Mavzu: Turizmda ovqatlantirish xizmati (Farg’onadagi McDonald’s restorani misolida) Reja: Kirish



Yüklə 105,71 Kb.
səhifə6/7
tarix02.12.2023
ölçüsü105,71 Kb.
#171445
1   2   3   4   5   6   7
Turizmda ovqatlantirish

Xulosa va takliflar
Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, barcha ovqatlantirish korxonalari zamirida “standart va yana bir karra standart” degan tamoyil yotadi. Ushbu tamoyil nafaqat ratsion tarkibiga, balki mahsulotlar qanday tortilganligi, idishlarga qanday joylashtirilganligi,konteyner shakliga va shu kabilarga bog’liq bo’ladi. Mijoz o’zining yonidagi xo’randaning ham idishlarini ko’rib turadi. Agar uning porsiyasi yonidagisining porsiyasidek chiroyli bo’lib ko’rinmasa, bu uning kayfiyatini buzishi va salbiy taasurot qoldirishi mumkin. Muhum shaxslar uchun ovqatlanish ratsioni ya’ni VIP-taomlar, qoida tariqasida, konteynerda emas, balki alohida bosh oshpazlar rahbarligida tayyorlanadi. Alohida hollarda yuqori martabali shaxs uchun taomini uning shaxsiy oshpazi tayyorlaydi, korxona xodimlari esa unga yordam beradi. Mazkur amaliyot taomlari o’ziga xosligi bilan ajralib turadigan Xitoy, Yaponiya, arab mamlakatlarining hukumat delegatsiyalariga xizmat ko’rsatish paytida qo’llaniladi. Uzoq magistral reyslarda tashkil etilgan ovqatlanishdan tashqari, bufetlar ham o’rnatilgan bo’lib, ularda buterburodlar, gazaklar, qandolat mahsulotlari, mevalar, yong’oqlarva shu kabilar sotib olish mumkin. Sayyohlikda restoran xo‘jaligi muammolari eng kam o‘rganilgan yo‘nalish bo‘lib, bu sohaning qaysi turlariga e’tibor berish, sayohat qiluvcqilarning xoxish-irodasini bilish, ularni eng foydali va qulay oshxonalarga chorlash, ularning xavfsizligini ta’minlash, ularning talabini qondirish va yana boshqa ko‘plab turlarini bilish servis xizmati funksiyasiga kiradi. O‘zbekistonda restoran xo‘jaligini o‘rganish, undan jahon bozorlari uchun yo‘l topish juda muhimdir. Tarixiy shaharlarimiz - Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va boshqa ko‘plab tarixiy obidalarimiz xalqaro sayyohlarni bu yerlarga jalb etadi va shu orqali ularni ovqatlantirish va servis xizmatini rivojlantirish keng imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.
Umumiy ovqatlanishni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi ovqatlanish oʻrinlari sonini koʻpaytirish, yuqori sifatli tayyor mahsulotlar va muzlatilgan taomlarni, Umumiy ovqatlanishni xom ashyo mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshi yoʻlga qoʻyish, taomlar sifati va xizmat koʻrsatish madaniyatini yaxshilash, pazandalik industriyasini rivojlantirish, qoʻl mehnatini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish iborat.
Prezidentimiz tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida 2022–2026-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish xizmat ko‘rsatish sohasi, jumladan, umumiy ovqatlanish sohasini, uning faoliyati, turizm sohasidagi o‘rni va ahamiyati bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, soha taraqqiyotining konseptual yo‘nalishlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji xalqimiz farovonligining oshishiga bevosita ta’sir qiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari turli xususiyatlariga ko‘ra tavsiflanadi.


Yüklə 105,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin