qilish, to’plangan suvlarni tozalash va qayta ishlash,
isitish uchun quyosh
batareyalaridan foydalanishni keng joriy qilish va sh.k. Rejalarda bundan foyda
olgan holda mahalliy aholining ehtiyojlari uchun foydalanishni ham nazarda tutish;
•
ekologik toza transpot va yo’l tizimlaridan (elektr dvigatelli avtobuslar)
foydalanish. qurilishi tugallanmagan ochiq hududlardan foydalanish, parklar
yaratish, turistik zonalardagi hududlarni obodonlashtirish;
•
erdan foydalanish va ob’ektlarni rejalashtirishning
maqsadga muvofiq
tamoyillarini qo’llash, zonalashtirish qoidalari, qurish va arxitekturaviy
loyihalashtirish me’yorlariga rioya qilish, reklama jovonlari va peshlavhalarini
joylashtirishni tartibga solish;
•
turistik diqqatga sazovor joylar zonalarida
keluvchilar oqimini boshqarish,
keluvchilarning sonini cheklash yoki ularning kelishini umuman to’xtatib qo’yish.
Unda modellashtirish uslublaridan, ya’ni ob’ektning o’ziga turistlar bormagan
holda tegishli diqqatga sazovor joyning nusxasini montaj qilish va ko’rsatish;
•
turistlarga kemping zonalari va piyoda yurish so’qmoqlarida daraxtlarni
kesishni, kamyob o’simliklarni to’plashni, yovvoyi
hayvonlarning tabiiy xulq-
atvorini buzishni man qilish;
•
faqat nazorat qilinadigan joylardagina baliq ovi va miltiq bilan ov
qilishgagina ruxsat etish;
•
ham turistlar, ham mahalliy aholining foydasi yo’lida ekologik sog’lomlik
va xavfsizlik me’yorlarini tayyorlash.
Agar tumanda ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni saqlash bo’yicha tadbirlar
o’tkazilayotgan bo’lsa, u holda ular haqida ushbu
choralarga rioya qilish
maqsadida turistlarga bu haqda xabar qilinishi kerak.
Atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini hisoba olgan holda ekologik
rejalashtirish tamoyillarini amalga oshirish ko’plab ekologik muammolarning
oldini olishga xizmat qiladi. Atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB)ni turizmni
rivojlantirishning har bir aniq loyihasi bo’yicha amalga oshirish zarur. Agar birorta
ko’rib chiqilayotgan loyiha ekologiyada salbiy muammolar
keltirib chiqarishi
mumkinligi aniqlansa, uni tuzatishlar kiritmay turib tasdiqlash mumkin emas.
Turizmni rivojlantirishning barcha bosqichlarida AMTB choralarini qo’llash tartibi
mamlakat qonunlari bilan belgilanadi.
AMTB ta’sirning barcha turlarini – ekologik-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy
ta’sirlarni rejalashtirish jarayonini to’la qamrab olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: