Mavzu: Turistlarni оvqatlantirish va maishiy хizmat ko’rsatishni tashkil qilish Bajaruvchi


Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish



Yüklə 106,43 Kb.
səhifə7/11
tarix21.06.2023
ölçüsü106,43 Kb.
#133651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Abdusharipov Dilruh,

1.3 Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish.
Turistning ovqatga bo’lgan ehtiyojini umumiy ovqatlanish korxonalari qondiradi. Ular xilma-xil shakllari bilan farq qiladi. Turistik ovqatlanish industriyasiga restoranlar, kafelar, barlar, oshxonalar, tamaddixonalar va boshqalar kiradi. Turistlarning bular singari joylashtirish vositalari bilan birgalikdagi ovqatlanish korxonalari xizmat sifati va madaniyati, oshxonasi va taklif etadigan taomlari, o’rinlar soni, ish rejimi, mijozlarga xizmat ko’rsatish shakllari bilan klassifikatsiyalanadi.
Turizmda ovqatlantirish korxonalar klassifikatsiyasi va ularga qo’yiladigan talablar. Turistik xizmat ko’rsatish texnologiyasida asosiy xizmatlardan biri bu ovqatlantirish hisoblanadi. Ovqatlantirish turizm industriyasi o’z ichiga quyidagi ovqatlantirish korxonalari turlarini oladi:
1. Restoranlar.
2. Kafe.
3. Barlar (gril barlari, pivo barlari, foto barlari, kokteyl barlari va boshqalar).
4. Oshxonalar.
5. Oshxona – fabrikalar.
6. Tayyorlov fabrikalari.
7. Bufetlar.
8. Oziq-ovqat va qandolat magazinlari.
Bunday korxonalar turistik firmalarning o’zida bo’lishi yoki ijaraga olinishi mumkin. Ularning ko’pchiligi mehmonxonalar tarkibiga kirgan bo’ladi, kamdan kam hollarda mustaqil faoliyat yuritadilar.
Korxonalar xizmat ko’rsatish shakliga ko’ra ofitsiantlar xizmat ko’rsatadigan va o’z-o’ziga xizmat ko’rsatadigan ko’rinishga ega bo’ladi.
 Turistlar ovqatlanishi rejimi bo’yicha to’liq pansion va yarim pansionga;
 maxsus ovqatlantirishga;
 bolalarni ovqatlantirish va boshqalarga bo’linadi.

Qator mehmonxonalar nomerlarida oshxonalar, mini barlar mavjud. Ovqatlantirish xizmati ham nomerda, ham ovqatlantirish korxonalarida ko’rsatilishi mumkin. Turistlarni ovqatlantirish turlari bo’yicha bu xizmat:


 kompleks ovqatlantirishga;
 tanlash asosida ovqatlantirishga, avvaldan buyurtma orqali ovqatlantirish, shu jumladan, bayramlar, qabullar, yubileylar, banketlarga xizmat ko’rsatish kabilarga bo’linadi.

Bundan tashqari, ovqatlantirish korxonalari milliy, yevropa, koreys, xitoy, gruzin va boshqa oshxonalarga bo’linishi mumkin. Korxonalar yana joylar soni, ish tartibiga qarab ham ajratiladi.


Texnik jihozlanishi, ko’rsatiladigan xizmatlar sifati va hajmi, joyning arxitektura-badiiy jihatdan bezatilishi, narxlar, joylashgan joyi, avtomatlashtirilganlik darajasi va korxonaning boshqa ko’rsatkichlariga ko’ra ovqatlantirish turizmi industriyasi korxonalari kategoriyalariga ajratiladi. Kategoriya - ovqatlantirish korxonasining xizmat ko’rsatish darajasini belgilovchi farqli belgi hisoblanadi. Kategoriya * (yulduz) belgisi bilan belgilanadi. Yuqori kategoriya - 5 yulduzli past kategoriyaligi esa bir yulduzli hisoblanadi.
O’rnatilgan talablar javob bermagan sertifikatsiyadan o’tmagan korxonalar eski kategoriyada qoladilar. Kategoriya berish O’zbekiston Respublikasining sertifikatsiyalash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Agar biz ovqatlanish sektorida uning ishi turistik madaniy xordiq olishni tashkil etilishiga qaratilganini e‘tibordan qochirsak, tasavvurimiz uncha to’liq bo’lmaydi. Ovqatlanish korxonasi mijozlarni normal hayoti uchun nafaqat zarur kaloriyali taomlar bilan ta‘minlaydi, balki ko’ngil ochish va yorqin unitilmas taassurotlar olish imkonini ham beradi.
Ko’pchilik sayyohatchilar turli mamlakatlar milliy taomlari bilan tanishish maqsadida maxsus gostronomik va ichimlik safarlariga otlanadilar. Bunday safarlar chog’ida ular mahalliy urf-odatlar bilan tanishishadi. Ko’p hollarda folklor bayramlari ishtirokchisiga aylanadilar. Germaniya va Chexiyada bo’lganda, masalan, pivo muassasalariga kirilmasdan qolmaydi. Ispaniyada bo’lishni esa «passov a tapeo» siz, ya‘ni barlar bo’ylab sayr vino va pivoga qo’shib beriladigan gazaklarni tatib ko’rishni tasavvur qilib bo’lmaydi. Turistlarda etnografik restoranlar va kafelar katta qiziqish uyg’otadi. Ulardagi milliy ichki joziba, orastalik, ofitsiantlar kiyimi, orkestr repertuari, taklif qilinadigan taomlar va ichimliklar hech kimni korxonalari befarq qoldirmaydi. Milliylikdan tashqari, ovqatlanish korxonalari boshqa har xil ko’rinishda bo’lishi ham mumkin: bank o’ziga xos xizmatlaridan tortib, shamol tegirmonlarigacha. Tanlash markaziy mavzusi zallarni jihozlanishi, mijozlarga xizmat ko’rsatish marketing tadqiqotlari va san‘at uyg’unligini qamrab oladi. Bozor vaziyatini bilish va raqobat sharoiti mavzu istiqbollarini begilash imkonini beradi. Bunda restoranlarning tajribali menejerlari ko’pincha o’z funksiyalariga tayanadilar.
Mavzular tanlash hamisha ma‘lum qaltisliklar bilan kechadi. Muvaffaqiyatsizlikka uchralganda uni almashtirishga to’g’ri keladi. Bunday vaziyatlarda odatda restoranlar lavhasini yoki taomnomasinigina yangilash bilan cheklanishmaydi. Ular binoni to’liq rekonstruksiya qiladilar. Yangi xodimlar yollaydilar, taomnoma tuzadilar va oshxona jihozlari buyuradilar. Tanlangan mavzuga doir tegishli ko’ngil ochar dasturlar o’ylab topadilar. Odatda bunday qayta qurish ishlari qimmatga tushadi. Shuning uchun ungacha moliyaviy reja ishlab chiqiladi va qarorlar qabul qilinadi.



Yüklə 106,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin