bir odamni OIV yuqishidan himoya qilishdir.
Muhtaram Prezidentimizning “O`zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 2008 yil 26-dekabrdagi PK-1023-sonli Qarori aynan ana shu maqsadga qaratilgan.
Davlatimiz rahbarining mazkur qarorini bajarish uchun yurtimizning har bir fuqarosi, birinchi navbatda, maktablarning yuqori sinf o`quvchilari, kollej, litsey va oliy ta`lim muassasasi talabasi, shuningdek, yetuklik yoshidagi yigit va qiz, qolaversa o`rta va keksa yoshdagi erkak va ayol quyidagilarga amal qilishi lozim:
- birinchidan, OIV ning yuqish yo`llarini mukammal bilishi va doim yodida saqlashi;
- ikkinchidan, kundalik turmush jarayonida, OIV ning yuqish xavfi bo`lgan vaziyatlarga duch kelganda hech qanday his-tuyg`ularga berilmasdan, dadillik va shijoat bilan o`zining bilimi, tushunchasi, faolligi va fidoyiligini namoyon etib, xatarli vaziyatni bartaraf etishga harakat qilishi kerak. Bu bilan o`zini va boshqalarni OIV yuqishidan himoyalashga hissa qo`shgan bo`ladi. Masalan, sartarosh bir kishining soqolini olib, pokini zararsizlantirmasdan boshqaning soqolini olayotganiga duch kelganda yoki stomatolog bir kishiga ishlatgan asbobni almashtirmasdan, boshqa kishiga ham ishlatayotganini ko`rgan vijdonli odam, uning xatosini aytishi va bu xatoni bartaraf etishga hissa qo`shishi kerak.
Yuqorida bayon etilganlar asosida, OIV ning oldini olish masalasi, uning yuqish yo`llariga to`siq qo`yish (barham berish) orqali amalga oshirilishi lozim.
Bu vazifa quyidagi tartibda bajarilishi mumkin.
Birinchi, OIV ning jinsiy yo`l orqali yuqishining oldini olish.
Bu masalada AQSh, Yevropa mamlakatlarining mutaxassis shifokorlari, notanish shaxs bilan jinsiy munosabatda bo`lganda, himoyalanish g`ilofi (prezervativ)dan foydalanishni tavsiya etadilar. Bu bir tomondan to`g`ridek tuyuladi.
Ammo, bizning milliy urf-odatimiz, shariyatimiz, xalqimizning ma`naviy-axloqiy xususiyati (mintaliteti) ga ko`ra erkak yoki ayolning notanish shaxs bilan jinsiy munosabatda bo`lishi, sha`nimizga munosib emas. Agar yurtimizning har bir fuqarosi, yoshidan qat`iy nazar, millatimizning ana shu ma`naviy-axloqiy xususiyatiga amal qilsa, uning poymol bo`lishiga jur`at etmasa, OIV ning jinsiy yo`l bilan yuqish xavf-hatariga, yurtimiz aholisi o`rtasida mutloq barham berilgan bo`ladi.
Afsuski, ayrim yoshlar vaqtinchalik ko`ngilxushlik, kayfu-safo, ulfatbozlikka berilib, tuzatib bo`lmaydigan xatoga yo`l qo`yadilar, oqibatda kelajaklarini barbod qiladilar.
Ana shunday nosog`lom turmush tarziga moyilligi bo`lgan yoshlarga saboq bo`lishi uchun quyidagi misolni bayon qilish lozim topildi.
Respublikamiz viloyatlarining birida bo`lib o`tgan achinarli voqea haqida, “Xalq so`zi” gazetasining muxbiri Istam Ibrohimov (2009 yil 2-may) shunday ma`lumot bergan:
...Bo`lg`usi kelin-kuyov to`ydan avvalgi tibbiy ko`rikdan o`tganlaridan keyin, shifokor kuyov bo`lmish Mahmudjon bilan yolg`iz suhbatda, OIV infeksiyasi bo`yicha qayta tekshiruvdan o`tishi zarurligini aytdi. Keyinchalik yigitning o`ziga OIV yuqtirganligi ma`lum qilindi.
Mahmudjon avvaliga meni hech narsa, hech qanday kasallik bezovta qilayotgani yo`q deya, o`ziga OIV ning yuqtirganligini inkor qildi. So`ngra chuqur o`ylab olgach, ulfatlari bilan tongotar bazmlarda maishat qilishi, bunday kechalarda notanish ayollar ham qatnashganligi va ular bilan yaqin munosabat o`rnatgan paytlari ko`p bo`lganini yodiga oldi. U bo`lib o`tgan voqeani tan olgach, shifokordan bu haqda boshqalarga aytmaslikni iltimos qildi.
- Bu mumkin emas dedi, shifokor. Siz OIV ni yuqtirib olganingizdan bo`lg`usi qaylig`ingiz boxabar bo`lishi shart. Chunki qonunga ko`ra, har bir odam o`ziga OIV yuqtirganini bila turib, boshqa kishiga (ayni paytda qaylig`iga) virusni yuqtirishi jinoyat hisoblanadi, dedi shifokor.
Shu bois, Mahmudjon o`ziga OIV yuqtirganini bo`lg`usi qaylig`iga bildirishi shart. O`shanda bo`lajak kelin bo`lmish qiz, unga tur-mushga chiqishga rozi bo`lsa, nikohdan o`tishi mumkinligi ma`lum qilindi. Tasavvur qilaylik:
- birinchidan, bo`lg`usi turmush o`rtog`ining OIV bilan zararlanganligini bila turib, u bilan turmush qurishga qiz jur`at etarmikin?
- ikkinchidan, qiz rozi bo`lganida ham, uning ota-onasi, qavm-qarindoshlari rozilik berarmikinlar ?
- uchinchidan, yigitga nisbatan qizning muhabbati juda kuchli bo`lib, yuqoridagi ikkala to`siq ham bartaraf etilgan taqdirda, bu nikohdan sog`lom bola dunyoga kelarmikin…
- to`rtinchidan, nikohdan keyingi birinchi haftalardayoq kuyovdagi OIV ning kelinga ham yuqishi shubhasiz. Demak, ma`lum oylar-yillar o`tgach, ularning ikkalasida ham OIV infeksiyasi va OITS kasalligining vujudga kelishi muqarrar. Bu dardning injiqliklariga bardosh berisha olarmikin...
Bunday musibatga bardosh berishning iloji bo`larmikin...
Xulosa shuki, Mahmudjon sayoq yurib, ulfatbozlik, maishatbozlik, vaqtinchalik kayfu-safoga berilib, tuzatib bo`lmas xatoga yo`l qo`ygan. Yosh umrini, kelajagini o`zining o`ylovsizligi, nojo`ya xatti-harakati, nosog`lom turmush tarzi tufayli barbod qilgan. Uning taqdiri ayanchli, albatta. Biroq endi kech, pushaymonu afsus-nadomatdan foyda yo`q.
Ikkinchi, OIV ning parenteral yo`l orqali, ya`ni tibbiy va sartaroshlik asboblaridan hamda qon quyish orqali yuqishini o`z ichiga oladi.
OIV bu yo`l bilan yuqishining oldini olish masalasi, yurtimizda o`rnatilgan tartib-qoida bo`yicha, shu sohalarning mutaxassislari zimmasiga yuklatilgan:
- birinchidan, bir martalik shprits bilan faqat bir kishiga in`eksiya qilish qoidasini bajarish tibbiyot hamshirasi zimmasiga yuklatilgan;
- ikkinchidan, stomatologik, jarrohlik, travmatologik, LOR, ko`z, ginekologik va boshqa kasalliklarni tekshirish va davolash jarayonida qo`llanadigan tibbiy asboblarni bir kishiga qo`llagandan keyin, ularni zararsizlantirib (sterillab), so`ngra boshqa kishiga ishlatish, mazkur sohalarning mutaxassis-shifokorlari zimmasiga yuklatilgan;
- uchinchidan, donordan olingan qon yoki qon zardobini davolash maqsadida og`ir holatdagi bemorga quyishdan oldin, bu qonni laboratoriyada OIV ga tekshirtirish mas`uliyati, ushbu qon yoki qon zardobini og`ir bemorga quyish tadbirini bajarayotgan shifokor zimmasiga yuklatilgan;
- to`rtinchidan, erkaklar va ayollar sartaroshlari tomonidan qo`llanadigan asboblarni bir kishiga ishlatgandan keyin, ularni zararsizlantirib, so`ngra boshqa kishiga qo`llash mazkur soha mutaxassis (sartarosh) lari zimmasiga yuklatilgan.
Yuqorida bayon etilganlardan tushunish mumkinki, OIV parenteral yo`l bilan yuqishining oldini olish vazifasi yurtimizda qabul qilingan qoida va tartib bo`yicha tibbiyot hamshirasi (feldsher, akusher), mutaxassis shifokorlar, shuningdek, sartaroshlar zimmasiga yuklatilgan.
Lekin, shunga qaramasdan, yuqoridagi mutaxassislarning qaysi biri, zimmasidagi vazifaga mas`uliyatsizlik, e`tiborsizlik, beparvolik bilan yondashsa, ya`ni tibbiy va sartaroshlik asboblarini har bir kishiga alohida sterillangan (zararsizlantirilgan) holda qo`llamasa, mazkur mas`uliyatsizlikni ko`rib, guvoh bo`lib turgan har bir fuqaro, yo`l qo`yilayotgan xatoni shu zahotiyoq tuzatishni mutaxassisdan talab qilishga haqlidir. Aynan shunday qilinsagina har birimiz yurtimiz aholisi o`rtasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga hissamizni qo`shgan bo`lamiz.
Demak, kundalik hayot jarayonida ayrim tibbiyot xodimi yoki sartaroshning mas`uliyatsizligi natijasida yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xatolarga duch kelganimizda, guvoh bo`lganimizda mazkur mutaxassisdan xatoni shu zahotiyoq bartaraf etishni talab qilishga har birimiz haqlimiz.
Bunga asos sifatida, hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham, tibbiyot xodimlari tomonidan yo`l qo`yilgan, kechirib bo`lmaydigan xatolarga misol keltirish o`rinlidir:
Kanadalik Oliviya Mei Kuk ismli ayol 1982- yilning mart oyida og`ir jarrohlik operatsiyasi jarayonida ko`p qon yuqotgani uchun unga donor qoni quyilgan. Oradan o`n yil o`tgach, 1992-yilda ayolda tez-tez tumovlash, tomog`ining og`rishi (angina), tana haroratining ko`tarilishi, terisida mayda yiringli yaralar paydo bo`lishi, ya`ni OITS ning boshlang`ich yengil belgilari paydo bo`la boshlagan. Qonini laboratoriyada tekshirilganda OIV borligi va OITS vujudga kelgani aniqlangan.
Rossiya virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, akademik V.Pokrovskiyning ma`lumotiga ko`ra, giyohvandlar narkotik sotib olishga mablag` topaolmagan paytda, donor sifatida qon topshiradilar. Ular guruh-guruh bo`lib, bir-birlariga bitta shpris bilan narkotik moddani tomirga yuboradilar. Shuning uchun giyohvandlarning aksariyati OIV bilan zararlangan bo`ladi. Qon topshiruvchi donorlarning ayrimlari giyohvand bo`ladi. Uning qonida OIV bo`lishi shubhasiz.
AQSh ning Florida shtatida faoliyat ko`rsatadigan bir stomatolog o`zi davolagan uch nafar odamga OIV ni yuqtirgani isbotlangan.
Ayrim tibbiyot xodimlari o`zlarining e`tiborsizliklari, ehtiyotsizliklari, mas`uliyatsizliklari tufayli bilib-bilmagan holda, davolaydigan mijozlari sog`lig`iga ziyon yetkazibgina qolmay, shaxsan o`zlarining va hamkasblarining sog`lig`iga ham ziyon yetkazishi mumkinligi, kundalik turmush jarayonida uchrab turishi, quyidagi misolda yaqqol ko`rinadi:
AQSh da 7 million tibbiyot xodimlari bo`lib, har yili ularning 18 ming nafari OITS bilan kasallangan bemorlarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish, qonini laboratoriyada tekshirish, turli xil davolovchi tibbiy muolajalar o`tkazish, parvarish qilish jarayonida OIV ni o`ziga yuq-tirib, OITS bilan kasallanib, 200 nafari hayotdan ko`z yumar ekan.
Uchinchi, OIV ni Vertikal yo`l bilan yuqishining oldini olish. Bunda OIV ni o`ziga yuqtirgan yoki OITS bilan kasallangan ayol homilador bo`lsa, o`zidagi virusni homilasiga, chaqalog`iga yuqtirishi haqida so`z boradi.
Shunday ekan, avvalo bu ayol OIV ni o`ziga quyidagi yo`llar orqali yuqtirishi mumkinligini tasavvur qilish kerak bo`ladi:
- birinchidan, ayol OIV ni o`ziga jinsiy yo`l orqali yuqtirgan bo`lishi mumkin. Bunda uning eri OIV ni o`ziga qandaydir yo`l orqali yuqtirgan bo`lib, o`zidagi OIV ni xotiniga, ya`ni mazkur ayolga yuqtirgan bo`ladi;
- ikkinchidan, mazkur ayolning o`zi boshqa shaxs bilan g`ayriqonuniy ravishda jinsiy munosabatda bo`lib, o`ziga OIV ni yuqtirgan bo`ladi;
- uchinchidan, mazkur ayol yuqorida bayon etilgan parenteral yo`l orqali, ya`ni tibbiy, sartaroshlik asboblari orqali yoki qandaydir kasalligi, jarohatlanishi tufayli unga analizdan o`tkazilmagan donor qoni yoki qon zardobini quyish orqali, OIV ni o`ziga yuqtirgan bo`lishi mumkin.
Ko`rinib turibdiki, mazkur ayol homilasiga va chaqalog`iga OIV ni yuqtirishidan avval, o`ziga OIV ni qaysi yo`l orqali yuqtirganini tasavvur qilinadigan bo`lsa, u OIV ni o`ziga jinsiy yo`l yoki parenteral yo`l orqali yuqtirishi mumkinligi ayon bo`ladi.
Demak, har bir ayol bo`lajak bolasining sog`lom tug`ilishini va sog`lom o`sib ulg`ayishini xohlasa, avvalo, o`zining sog`lig`ini himoya qilishi, jumladan, o`ziga OIV ni jinsiy va parenteral yo`llar orqali yuqishining oldini olishga harakat qilishi kerak.
To`rtinchi, yurtimizning har bir fuqarosi yuqorida bayon qilingan tartib-qoidalarni chuqur o`zlashtirgani holda o`zining yuksak bilimi, madaniyati, ma`naviy-axloqiy xislatlarini namoyon etib, quyidagi talablarni bajarishga ahd qilmog`i lozim:
- birinchidan, o`ziga OIV yuqtirganiga shubha qilsa, bir kun ham kechiktirmasdan viloyat OITS ga qarshi kurash markaziga yoki mahalliy poliklinikaning “Ishonch xonasiga” murojaat qilishi kerak. “Ishonch xona” larning manzili: Qarshi shahri, viloyat OITS markazi. Telefon: 221-37-71. Qarshi shahri, viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri. Telefon: 226-14-60. Agar ismi, familiyasini bildirishni lozim ko`rmasa, aytmasligi mumkin. Bunday holda, u shartli raqam bilan ro`yxatga olinib, shu raqam bo`yicha tekshiruvdan o`tadi;
- ikkinchidan, yuqorida bayon etilgan tartib-qoidalarni to`g`ri tushunib, ularni o`ziga tadbiq qilgan har bir ongli odam, bu qoidalarni tanish-bilishi, do`st-birodari, qavm-qarindoshlariga ham batafsil tushuntirishi, ularni ham mazkur tartib - qoidalarni bajarishga da`vat etishi, uning ona Vatanimiz xalqini OIV dan himoya qilishda qo`shgan olijanob hissasi bo`ladi.
bo`lishi mumkin. Bunda uning eri OIV ni o`ziga qandaydir yo`l orqali yuqtirgan bo`lib, o`zidagi OIV ni xotiniga, ya`ni mazkur ayolga yuqtirgan bo`ladi;
- ikkinchidan, mazkur ayolning o`zi boshqa shaxs bilan g`ayriqonuniy ravishda jinsiy munosabatda bo`lib, o`ziga OIV ni yuqtirgan bo`ladi;
- uchinchidan, mazkur ayol yuqorida bayon etilgan parenteral yo`l orqali, ya`ni tibbiy, sartaroshlik asboblari orqali yoki qandaydir kasalligi, jarohatlanishi tufayli unga analizdan o`tkazilmagan donor qoni yoki qon zardobini quyish orqali, OIV ni o`ziga yuqtirgan bo`lishi mumkin.
Ko`rinib turibdiki, mazkur ayol homilasiga va chaqalog`iga OIV ni yuqtirishidan avval, o`ziga OIV ni qaysi yo`l orqali yuqtirganini tasavvur qilinadigan bo`lsa, u OIV ni o`ziga jinsiy yo`l yoki parenteral yo`l orqali yuqtirishi mumkinligi ayon bo`ladi.
Demak, har bir ayol bo`lajak bolasining sog`lom tug`ilishini va sog`lom o`sib ulg`ayishini xohlasa, avvalo, o`zining sog`lig`ini himoya qilishi, jumladan, o`ziga OIV ni jinsiy va parenteral yo`llar orqali yuqishining oldini olishga harakat qilishi kerak.
To`rtinchi, yurtimizning har bir fuqarosi yuqorida bayon qilingan tartib-qoidalarni chuqur o`zlashtirgani holda o`zining yuksak bilimi, madaniyati, ma`naviy-axloqiy xislatlarini namoyon etib, quyidagi talablarni bajarishga ahd qilmog`i lozim:
- birinchidan, o`ziga OIV yuqtirganiga shubha qilsa, bir kun ham kechiktirmasdan viloyat OITS ga qarshi kurash markaziga yoki mahalliy poliklinikaning “Ishonch xonasiga” murojaat qilishi kerak. “Ishonch xona” larning manzili: Qarshi shahri, viloyat OITS markazi. Telefon: 221-37-71. Qarshi shahri, viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri. Telefon: 226-14-60. Agar ismi, familiyasini bildirishni lozim ko`rmasa, aytmasligi mumkin. Bunday holda, u shartli raqam bilan ro`yxatga olinib, shu raqam bo`yicha tekshiruvdan o`tadi;
- ikkinchidan, yuqorida bayon etilgan tartib-qoidalarni to`g`ri tushunib, ularni o`ziga tadbiq qilgan har bir ongli odam, bu qoidalarni tanish-bilishi, do`st-birodari, qavm-qarindoshlariga ham batafsil tushuntirishi,ularni ham mazkur tartib-qoidalarni bajarishga da`vat etishi, uning ona Vatanimiz xalqini OIV dan himoya qilishda qo`shgan olijanob hissasi bo`ladi.
OITS - Orttirilgan Immunitet Tanqislik Sindromi - surunkali (uzoq yillar) davom etadigan, oqibati bemorning nogironga aylanishi yoki hayotdan ko`z yumishi bilan tugaydigan, juda og`ir kasallikdir.
OITS - sog` odamga OIV (odam immuntanqislik virusi) yuqishi natijasida vujudga keladi.
OITSning dunyo mamlakatlarida birinchi marta ro`yxatga olinishi haqidagi ma`lumotlar turlicha.
Rossiya virusologiya ITI direktori akademik V.Jdanovning ma`lumotiga ko`ra, OITS bilan kasallangan birinchi bemor AQSh da 1979 yilda ro`yxatga olingan (V.Jdanov, akademik, Izvestiya, 21-marta 1987goda).
Rossiyaning Epidemiologiya ITI laboratoriyasi boshlig`i, professor V.Sergeevning ma`lumotiga ko`ra ham, OITS bilan kasallangan 17 nafar bemorlar, birinchi marta AQSh da 1979 yil ro`yxatga olingan. Ammo, u paytda kasallikni qo`zg`atuvchi virusni aniqlash usuli o`rganilmagani sababli, ya`ni virus aniqlanmagani uchun mazkur bemorlarga, ularda namoyon bo`lgan belgilar asosida «Immunitet tanqisligi kasalligi» degan tashxis qo`yilgan. Bunday tashxisni qo`yishda, boshqa sabablar natijasida yuzaga keladigan, immunitet tanqisligi belgilari bilan kechadigan kasalliklarga qiyoslangan.
Fransiya professori Lyuka Montan`e va AQSh professori Robert Galo tomonidan virus 1983 yilda aniqlanganidan keyin, 1979 yilda «Immunitet tanqisligi kasalligi» deb tashxis qo`yilgan bemorlarga va undan keyin aniqlangan bemorlarga, OITS (SPID) degan tashxis qo`yila boshlangan. (Sergeev V., professor, «Uchitelskaya gazeta», 5-aprelya 1988 goda).
Rossiya Sog`liqni Saqlash vaziri o`rinbosari, professor G.Xryabichning ma`lumoti bo`yicha OITS bilan kasallangan birinchi bemor AQSh da birinchi marta 1981 yilda ro`yxatga olingan. (MG 2.04.1987).
OIV infeksiyasi va OITS ning yashirin (inkubatsion) davri.
OIV sog` odamga yuqqanidan keyin to OIV infeksiyasi va kasallikning belgilari paydo bo`lgunicha ma`lum vaqt o`tadi. Bu oraliq davrga OITS ning yashirin (inkubatsion) davri deyiladi. Bu davr 2-5 oydan 8-10 yilgacha bo`lishi ko`pgina bemorlarni kuzatish natijasida aniqlangan.
Kasallikning yashirin davrida OIV, ya`ni virus tananing limfa tugunlarini va ularda ishlab chiqariladigan T-limfotsitlarning ichiga kirib, ularni zararlaydi. Shuningdek, virus suyaklarning ko`mik qismi-da ishlab chiqariladigan monotsitlarning ichiga kirib, ularni ham zararlaydi.
Sog` odamda T-limfotsitlar va monotsitlar qon tarkibida bo`lib, tashqi muhitdan organizmga kirgan mikrob, virus, zamburug` va boshqa infeksiyalarni yutib eritib yuboradi. Shu bilan odam organizmini yuqumli kasalliklardan asraydi. Ular himoya (immunitet) vazifasini bajaradi.
OIV esa limfa tugunlari, limfotsitlar va monotsitlarni zararlab, organizmning himoya (immunitet) xususiyatini kuchsizlantiradi va odamda immunitet tanqisligini vujudga keltiradi.
OIV sog` odamga yuqqanidan boshlab to organizmning himoya (immunitet) qobiliyatini kuchsizlantirgunicha o`tgan davr OIV infeksiyasining yashirin (inkubatsion) davriga to`g`ri keladi.
Kasallikning inkubatsion (yashirin) davrini qisqa (2-5 oy) yoki uzoq (8-10 yil) bo`lishi quyidagi holatlarga bog`liq:
- birinchidan, sog` odamga yuqqan virus (OIV) ning oz yoki ko`p bo`lishiga bog`liq. Bir martalik shpritsni bir kishiga ishlatish o`rniga 2-3 kishiga ishlatish yoki stomatologik, sartaroshlik asboblarini zararsizlantirmaslik tufayli yuqqan viruslar soni, nisbatan, kamroq bo`lishi mumkin. Kam miqdordagi viruslar ko`payib, immunitet tanqisligini vujudga keltirgunicha uzoq vaqt o`tadi. Demak, OITS ning yashirin davri uzoq bo`lishi mumkin;
- Aksincha, donor qoni va qon zardobini tekshirmasdan quyganda, shuningdek, jinsiy munosabatda bo`lganda, yuqqan viruslar soni ko`p bo`ladi va ular immunitet tanqisligi holatini qisqa vaqt davomida yuzaga keltiradi. Bunda, kasallikning yashirin davri qisqa bo`lishi mumkin;
- ikkinchidan, OIV ni o`ziga yuqtirgan odam organizmi baquvvat, jismoniy chiniqqan, immunitet qobiliyati mustahkam bo`lsa, viruslar organizmning mustahkam immunitet qobiliyatini zaiflashtirgunicha ko`p vaqt o`tadi, bunda kasallikning yashirin davri uzoqqa cho`ziladi;
- Aksincha, OIV ni o`ziga yuqtirgan odam organizmi jismoniy jihatdan ojiz, immunitet qobiliyati kuchsiz bo`lsa, shuningdek, kamqonlik, gepatit, sil va boshqa surunkali kasalliklar, giyohvandlik bilan zaiflashgan bo`lsa, OITS ning yashirin davri qisqa bo`ladi.
OIV infeksiyasining belgilari. Kasallikning yashirin davri tugagach, OIV infeksiyasining belgilari birin-ketin paydo bo`la boshlaydi.
- odam tanasining bo`yin, qo`ltiq osti, chov sohasidagi limfa tugunlari no`xat, loviya hajmigacha, ayrimlari 1 sm gacha kattalashadi, lekin og`rimaydi. Sog` odamda ular juda mayda, mosh hajmida bo`lib, paypaslaganda barmoqqa deyarli sezilmaydi;
- odamda umumiy holsizlik, tez charchash, mehnat qobiliyatining tobora pasayib borishi;
- sababi aniq bo`lmagan holda tana haroratining 380 va bundan baland ko`tarilishi, uning uch haftadan uzoq davom etishi;
- kechasi ko`p terlash;
- terida turli xil toshmalar, yiringli yaralarning paydo bo`lishi;
- biron sabab bilan bog`liq bo`lmagan holda, surunkali ich ketishi;
- tana vaznining asta-sekin kamayishi (ozishi);
- teri va barmoqlarning zamburug`lar bilan zararlanishi va terini po`st tashlashi;
- og`iz burchaklarining bichilishi, lablarda tez-tez uchuq paydo bo`lishi;
- og`iz shilliq qavati va tilda pufakchalar va yaralarning paydo bo`lishi.
OITS ning belgilari. OIV infeksiyasining belgilariga bemor e`tibor bermasa, OITS markaziga uchramasa, davolanmasa OITS ning og`ir belgilari qo`shiladi.
- bosh miya zararlanishi tufayli bemorning xotirasi zaiflasha boradi, tanasining muskullarida og`riq bo`ladi, qo`l-oyoqlar shol (paralich) bo`lib qolishi mumkin. Organizmning immuniteti tobora zaiflashib,odatda og`ir kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega bo`lmagan mikrob, virus, zamburug`larga nisbatan uning beriluvchanligi oshib asoratlar yuzaga keladi. Masalan:
- Kriptosporidium – bir hujayrali mikroorganizm bo`lib, asosan yosh buzoqda yengil kechadigan ich ketish kasalligini yuzaga keltiradi. OITS bilan kasallangan odamda esa og`ir kechadigan ich ketish holatini vujudga keltiradi;
- Pnevmotsist – bir hujayrali mikrob sog` odamda kamdan - kam holatlarda o`pkada yengil yallig`lanish kasalligini yuzaga keltirishi mumkin. Immuniteti zaiflashgan odamda esa o`pkaning og`ir kechadigan yallig`lanish kasalligini vujudga keltiradi;
- Toksoplazmoz – mushukdan, mayda va yirik qoramol go`shtidan yuqadigan mikroorganizm. Oddiy sharoitda, asosan, homilador ayolda o`pkaning yengil yallig`lanish kasalligini vujudga keltirib, homila tanasining shakllanishini buzib, turli xil norasoliklarni vujudga keltiradi. OITS bilan kasallangan odam o`pkasi va miyasida yiringli abssess holatini vujudga keltiradi;
- Kandida Albikans – zamburug` bo`lib, oddiy sharoitda yosh bolada og`iz shilliq pardasining yallig`lanish (stomatit), ayollarda tashqi jinsiy a`zoning yengil yallig`lanish (vaginit) kasalligini yuzaga keltiradi. Immuniteti zaiflashgan odamda esa, zamburug` qon orqali tanaga tarqalib, sepsis holatini, ichki a`zolarda yiringlanish holatini vujudga keltiradi;
- Sitomegalovirus (SMV) – oddiy sharoitda yengil tumovlashga o`xshash holatni yuzaga keltiradi. OITS bilan kasallangan odamda esa o`pkaning og`ir yallig`lanishi (Pnevmoniya) va sepsis holatini vujudga keltiradi.
Kaposhi sarkomasi - terida qizg`ish - pushtirang toshmalar, ularning usti po`st tashlagan oqimtir teri bilan qoplangan bo`ladi. Bu toshmalar burun ustida, yumshoq tanglayda ko`p bo`ladi. Ular o`pka, ichak, jigar, suyak ustki sohalarida ham paydo bo`ladi.
Kandidozlar – zamburug`lar qo`zg`atadigan kasalliklar.
- og`iz bo`shlig`i va til ustida oq rangli qalin qazg`oq paydo bo`ladi;
- qizilo`ngach, ichak, jigar, o`pka kandidozida qalin oq qazg`oq mazkur a`zolarning ustuni qoplaydi (uni tashqi tomondan ko`rib bo`lmaydi). Lekin shu a`zolarning yallig`lanish kasalligiga o`xshash belgilar paydo bo`ladi.
Zamburug`lar qo`zg`atadigan kandidoz kasalliklarining paydo bo`lishi, OITS bilan xastalangan bemor organizmining immunitet qobiliyati kuchsizlanganini namoyon etuvchi yana bir belgi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasida OIV/OITS ni aniqlash bo`yicha tibbiy tekshiruvdan o`tkazish va bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatishning sanitariya qoidalari va me`yorlari.
1. O`zbekiston Respublikasida OIV/OITS ni aniqlash bo`yicha tibbiy tekshiruvdan o`tkazish va bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatish 2005 yilda qabul qilingan 0187- sonli sanitariya qoidalari va me`yorlari asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- ixtiyoriy tekshiruv - to`liq tushunchaga ega bo`lgan odamlarning o`z ixtiyori (xohishi) bo`yicha;

Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin