Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari. Turizm xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish sohasidagi xalqaro tajriba Jahon turistik tashkiloti (БTT) tomonidan tadqiq qilinadi va umumlashtirib boriladi. Turizm Xartiyasida va Turist kodeksida (БTT Bosh assambleyasining VI sessiyasi, 1985 yil), Turizm bo‘yicha Gaaga parlament konferensiyasida (1989 yil) sayohatlarning xavfsizligini ta’minlash shartligi qayd etib o‘tilgan. 1994 yili БTT Ijroiya Shu yili БTT «Sayohatchilar, turistlar va turistik ob’ektlar xavfsizligi hamda ularni himoya qilish» mavzusida jahonning 73 mamlakatida tadqiqot o‘tkazdi. 1995 yili yozda JTT tashabbusi bilan Esterund (SHvetsiya)da turizm xavfsizligi hamda sayohatlar chog‘ida xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha I xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, jahon mamlakatlarining 71% da turistlar tashrif buyuradigan ob’ektlar maxsus turistik politsiya yoki xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘riqlanadi. Mamlakatlarning yarmidan ko‘pida bunday xizmat davlat politsiyasi yoki munitsipal politsiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, yuqorida zikr etilgan tashkilotlar va organlar o‘rtasida yaxshi aloqa yo‘lga qo‘yilgan bo‘lmasa, turistlar sayohat paytida ma’lum muammolarga, shu jumladan jinoiy unsurlar tomonidan turistlar hayoti yoki mol-mulkiga tajovuz qilish, ayrim tashkilotlar (umumiy ovqatlanish tarmoqlari, joylashtirish vositalari va h.k.) tomonidan malakasiz xizmatlar ko‘rsatilishi bilan bog‘liq muammolarga to‘qnash keladilar.
XULOSA: Ekskursiya xizmati jarayonida ekskursantlarning atrofdagi ob’ektlarga nazar tashlab, uni idrok etishi hamda gidning hikoyasi o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlash muhimdir. Ekskursiya hikoyasi nima? Bu ekskursiya xizmatining og‘zaki qismi bo‘lib, gid tomonidan guruhga ob’ektlar haqida ma’lumotlar, tushunchalar berish jarayonidir. Bu obidalar, tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar to‘g‘risidagi obrazli ma’lumotlardir.
Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni hikoya qilishning rolini baholashda ekskursiyashunos olimlar hamfikr bo‘lishgan. Ularning fikricha, ob’ektlarni hikoya qilish ko‘riladigan ob’ektlarga qo‘shimcha hisoblanib, u bo‘shliqlarga ega bo‘lmasligi, ma’ruzaga aylanib qolmasligi kerak. Gidning hikoyasi ikki xil vazifani bajaradi:
izohlaydi, tushuntiradi, ko‘rgan jarayonlarni to‘ldiradi;
ayni damda ekskursant ko‘rolmaydigan narsani qayta tiklaydi.
Ekskursiya xizmatida ekskursantlar savollariga javob berish, gid replikasi, ekskursiya boshlanishidagi kirish so‘zi va yakunidagi xulosa qismi, «gid portfeli» dagi ko‘rgazmali vositalarni namoyish etish ham hikoya qilishga kiradi. Ekskursiya xizmatida ob’ektni hikoya qilish– individual nutq (monologik) namunasi bo‘lib, omma oldida qabul qilingan nutq me’yorlariga rioya qilingan holdagi gidning ovozli shaxsiy matnidir. Ekskursiya xizmati ob’ektlarini hikoya 122 qilish jarayoni og‘zaki axborotdan - ko‘rgazmali, ko‘rgazmali taassurotlardan - so‘zli baholash va xulosalarga qarab kengayib boradi. N.A.Geynikening ta’kidlashicha, mavzuni o‘rganishda hikoyaning me’yoridan oshishi, ekskursiya xizmatida og‘zaki materiallarning ko‘payishi uning asosiy ahamiyatliligini yo‘qotadi. Gidlarda tez-tez uchrab turadigan kamchilik ular tomonidan ekskursiya ob’ektlari unchalik ko‘p ko‘rsatilmaydi aksincha, hikoya qilinadi. Bu esa ekskursantlarning o‘z ustida mustaqil ishlash qobiliyatini susaytiradi, ya’ni ekskursiya jarayonini illyustratsiyaga boy ma’ruzaga aylantiradi.