Mavzu: Tuproq unumdorligi va uning turlari Reja: Tuproqning unumdorlik xususiyati Tuproq unumdorligining turlari


Tuproq unumdorligi bir necha turlarga bо‘linadi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə2/3
tarix26.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#102935
1   2   3
Tuproq unumdorligi va uning turlari

Tuproq unumdorligi bir necha turlarga bо‘linadi:
  • tabiiy;
  • sun’iy;
  • potensial;
  • effektiv;
  • solishtirma;
  • iqtisodiy;
  • qayta tiklash kabilardir.

 Tabiiy unumdorlik tuproq hosil bо‘lishida shakllangan, inson aralashmasdan yuzaga keladigan unumdorlikdir.
Sun’iy unumdorlik insonning tuproqqa bevosita ta’sir etib, haydash, о‘g‘itlash, ishlov berish, meliorativ tadbirlar olib borish orqali erishilgan unumdorlikdir.
Effektiv unumdorlik - bu ma’lum iqlim sharoitida ekilgan yoki tabiiy о‘simliklar tufayli shakllangan unumdorlikdir.
Solishtirma unumdorlik – ma’lum ekin turi yetishtirilganda yuqori yoki kam hosil olinishiga qarab aniqlanadi.
Iqtisodiy unumdorlik tuproq xossalari, tarkibi va sharoitlarini hisoblash natijasida kelib chiqadi.
Potensial, ya’ni umumiy unumdorlik – tabiiy sharoit va inson ta’sirida tarixiy shakllangan unumdorlikdir. Agrotexnik va meliorativ tadbirlarni birga qо‘shib, effektiv darajadagi tuproq unumdorligini potensial holatgacha olib chiqish, qayta tiklash hisoblanadi.
Tuproqlarni madaniylashtirish. Tuproq unumdorligini doim yaxshi va yuqori holatda saqlab turish maqsadida, insonlar tomonidan tuproq tabiiy xossalarining о‘zgartirish jarayonlariga tuproqni madaniylashtirish deyiladi.
Tuproqlarning madaniylashtirishga qaratilgan kompleks tadbirlar sistemasi, ekilardan barqaror va muttasil hosil olishni ta’minlovchi tuproq xossalarini yaxshilash imkonini beradi.
Tuproqlarning madaniylashtirishning 3 ta usuli mavjud, bular:
  • biologik,
  • Kimyoviy,
  • Fizikaviy.

Biologik usul - tuproqqa chirindi va azotnig kо‘proq tushishiga imkon beradigan tadbirlarni о‘z ichiga oladi. Shu maqsadda kо‘p yillik о‘tlar (beda va turli dukkaklilar) ekiladi va maxalliy – organik о‘hitlardan foydalaniladi.
Kimyoviy usul - yerga mineral о‘g‘itlar solish yо‘li bilan tuproqqa о‘simliklar uchun zarur va tez о‘tadigan oziq elemetlarning miqdorini kо‘paytirish hamda tuproqning kimyoviy xossalariga qaratilgan.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin