Mavzu: Turizmda joylashtirish vositalari, ovqatlantirish korxonalari va transport xizmatlarining ahamiyati Bajaruvchi



Yüklə 156,06 Kb.
səhifə14/15
tarix29.04.2023
ölçüsü156,06 Kb.
#104613
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Turizmda joylashtirish vositalari, ovqatlantirish korxonalari va transport xizmatlarining ahamiyati

Xorijiy daryo kruizlari yirik daryolar va ko‘p sonli ko‘llar mavjud bo‘lgan,
shuningdek kanallar sistemasi rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. G‘arbiy
Yevropa davlatlarida Dnepr, Luar, Reyn, Rona, Sena, Elba daryolari bo‘ylab kruizlar ayniqsa mashhur. Bundan tashqari, g‘arb mamlakatlarida daryo bo‘ylab sayr qilish uchun motorli qayiqlar ham ijaraga beriladi. Ularni yo‘lovchi litsenziyasiz ham boshqarishi mumkin, chunki bu qayiqlarni boshqarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish tadbiri atigi 45 minut vaqtni egallaydi. Odatda kemachalar (qayiqlar) tezligi soatiga 15 km dan oshmaydi. Bu tabiat yoki shahar manzarasi bilan yaxshi tanishish imkonini beradi. Afrikada Nil daryosi bo‘ylab, Janubiy Amerikada — Amazonka bo‘ylab, Shimoliy Amerikada — kanallar sistemasi bilan o‘zaro bog‘langan Buyuk Ko‘llar bo‘ylab kruizlar mashhur.


Xulosa
Turistik firmaning tadbirkorlik reasi doimiy amal qiluvchi hujjat bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan obyektiv sharoitlardan kelib chiqib, unga tuzatishlar kiritilish mumkin. Rejalarni bajarish muddatlari yarim yil, bir yil, 3-5 yil va undan ko‘proqni tashkil qiladi. Yillik rejani oylar bo‘yicha va choraklar bo‘yicha rejalashtirish tavsiya qilinadi.
Turistik firmaning yuridik maqomi, faoliyatining xususiyati, xizmatlar, mehnat bozorining holati, davlat tomonidan yordam mavjudligi va uning hajmidan kelib chiqib, turistik firmani rejalashtirishning strategik kontseptsiyasi iqtisodiy, firmaga oid va ijtimoiy maqsadlarni o‘z ichiga olishi kerak. Rejalashtirilayotgan natijalarga erishish uchta asosiy omillar bilan belgilanadi: tanlangan strategiya, tashkiliy struktura va uning faoliyat ko‘rsatishining usullari.
Strategiya – maqsadlarga erishish vositasi, eng ko‘p foyda olish uchun resurslardan qanday foydalanish zarurligi kontseptsiyasidir. U operativ maqsadlar ishlab chiqarish operatsiyalarini joriy rejalashtirish, narxlarni shakllantirish, reklama loyihalarini, tadqiqot ishlarini amalga oshirishni ham nazarda tutadi. Strategiya moslashuvchanlik elementlarini ham o‘z ichiga olishi kerak, ya’ni mahsulot eskirsa, texnologiyalar o‘zgarsa, ijtimoiy va huquqiy cheklashlar yuzaga kelsa, firma bu o‘zgarishlarga tezkor va aniq aks-ta’sir ko‘rsatishi va mahsulotning nomenklaturasini takomillashtirish, mahsulot o‘tkazish bozorlarini o‘zgartirish, xizmatlarning sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rishi shart. Firma oldiga qo‘yilgan strategik maqsadlarga erishish bozor, ma’muriy va tezkor muammolarni hal qilishni talab etadi.
Bozorga oid muammolar – ishlab chiqarilish lozim bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni, shuningdek, bu turistik mahsulotni sotish mumkin bo‘lgan bozorlar va iste’molchilarni tanlashdir. Ma’muriy muammolarga quyidagilarni kiritishadi: firmani tashkil qilish, rahbarlar o‘rtasida vakolatlar va javobgarliklarni taqsimlash, ishlarning hajmi va ketma-ketligini belgilash, axborot oqimlari va hisobotlarni belgilash. Tezkor muammolar – ishlab chiqarish operatsiyalarini rejalashtirish, narxlarni shakllantirish, reklama operatsiyalari, tadqiqot ishlaridir.
Strategiyanig moslashuvchanligi firmanig tashkiliy tuzilishiga katta talablar qo‘yadi. Unga ko‘ra firmaning tuzilishing o‘zgarayotgan holatga qarab moslashtirib borish kerak. Turistik firmalarning tashkiliy tuzilishi ishlab chiqarishning tezkor moslashuvini ta’minlashi kerak. Bunday o‘zagirshlar talabning pasayib ketishi yoki raqobatchilarning harakati tufayli, narxlarning tushib ketishi, firmanig bozordagi ulushi kamayib ketishi, yangi turdagi qandaydir mahsulotning misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat qozonishi kabilar sababli yuzaga kelishi mumkin.
Turizmdagi strategik kontseptsiyaning eng samarali tadbirlarida biri hujumkor taktika o‘tkazish va resurslarni tejash choralari bilan birga quyidagilarni amalga oshirish hisoblanadi: faol marketing, yangi bozorlarni o‘rganish va o‘zlashtirish, turistik mahsulotlarni takomillashtirishga xarajatlarni ko‘paytirish (ularni zamonaviylashtirish hisobiga), yangi istiqbolli turlar va sayohatlarni joriy qilish hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida firma rahbariyati almashtiriladi va mustahkamlanib boradi, kompleks tahlil va vaziyatni baholash amalga oshiriladi, zarurat tug‘ilsa strategik rejaga o‘zgartirishlar kiritiladi. Shu rejaga muvofiq yangi moliyaviy, marketing, texnik va investitsiya dasturlari ishlab chiqiladi.
Tuzatishlar kiritilgan strategik reja barja ijrochilar e’tiboriga yetkaziladi. Firma ichidagi rejalashtirish faqat uzoq muddatli va strategik darajalardagina amalga oshirilib qolmaydi. U shuningdek, tezkor (joriy) rejalarni batafsil ishlab chiqishni ham nazarda tutadi. Kalendar rejalar (yarim yillik, choraklik, oylik) masalalarning keng doirasini qamrab olishi kerak.
Turistik biznesdagi bozorga asoslangan o‘zaro munosabatlar turistik korxonalarning rahbarlaridan firmadagi iqtisodiy va moliyaviy vaziyatni kompleks baholashni, faoliyatning yakuniy ko‘rsatkichiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omillarni tahlil qilishni, modellashtirish asosida firmani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni talab qiladi.



Yüklə 156,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin