Turizmda joylashtirish vositalari, ovqatlantirish korxonalari va transport xizmatlarining ahamiyati
2.2 Ovqat va ichimlik tannarxini hisoblash usullari Ovqatlanish har qanday insonning tabiiy ehtiyojidir. Ovqatlanish,
turizmda odatdagi oddiy va zaruriy ehtiyojdan tashqari yana ko‘ngil ochish
va mahaliiy madaniyatning, xususan, gastronomiyaning muhim tarkibiy
qismini anglash sifatida ham qaraladi. Milliy taom - xalq madaniyatining
muhim qismi bo‘lib, o‘zida aniq ajralib turuvchi xususiyatlarni mujassamlantiradi va huzur- halovatolishning vositasi hisoblanadi. Umumiy ovqatlanish tizimi turistik markaz yoki hududga tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini qondiruvchi turli toifadagi restoranlar, arlar, kafe hamda oshxonalar, tez ovqatlanish va o‘ziga o‘zi xizmat qilish joylaridan tashkil topadi. Ovqatlanishning turlari (ertalabki nonushta, yarim pansion, pansion) doimo turistik xizmatlar ko‘rsatish tarkibida belgilangan boladi. Yarim pansionda (ikki marta ovqatlanish) ertalabki nonushta va tushlik yoki kechki ovqat nazarda tutilg an bo‘ladi. Pansion bu uch marta
lik ovqatlanishdir. Qimmatbaho xizmat ko‘rsatish variantlarida butun kun
davomida va hattoki tunda istalgan vaqtda va istalgan miqdorda ovqatlanish hamda ichimliklar (spirtli ichimliklarni ham qo‘shib hisoblaganda) ichish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. Shuningdek, taklif etilayotgan ovqat xillarining miqdori tashrif buyurilayotgan mamlakat yoki mintaqaning an ’analariga bog‘liq Bo’ladi va
ko‘pincha kaloriyaliligi hamda xizmat ko‘rsatishning turlari belgilangan
boMadi. Masalan, (yevropacha, kontinental, inglizcha, Amerikacha va h.k.).
Mehmonlarga xizmat ko‘rsatishning turi ham muhimdir (masalan, shvedcha dasturxon). muman olganda, turist ertalab yengil ovqat tanowul qilishi, ya’ni yengil nonushta qiiishi qabul qilingan. Shuning uchun, odatda, ehmonxonalarning ko‘p qismi ovqatlanish joylariga yoki restoranlarga ega bo’lib,mehmondo‘stlikning zaruriy tarkibiy qismi hisoblangan xizmat ko‘rsatishlarni taklif qiladi, bu esa ko‘p hollarda joylashtirishning qiymatiga kiritilgan bo’ladi. Mehmonxona qoshidagi restoranda ovqatlantirish joylari
mavjudligining ko‘rsatkichi juda muhim. Agar bu ko‘rsatkich (miqdor)
mavjud nomerlar fondi miqdoriga mos bo’lsa (to‘g‘ri kelsa) yana ham
yaxshi. Nonushta masalasida eng yaxshisi shuki, turist mehmonxonadan
tashqariga chiqmasligi kerak, garchi ovqatlanish joylari nazarda
tutilmagan, turistlarga esa yaqinroqda joylashgan restoranda ovqatlanishi
mumkinligi tavsiya qiiingan joylashtirish vositalari ham mavjud bo‘lsa- da.
Bunday holda joylashtirish xizmatining qiymati keskin pasayib ketadi.
Taom har bir insonning shunchaki oddiy ehtiyoji bo‘lib qolmay, balki
turistlar tomonidan ko‘ngil ochish va rohatlanish ham, deb qaraladi. Turli
xalqlaming va hattoki joylarning taomi o‘ziga xoslikka, ko‘p hollarda o ‘ziga
jalb etuvchi xususiyatiga ega. Bundan tashqari, ardoqli mehmonni
yaxshilab ziyofat qilish — barcha xalqlarga xos bo‘lgan yoqimli an’anadir.
Ko‘pchiIik turistlar uchun milliy taomlar turdasturining juda qiziqarli
elementi hisoblanadi. Ovqat shinavandalari uchun maxsus turlar ham
mavjud bo‘lib, buning asosini muntazam ravishda turli xildagi milliy
taomlar, restoranlaiga borish, gastronomiya prinsiplarini o‘rganish va
alohida maxsus taomlar tayyorlash, mahsulotlarni degustatsiya qilish, vino,
pivo hamda kolbasa zavodlarini borib ko‘rish va boshqalar tashkil etadi.
Tig‘iz ekskursion dasturlarning ayrim hollarida kunduzgi ovqat turistlarga
quruq payok holida beriladi. issiq mamlakatlarda turistlarga katta
miqdordagi ichimlik suvi berish nazarda tutiladi. Ovqatlantirishni tashkil etish tibbiy sohani ham hisobga oigan bo‘lishi kerak. Noto‘g‘ri ovqatlanish, yomon (qoidalarga rioya qilmagan holda) tayyorlangan ovqat zaharlanishga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, ko'chadagi mayda sotuvchilar qo‘lidagi suv va ovqat, shuningdek, sifatsiz restoranlardagi taomlar xavflidir. Ayrim toifadagi turistlar ruhida diniy belgilar bo‘yicha umum qabul qilingan cheklanishlar (cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilmaslik, ro‘za tutish), bolalar ovqati talablarini ham hisobga
olish kerak. Ovqatlanishga bo‘lgan bunday talablaming o‘ziga xosligini
turistlar tur sotib olayotganlarida ko‘rsatishlari kerak. Mehmonxona restorani ish faoliyati boshqa oddiy restoranlar ish faoliyatidan biroz farq qiladi. Restoran ish vaqti shunday tashkil etilishi kerakki, ushbu vaqt mehmonxonada joylashgan ko‘pgina mehmonlar ehtiyojini qondirsin, hatto bu restoranga bazi hollarda foyda keltirmasa ham. Mehmonxona mehmonlarining 70% tushlik, 50%ga yaqini kechki
ovqatni mehmonxona restoraniga qilmaydilar. Restoran daromadining uchdan ikki qismini chetdan kirgan xo‘randalar olib keladi.Bundan shuni xulosa qilish kerakki, mehmonxona restorani tashqaridan alohida kiradigan eshikka va avtomobillar to‘xtash joyiga ega bo‘lishi kerak. XX asrning 50 yillarigacha mehmonxona restoraniga ikkinchi darajali foyda keltiruvchi manba deb qaralar edi. Bazida u mehmonxona egasiga ortiqcha yukdek tuyulardi. Restorandan ko‘rilgan zararni nomer fondidan keladigan foyda Bilan qoplash mumkin deb hisoblanardi. Boshqa tarafdan mehmonxona mijozi restorandagi ovqatni sifati past deb hisoblab
tashqarida ovqatlanar edi.
Lekin mehmonxonalardagi joylashish darajasi pasayib borgan sari
mehmonxona restoranlarining foyda keltiruvchi manba sifatida roli oshibbordi va hatto nomer fondidan oladigan foyda Bilan tenglashdi. Shuning
uchun mehmonxonadagi ushbu xizmat- mehmonxona restoraniga bo‘lgan
e’tibor tobora oshib, bitta mehmonxonaning o‘zida maxsus restoranlar
soni- milliy oshxonalar, barlar, kofeteriyalar ko‘payib bormoqda.Hozirda
mehmonxona klassi qanchalik yuqori bo‘lsa, u yerdagi restoranlar
shunchalik ahamiyatlidir.