3.2 Turistlarga transportda xizmat ko‘rsatishning mazmuni Mehmonxona – bu butun kun davomida murakkab texnologik jarayon
sodir boʼluvchi bino (yoki binolar majmui) bo’lib, unda mijozlarga nomerlar
(yoki nomerlardagi joylar) berilishi, shuningdek mehmonxona mahsulidan
shinam, qulay va xavfsiz foydalanishga yoʼnaltirilgan qoʼshimcha xizmatlar
koʼrsatilishi kafolatlanadi. Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga (mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar bozorlaridagi narx- navoga qarab koʼp variantli mehmonxona servisini
taklif qiladi. Har yili ommaviy axborot vositalari koʼp sonli mijozlarga
mazkur xizmat turidagi faoliyatning yangi shakllari haqida ma’lumot beradi.
Umumfoydalanadigan temir yo'llarning foydalanish uzunligi, km.
Bundan 100 yil oldin joylashtirish korxonalarning faqat ikkita turi
mavjud boʼlgan:
- jamiyatning oliy tabaqasi vakillari uchun hashamatli mehmonxonalar;
- aholining qolgan qismi uchun karvonsaroylar.
Vaqtini yoʼlda oʼtkazishga majbur boʼlgan odamlarda tanlash
imkoniyati boʼlmagan. Bugungi kunda mehmonxona mahsulidan
foydalanuvchilarga joylashtirish korxonalarining rang- barang shakllari va
turlari, chunonchi, iqtisodiy klassga mansub boʼlgan hashamatli otellar va
mehmonxonalar, motellar, kempinglar va h.k. taklif qilinadi. Har bir odam
oʼz didi va puliga qarab oʼzi uchun ma’qul variantni tanlash imkoniyatiga
ega. Oʼzbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha joʼshqin
rivojlanmoqda. Bu mehmonxona xizmat koʼrsatishida band boʼlgan
tijoratchilarga katta imkoniyatlar yaratmoqda. Oʼzbekiston bilan chet elda
mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta- sekin yoʼqolib
bormoqda.Oʼzbekiston Respublikasining mehmonxona korxonalari
mijozlarga xizmat koʼrsatish saviyasini, nomerlarning shinamligi va
qulayligi darajasini, xizmat koʼrsatuvchi xodimlarning malakasini izchil
oshirib bormoqdalar. Mehmonxona xizmat koʼrsatish korxonalarining rang barangligi, shuningdek vaqti – vaqti bilan mehmonxona xizmati yangi- yangi
turlarining paydo boʼlishi joylashtirish korxonalari tasnifi va tipologiyasini
ancha shartli qilib qoʼyadi. Zamonaviy korxonalar vazifasiga, sigʼimiga, qavatlariga, konstruktsiyasining tipiga, shinamlik darajasiga, foydalanish rejimiga
(yillik, mavsumiy), joylashgan yeriga (shahar, kurort va h.k.), ular nima
maqsadga moʼljallanganligiga, oziq- ovqat bilan ta’minlanganligiga, narxnavo darajasiga qarab farqlanadi. Mehmonxonalarni tavsiflovchi asosiy belgilar: ularning sigʼimi, necha qavatdan iboratligi, vazifasi va shinamlik darajasi.
Ma’lum joy hududida joylashishiga qarab mehmonxonalar:
- shaharda (shahar markazida, shahar chekkasida) joylashganmehmonxonalarga;
- qishloqda (shu jumladan baland togʼ hududidagi qishloqda)joylashgan mehmonxonalarga boʼlinadi.
Nomerlar fondining sigʼimi. Mehmonxona sigʼimi doimiy
uxlashjoylarining miqdori bilan belgilanadi. Mehmonxonalar sigʼimiga
qarab turli mamlakatlarda har xil tasniflanadi.
Masalan, Shveytsariya vaАvstriyada 100 tadan kam joyga ega mehmonxonalar kichik mehmonxona,100-200 ta joyga ega mehmonxonalar oʼrtacha mehmonxona, 200 tadanortiq joyga ega mehmonxonalar yirik mehmonxona;
Chexiyada 120 tadankam joyga ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 500 tagacha joygaega mehmonxonalar oʼrtacha mehmonxona, 500 tadan ortiq joyga ega mehmonxonalar katta mehmonxona;
АQShda 100 tadan kam nomerga egamehmonxonalar kichik mehmonxona, 500 tagacha nomerga egamehmonxonalar oʼrtacha mehmonxona, 500 tadan ortiq nomerga egamehmonxonalar yirik mehmonxona hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda mehmonxonalar sigʼimiga qarab rasman tasniflanmaydi, shu bois ularni quyidagi guruhlash taklif etiladi: 150tagacha joyga (100 tagacha nomerga) ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 150-400 ta joyga (300 tagacha nomerga) ega mehmonxonalar oʼrtacha mehmonxona, 400 tadan ortiq joyga (300 tadan
ortiq nomerga) ega mehmonxonalar katta mehmonxona hisoblanadi. Bugungi kunda Pekin va Istanbulni bog'laydigan, Transosiyo dovoning tarkibiy qismi bo’lgan, Tedjhen-Sarax-Mashhad temir yo'l liniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Xayraton-Mozori-Sharif temir yo'l liniyasi Afg'onistonning shimoliy viloyatlaridagi eng rivojlangan va zich joylashgan tumanlarini temir yo'l orqali yuk
tashishni ta'minlaydi. Temir yo'l Afg'onistonning shimoliy viloyatlari va O'zbekiston bilan mintaqadagi boshqa davlatlar o'rtasida minimal xarajat bilan yuklarni tashishni ta'minlashga imkon beradi. Ushbu temir yo'l uchastkasi Shibergan, Ankhoy, Meymene va Heratni bog'laydigan Transafg'on yo'lagi qismidir, Afg'oniston va O'zbekistonni Bander - Abbos va Chaxbehar (Eron), Karachi (Pokiston) portlariga temir yo'l yo'laklaridan va Janubiy-Sharqiy Osiyo Uzoq Sharqdagi ancha qisqa vaqt ichida Evropaga tarqaldi. Ushbu transport koridorida olib boriladigan tashish faoliyati, shuningdek, O'zbekistonga Tinch okeani mintaqasi, G'arbiy Turkiya va bir qator Evropa davlatlari bilan qo'shimcha ravishda tashqi savdo aloqalarini yo'lga qo'yish imkoniyatini beradi. 2017 yilda 21,1 mln. yo'lovchi tashildi. O'tgan yilga nisbatan o'sish 2,6 % ni tashkil etdi.
2018 yil 1 yanvar holatiga tashish va saqlash bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar
soni 12 mingga yaqinni tashkil etdi, shundan 11,8 mingtasi kichik tadbirkorlik
sub’ektlari hisoblanad
Аsosiy (nomerlar fondida koʼrsatiladigan) pullik xizmatlarga belgilangan narx-navo darajasiga qarab, mehmonxonalar:
- byudjet mehmonxonalariga (25-35 АQSh dollari);
- iqtisodiy mehmonxonalarga (35-55 АQSh dollari;
- oʼrtacha mehmonxonalarga (55-95 АQSh dollari);
- birinchi toifali mehmonxonalarga (95-195 АQSh dollari);
- apart-otellarga (65-125 АQSh dollari);
- lyuks- otellarga (125-525 АQSh dollari) boʼlinadi.
Mijozlarning yashash muddatiga qarab:
- uzoq muddat yashashga moʼljallangan;
- qisqa vaqt yashashga moʼljallangan mehmonxonalar farqlanadi.