Mavzu: tuproqning suv,havo,issiqlik va ozuqa rejimlarini yaxshilash ilmiy maqolalar sharhi



Yüklə 38,01 Kb.
səhifə7/9
tarix14.12.2023
ölçüsü38,01 Kb.
#180040
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MAHLIYO

Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O‘simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog‘liq. O‘simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Oziqlanish har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o‘simliklarning ham o‘sish va rivojlanish asosidir. Tuproqdagi oziq moddalarni o‘zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o‘sayotgan sharoitga bog‘liq. O‘simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o‘g‘itlarga emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliyatiga, organik moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo‘llanishiga ham bog‘liqdir. O‘simliklarning oziqlanishi 3 xilga bo‘linadi: avtotrof, mikrotrof va bakteriotrof usullar. Avtotrof oziqlanishda o‘simliklar tuproqdan suvda yerib oksidlangan mineral tuzlarni o‘zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o‘simliklar uchun asosiy hisoblanadi. Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo‘ladi. O‘simliklarning bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziqlanish deyiladi. Azot tuproqdagi eng harakatchan va o‘simliklarning muhim oziq elementlaridan biri hisoblanadi. O‘simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan bo‘lgan nitratlar, (NO2, NO3 )dan va ammoniy tuzlari (NH4)dan o‘zlashtiradi. Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish proqessi ammonifikaqiya deb ataladi. Ammiakning oksidlanib, nitrat va nitrat kislotalarga aylanish proqessinitrofikaqiya deyiladi. Tuproqning oziq rejimiga va tabiiy xossalariga go‘ng bilan bir qatorda oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko‘kat o‘g‘it sifatida dukkakli don ekinlari ekish ayniqsa yaxshi ta’sir etadi. Tuproqning oziq rejimi va unumdorligi unda sodir bo‘ladigan mikrobiologik jarayonlarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni ayrim mikroorganizmlarning hayot faoliyati ta’sirida tuproqda o‘simliklar uchun zarur bo‘lagan oziq moddalar to‘planadi.

  • Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O‘simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog‘liq. O‘simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Oziqlanish har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o‘simliklarning ham o‘sish va rivojlanish asosidir. Tuproqdagi oziq moddalarni o‘zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o‘sayotgan sharoitga bog‘liq. O‘simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o‘g‘itlarga emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliyatiga, organik moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo‘llanishiga ham bog‘liqdir. O‘simliklarning oziqlanishi 3 xilga bo‘linadi: avtotrof, mikrotrof va bakteriotrof usullar. Avtotrof oziqlanishda o‘simliklar tuproqdan suvda yerib oksidlangan mineral tuzlarni o‘zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o‘simliklar uchun asosiy hisoblanadi. Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo‘ladi. O‘simliklarning bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziqlanish deyiladi. Azot tuproqdagi eng harakatchan va o‘simliklarning muhim oziq elementlaridan biri hisoblanadi. O‘simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan bo‘lgan nitratlar, (NO2, NO3 )dan va ammoniy tuzlari (NH4)dan o‘zlashtiradi. Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish proqessi ammonifikaqiya deb ataladi. Ammiakning oksidlanib, nitrat va nitrat kislotalarga aylanish proqessinitrofikaqiya deyiladi. Tuproqning oziq rejimiga va tabiiy xossalariga go‘ng bilan bir qatorda oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko‘kat o‘g‘it sifatida dukkakli don ekinlari ekish ayniqsa yaxshi ta’sir etadi. Tuproqning oziq rejimi va unumdorligi unda sodir bo‘ladigan mikrobiologik jarayonlarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni ayrim mikroorganizmlarning hayot faoliyati ta’sirida tuproqda o‘simliklar uchun zarur bo‘lagan oziq moddalar to‘planadi.

Yüklə 38,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin