Mavzu: Turistlarni оvqatlantirish va maishiy хizmat ko’rsatishni tashkil qilish Bajaruvchi



Yüklə 106,43 Kb.
səhifə6/11
tarix21.06.2023
ölçüsü106,43 Kb.
#133651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Abdusharipov Dilruh,

Turistik avtofurgonlar uzunligi odatda 6 metr, eni esa 2,20 metrdan oshmaydi. Uning og’irligi 500 dan 1000 kg. gacha keladi. To’g’ri, juda katta va og’irlikka ega bo’lgan boshqa namunalari ham mavjud. Shinamligi jihatidan bu turar joylar zamonaviy dala hovli-dachalaridan qolishmaydi. Ularda uxlash xonasi, oshxona, gaz plitasi, sovutgich hojatxona va dush bor. Joylashtirish vositalarining dachalardan afzalligi shundaki, ularda sayohat qilish mumkin. Ular erkin harakatlanishga imkon beradi. Turistlarni jadvalga qarab jamoat transporti kelishini kutishlariga hojat qoldirmaydi. Infrastruktura yaxshi rivojlangan mamlakatlarga ham bemalol boradi. Turistlar liq to’la va qimmat otellardan joy qidirmaydi, shuningdek yirik xalqaro tadbirlar o’tkazilayotganda (butun jahon ko’rgazmasi, Olimpiya uyinlari kabilarda) turarjoy muammosini hal etadi.
Joylashish vositalarining keyingi boshqa kollektiv guruhlarini turistik yotoqxonalar, yoshlar mehmonxonalari, maktab va talabalar yotoqxonalari, qariyalar dam olish uylari va shularga o’xshash ijtimoiy ahamiyatga ega binolar tashkil qiladi.
Turistlarni joylashtirishning individual vositalari. Individual joylashish uchun imkoniyatlar juda keng. Sayyoh o’zining shahardan tashqaridagi shaxsiy uyida tuxtashi mumkin. Agentlik yoki xususiy shaxsdan ijaraga to’liq jihozlangan (uy, xona, kottej) turarjoy olishi yoki tanish bilish va qarindoshlarnikiga bepul joylashishi mumkin.
Ijaraga beriladigan xona va binolar boshqa mehmonxonavozlik ob‘ektlariga o’xshashlik klassifikatsiyasiga kiradi. Fransiyada mebelli kvartiralarga qo’yiladigan talablar to’liq ruyxati ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Ularning maydoni hajmi, shifti balandligi, krovatlar enliligi (besh yulduzli kategoriya)ga qarab bir yulduzdan besh yulduzgacha ma‘lum kategoriya beriladi. Bunda shuningdek gaz plitada konforkalar soni, muzlatgich (xolodilnik) sig’imi, hisob tizimi, telefon borligi, balkon hajmi, lift xizmati, avtomobilni saqlash maydonchasi mavjudligi ham hisobga olinadi. Hordiq olishdan tashqari mijoz xohishiga qarab, ayrim qo’shimcha xizmatlar – xonani yig’ishtirish choyshab almashtirish, ovqatlantirish xizmatlari ko’rsatiladi.

Yüklə 106,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin