Abduyev Asadbek Abdurahmon o\'g\'li Turkistonda dastlabki ilmiy jamiyatlarning tashkil etilishi...
1.2.Turkistonda dastlabki ilmiy jamiyatlarning taraqqiy etishi Marv tarixiy topografiyasining o‘rganilish tarixi (V.A.Jukovskiy, V.V.Bartold, M.E.Masson, YUTAKE tadqiqotlari). Erkqal’a, Govurqal’a. V-VII asrlarda Marvning rivojlanishi. SHahristonning shahar atrofi hududlariga ko‘chishi. Sultonqal’a. YAngi rabodlar. XI-XIII asrning boshlarida shaharlar ravnaqi, shaharlar tuzilishi, mudofaa tizimi, asosiy mahobatli qurilish ishlari. Marv mo‘g‘ul istilosidan so‘ng. Abdullaxonqal’a. Rejalashtirish. Janubiy Turkmaniston o‘rta asr shaharlari: Xo‘rmuzfarra (Ulы-Kishman), Kufen (CHugundor), Omul (Eski CHorjo‘y), Dehiston (Misrian).
Amudaryo va Surxondaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi
Termiz V-VII asrlarda. SHahar joylashgan o‘rni va tuzilishi haqida Xitoy manbalari. Termiz arablar istilosi davrida. CHag‘oniyon (Sag‘oniyon-Budrach). Somoniylar davrida Termiz, rejalashtirish, asosiy qurilishlar. Arab mualliflari ma’lumotlari. Termiz G‘aznaviylar, Qoraxoniylar va Saljuqiylar davrida. SHahar tuzilishi va uning mavzelari, zamonaviy yirik shaharga aylanishi. Termiz mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng, shahar hududining o‘zgarishi. Temuriylar davri tarixiy manbalarida Termiz shahri, uning vazifasi va qurilishi tarixi. Termiz so‘nggi o‘rta asrlar davrida.
Qashqadaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi
Su-se – Kesh – Kitob ilk o‘rta asrlar poytaxti. Kesh tarixiy xujjatlarda. IX-XII asrlardagi Kesh haqida arxeologik ma’lumotlar. O‘rta asrlarda SHaxrisabz. Qashqadaryo daryosining yuqori va o‘rta oqimlaridagi o‘rta asr shaharlari, tarixiy va arxeologik ma’lumotlar. Qamaytepa, Oltintapa (Novqad-Quraysh), Kishmishtepa. Amir Temur va temuriylar davrida SHaxrisabzning gullab-yashnashi. Rejalashtirish, asosiy me’moriy yodgorliklar.4Naxshab ilk o‘rta asrlarda. Erqo‘rg‘on shahri. Rejalashtirish, so‘nggi arxeologik tadqiqotlar. O‘rta Asrlardagi Nasaf (SHulluktepa), Kasba (Kasbi), Bezda (Ko‘hna Fazli), Gubdin (Tallisart), Qarshi. SHaharning vujudga kelishi va rivojlanishi haqidagi tarixiy ma’lumotlar. Rejalashtirish, o‘rta asrlardagi Qarshining asosiy me’moriy yodgorliklari.
Samarqand. O‘rta Zarafshon shaharlari urbanizatsiyasi
O‘rta asrlardagi Samarqand topografiyasi haqida (V.V. Bartold, A.I.Vyatkin, A.I. Masson va boshqalar). Xitoy va arab geograflari Samarqand haqida. Ark, shahriston, rabotlar rivojining o‘sish bosqichlari. Hunarmandchilik dahalari. Mudofaa tizimi, saroy va ibodatxonalar, turar- joylar qurilishi. Panjikent-arxeologik reja asosida eng ko‘p o‘rganilgan O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asr shahri. Rejalashtirish, mudofaa tizimi, turar-joylar, hunarmandchilik, savdo inshootlari, saroy, ibodatxonalar qurilishi, obodonchilik. Miyonqal’a shahri.
Samarqand Amir Temur va temuriylar davrida. Amir Temurning shaharlar qurilishiga oid siyosati. Me’moriy rejali qarorlari. Asosiy mahobatli qurilishlar. XIV-XV asrlarda saroy-bog‘lar me’morchiligi.
Buxoro vohasi shaharlari urbanizatsiyasi
Buxoro ilk o‘rta asrlar davrida. Varaxsha, Romitan, Vobkent. Poykand- savdo shahar-davlati. Arxeologik tadqiqot natijalari. Turar-joy, saroy, ibodatxonalar me’morchiligi. Buxoro - Somoniylar davlatining poytaxti, tarixiy manbalar va arxeologik ma’lumotlari. Buxoro Amir Temur va temuriylar davrida. SHayboniylar davrida Buxoroning ravnaqi. Rejalashtirish, dahalar, asosiy hashamatli qurilishlar. Tarixiy manbalar. Buxoro XVII asrda.
Xorazmning o‘rta asr shaharlari urbanizatsiyasi
Xorazm ilk feodal shrharlarining vujudga kelishi. Rejalashtirish va asosiy me’moriy qurilishlar haqida tarixiy manbalar va arxeologiya ma’lumotlari. Qiyot, Urganch (Gurganch), Xazorasp, Mizdahan. Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi va yangi hududlarda shaharlarning rivojlanishi. Xorazm vohasi shaharlari vazifasi. Xorazm shahar madaniyatining ravnaqi (XII-XIII asrlar).
Chirchiq va Angren vodiysi shaharlari.
O‘rta asrlarda Toshkent urbanizatsiyasi
Ilk o‘rta asrlar davrida CHoch va Iloq shaharlari yo‘llarining shakllanishi. IX-XI asrlarda Toshkent vohasida shahar madaniyatining ravnaqi. Qanqa (Xarashkat), Mingo‘rik. (Tarband), Binkat. Sitadel, shahriston, rabotlar X-XI asrlarda. CHoch shaharlari haqida arab geograflari malumotlari. Tunkat, Banokat (SHoxruxiya) va boshqalar. CHoch va Iloq ilk o‘rta asrlar shaharlarining rivojlanishi vazifalari. Toshkent XIV-XVI asrlarda. Rejalashtirish, me’moriy yodgorliklar.
Farg‘ona, Ettisuv va Janubiy Qozog‘iston o‘rta asr shaharlari urbanizatsiyasi
Mintaqa shahar madaniyati vujudga kelish jarayonida Buyuk Ipak yo‘li savdosining ta’siri5. Xitoy va arab manbalarida Farg‘ona shaharlari. O‘rta asrlar davri shaharlari: Axsikat, Quva (Qubo), O‘sh, O‘zgan, Xo‘jand, Qo‘qon. Rejalashtirish, asosiy me’moriy qurilishlar. Andijon XIV-XVI asrlarda. Ettisuvda So‘g‘d mustamlakachiligi. Qizildaryo, Oq-Beshik (Bolosog‘un) XI-XII asrlarda. Ettisuv shaharlarining ravnaqi.YAngikent, Isfijob, Sig‘noq, O‘tror, Taroz, Talas vodiysi shaharlari arab manbalarida. SHaharlar rivojlanishida o‘l zonalarining o‘rni.
So‘nggi o‘rta asrlar O‘rta Osiyo shaharlari urbanizatsiyasi
XV-XIX asrning I yarmi O‘rta Osiyo shaharlari haqida yozma manbalar.
Xirot Alisher Navoiy davrida. SHoxrux hukmronligi (XV asr I yarmi) davrida shaharsozlik faoliyati. So‘nggi o‘rta asrlar Balxi. Buxoro XVIII-XIX asrlarda. Dahalar, saroylar, turar-joylar, diniy inshootlar me’morchiligi. Xiva so‘nggi o‘rta asrlarda. Rejalashtirish, asosiy me’moriy yodgorliklar. Toshkent XVIII-XIX asrlarda, asosiy tumanlar.