Mavzu: Tuproq hosil bo’lish jarayonlari. Reja: I. Kirish. Umumiy tuproqshunoslik va tuproqlar. II. Asosiy qism


Tuproq hosil bo’lishining dastlabki bosqichlari



Yüklə 388,51 Kb.
səhifə3/5
tarix05.05.2023
ölçüsü388,51 Kb.
#107862
1   2   3   4   5
Mavzu Tuproq hosil bo’lish jarayonlari. Reja I. Kirish. Umumiy

2. Tuproq hosil bo’lishining dastlabki bosqichlari.
Tuproqning shakllanishi erning ma’lum rivojlanish davrida yani hayotning paydo bo`lishi bilan birga kela boshlagan. Yer ustini quyi o`simliklar, so`ngra yuqori o`simliklar va hayvonat olami qoplashi bilan tuproq hosil bo`lish jarayoni ham tezlashib, uning doirasi kengayib borgan.
Qadimiy tuproq hosil bo`lish jarayoni belgilari–izlari paleozoy va mezazoy davrida tog`ga aylangan cho`kindi jinslarda saqlanib qolgan. Qadimgi tuproqlar kaynazoy kontenintal cho`kmalarida, ayniqsa to`rtlamchi davrda yaxshi saqlangan “Qazilma tuproqlar” poleogeograflar to`rtlamchi davr qatlamlarini o`z holatiga keltirish bilan shug`ullanadilar,bu tabiiy fanlarning asosiy sohalaridan biri hisoblanib poleotuproqshunoslik nomi bilan yuritiladi. Hozirgi vaqtda er yuzasi quruqlik qismining katta qismi xilma xil tuproqlar bilan qoplangan. Vaqtlar o`tishi bilan tuproq hosil bo`lish jarayoni pastki qatlamlarga kirib borgan. Avtotrof organizmlarning nobud bo`lishidan gidrotrof organizmlar rivojlanib borgan. Qatlamlar yumshagan sayin unga mikroorganizmlar, o`simliklarning ildiz qoldiqlari, tuproq hayvonlari yanada chuqur kirib ikkilamchi minerallarning hosil bo`lishiga sharoit yaratgan. Bu hol er ustida yanada ko`proq o`simlik va hayvonot dunyosi rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaratgan.
Yer qatlami yumshagan sari havoning kirishi natijasida tuproq hayvonlarining yanada ko`payishiga olib kelgan. Tuproqning barcha qattiq, suyuq va gazsimon fazalari o`rtasida yangi bog`lanishlar sodir bo`lib, nixoyatda murakkab va harakatchan tizim vujudga kelgan.Bunda sutkalik, yillik, ko`p yillik va asrlar davomida gidrotermik sharoit o`zgarishi katta rol o`ynagan. Namli va issiq sharoitlarda barcha jarayonlar, organik moddalarning parchalanishi tezlashgan. Natijada dag`al gumus, namli muhitda torf vujudga kelgan. Gidrotermik jarayonlarning o`zgarishiga muvofiq tirik organizmlarning faolligi oshib borgan, o`sishva nobud bo`lish tezlashgan. Bunday jarayonlar er usti florasi va faunasida tez tez almashinib, o`zgarib borgan. Pirovard natijada tuproq hosil bo`lish intensivligi oshib kelgan, antropogen tasirlar natijasida yanada tezlashgan.
Yer quyosh atrofidagi fazoda gaz-chang holatda bo`lgan kimyoviy elementlarning gravitasion kondensasiyalanishi (bir-biriga qo`shilishi) yo`li bilan 4,5 mlrd yilmuqaddam paydo bo`lgan. Er tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga erning ichki qismi asta-sekin qizib, Er moddasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Er konsentrik joylashgan turli qatlamlar – kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jixatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalar hosil qilgan. “Qattiq” Erning fizik tavsifistikasi va kimyoviy tarkibi. Er ichiga chuqur kirgan sari zichlik, bosim, og`irlik kuchi, moddaning elastiklik xossalari, qayishqoqlik va harorat o`zgarib boradi. Er po`stining o`rtacha zichligi 2,8 t/m3 , cho`kindi qatlamniki 2,4-2,5t/m3 , “granit qatlamniki ”natijasida 2,7 t/m3 , “bazalt ” qatlamniki 2,9 t/m3 , er po`sti bilan mantiya chegarasiga etganda zichlik 2,9-3,0 t/m3 dan to 3,1-3,5 t/m3 ga etadi. Shundan so`ng zichlik asta –sekin orta boradi; yadroda zichlik birdaniga ortib, 10,0 t/m3 ga etadi, keyin yana asta-sekin orta borib, Er markazida 12,5 t/m3 ga boradi.
2-jadval.
Yerning kimyoviy tarkibi.


Yüklə 388,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin