Mavzu: Turkistonda dastlabki ilmiy jamiyatlarning tashkil etilishi Kirish I bob. Turkistonda dastlabki ilmiy jamiyatlarning paydo bo’lishi va taraqqiy etishi


II bob. Turkistonda dastlabki muzeylarning tashkil topishi va o’lkashunoslik tarixi fanining rivojlanishi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə4/6
tarix17.06.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#61691
1   2   3   4   5   6
Abduyev Asadbek Abdurahmon o\'g\'li Turkistonda dastlabki ilmiy jamiyatlarning tashkil etilishi...

II bob. Turkistonda dastlabki muzeylarning tashkil topishi va o’lkashunoslik tarixi fanining rivojlanishi
2.1. Turkistonda dastlabki muzeylarning tashkil topishi

O’zbekiston va umuman Turkistonning ko’pdan-ko’p yodgorliklari olimlarni qiziqtirib kelayotgan edi. R.I.Lerx, N.I.Veselovskiy, Jukovskiy, Zimin, Ostroumov, Smirnovlar to’plagan ma’lumotlar O’zbekistonning qadimiy yodgorliklarini hisobga olib ularni tekshirish, ta’riflash, ilmiy muassasasalari, imperator ilmiy muassasalari, arxeologik komissiya, rus arxeologiya komissiyasi, rus arxeologiya jamiyatining SHarq bo’limi, shuningdek 1903 yil aprelda tashkil qilingan O’rta va SHarqiy Osiyo tarixiy arxeologiya va etnografiya jamiyatlarining qimmatbaho materiallaridan tashkil topgan.


Stolyarov, Trofimov, Terentev, Komarovlar to’plagan kolleksiya materiallari muzeyning asosiy fondini tashkil etadi.
Muzeyni tashkil etishda Fedchenko faol ishtirok etgan. U tabiiy antropologiya va etnorafiyaga oid materiallar to’plagan. Bu materiallar dastlabki eksponat sifatida muzeyga quyilgan. Bundan tashqari, birinchi mahalliy arxeolog Akram polvon Asqarovning xizmatlari katta bo’lgan. Muzeyning ochilishi va uning faoliyati o’lkaning madaniy hayotida muhim voqea bo’ldi. Muzey eksponatlari xalqaro ko’rgazmalarda namoyish qilindi. Unda tuzilgan katalog o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.6
Asrimizning boshlarida, ya’ni 20-yillardan keyin bu muzey xaqiqiy ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasa bo’lib qoldi.
Hozir muzeyda 40 mingdan ortiq arxeologiyaga oid eksponatlar, 44 ming qadimgi pul nusxalari, 10 mingdan ortiq turli xil etnografiyaga oid buyumlar, 2 mingdan ortiq noyob yodgorlik buyumlari mavjud. Muzey fondidagi materiallar orasida Respublikalar – Tojikiston, Turkiston, Qirg’izistonga taalluqli ma’lumotlar ham ko’p.
Muzeyda asosan, materiallarning asl nusxalari, shuningdek maketlar, badiiy va grafik tasvirlar, chizmalar, diagrammalar, rasmlar qo’yilgan. Eksponatlar asosida noyob narsalar ko’p.
Muzey 1967 yilda XIX asrning me’morchilik yodgorligi bo’lgan binoga ko’chdi. Bu binoda Butun Rossiya Markaziy qumitasi va Turkkomissiya ishlagan edi. Bu binoda 45 ta zal bo’lib, ularda 7 mingdan ortiq eksponat joylashgan.
Respublikamiz hududida 3 turdagi muzeylar mavjud bo’lib, birinchisiga ilmiy tadqiqot va madaniy-ma’rifiy ishlarni olib boradigan muzeylar kiradi. Ular bir vaqtning o’zida ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma’rifiy hamda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni olib boradi.
Ikkinchi tur muzeylarga fakat ilmiy tadqiqot ishlari olib boradigan muzey laboratoriyalariga ega bo’lgan maxsus muzeylardir.
Masalan, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi bakteriologiya va minerologiya muzeylari.
Uchinchi turdagi muzeylarga o’quv turdagi muzeylar kiradi. Muzey turlari ko’p jihatdan unda saqlanayotgan kolleksiya fondlarining xarakteriga va ular faoliyatining yo’nalishiga bog’liq.
SHuningdek turli fan sohalariga bo’lingan muzeylar bor.
Masalan: Oybek nomidagi O’zbekiston tarixi muzeyi, tasviriy san’at muzeyi, Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi va tabiatshunoslik muzeylarini ko’pchilik yaxshi biladi. Turkiston harbiy okrugi muzeyini ko’pchilik omma yaxshi bilishadi.
Muzey fondlari asosan 4 ta katta davrga bo’lingan bo’lib, ular quyidagicha nomlangan.
Ibtidoiy jamoa va quldorlik tuzumi davri. Turkiston quldorlik tuzumi davri. Nihoyat O’zbekiston tarixining 1917 yillardagi davri deb nomlanadi.
Ibtidoiy jamoa va quldorlik davri deb atalgan 1-bo’limida ibtidoiy odamlar yashagan makonlarga ta’rif beriladi. Boysuntov (Surxon)dan topilgan qadimiy tosh davri (muste) odamlari, Teshiktosh g’ori maketi qo’yilgan. Teshiktosh g’oridagi chuqurlikdan 8-9 yashar bola maketining topilishi, qabr atrofida tog’ echkisining shoxlari yotgan ekan.
Mashhur antropolog, haykaltarosh M.Gerasimov suyak tuzilishiga qarab bola haykalini yaratdi.7
T.Sodiqov tomonidan chizilgan «Malika Tumaris qasos olmoqda» nomli suratga quyidagicha ta’rif berilgan: Massagetlar malikasi Tumaris Kirning boshini qon to’ldirilgan meshga tashlar ekan: «Mana endi to’yib-to’yib qon ich», - deydi. O’sha vaqtlarda O’rta Osiyoda hukmron bo’lgan otashparastlar urf-odatiga ko’ra o’lgan odamning jasadi toqqa olib chiqilib, «Sukunat minorasi» degan joyga qo’yilar ekan.
Qushlar jasadning etini chuqib suyagini qoldirgach, bu suyaklar ossuariyga solinib qo’yilar ekan. Ossuariylar qushlar, hayvonlar va odamlarning rasmi chizilib bezatilgan bo’lar ekan.
Muzeyda Qo’yqirilgan qal’adan topilgan «O’tirgan ayol tasvir etilgan ossuariylar»ning faol nusxasi qo’yilgan.
Quldorlik davrida savdo-sotiq ishlari rivoj topadi. YUnon-Baqtriya va Kushon podsholigi davriga oid tanga-pullarga shoxlar, tangalar tasviri, hukmdorlarni madh etuvchi yozuvlar zarb etilgan ekan.
Bu yerda fil surati solingan kumush quyushqon qubbasining arxeologlar tomonidan topilgan va asl nusxasi qo’yilgan.
1932 yilda Amudaryo «Otyabryonok» katerida ketayotgan chegarachilar Ayritomga yaqin joyda oq tosh ko’rganlar. Bu nog’orachi tasviri o’yib solingan tosh friz ekan. Frizda akond barglari orasiga ishlangan sozandalar va gulchambarlar tasviri ko’zga tashalanadi. Bu kushonlar zamonidan qolgan noyob san’at yodgorligidir. Kushon davri sopol-buyumlar ishlab chiqarish rivoj topganligi bilan xarakterlidir. Arxeologiyaga oid qazilmalarning ko’rsatilishicha, o’sha vaqtlarda nafis sopol buyumlar - kizil lak va qizil buyoq berilgan silliq qadahlar, (kosa, xumchalar va boshqa) ishlangan.
Qadimgi askarning ust-boshi beli siqilgan chakmon, keng cholvor, yumshoq boshliqdan iborat bo’lgan.
Amudaryo xazinasiga tegishli tilla plastinkaga Xorazm jangchisining ust-boshi qo’yilgan.
Feodalizm bo’limi Samarqanddagi «Ishratxona» maketini tanishtirish bilan boshlanadi. Bu yerda V-VI asrlarga oid Bolaliktepadan topilgan rasm ham qo’yilgan. Zallardan birining devoriga chiroyli rasm ishlangan. Panjakent sug’dlarining ilk feodal davri bo’lib, uni arablar xarob qilganlar.
Rossiya fanlar akademiyasiing arxeologiyaga oid ilmiy safari ko’p yillar mobaynida bu yerda qazish ishlari olib bordi. Panjakentdan topilgan devorga ishlangan “CHavandozlar” rasmidan bir ko’rinish berilgan.
Buxorodan 40 km. g’arbdagi Varaxsha shahrining xarobalari bor. Bu shaharda VI-VII asrlarda Buxoro vohasining hukmdorlari yashaganlar.
Quqondan hukmdorlarning muhtasham qasri topildi. Bu ikki qavatli inshootning atrofini ayvonlar va dabdabali zallar o’ragan.
Har xil manzaralar quchqor ovi, sakrab chopayotgan arxarlar, o’yinga tushayotgan raqqosa, so’zayotgan baliqlar, toq bargi, uzum boshlari tasvirlangan.
Varaxshadan «yarador qo’y» tasviri va “Abro’y quzg’oloni” deb nomlangan rasm topilgan.
Yillik kitob, arab xalifasi Usmonga tegishli Qur’ondan ko’chirma nusxa berilgan. Qur’on Samarqanddagi Xo’ja Ahror masjidida saqlangan. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin general Abramov bu qadimiy qo’lyozmani katta pulga sotib olib, Turkiston general-gubernatori Kaufmanga sovg’a qilgan. 1869 yil 24 oktyabrda bu Qur’on Peterburg imperatori xalq kutubxonasiga yuborildi. 1915 yildan keyin noyob qo’lyozma O’rta Osiyo xalqiga qaytarilgan.
Feodalizm davrida O’rta Osiyoda me’morchilik va binokorlik yanada rivoj topadi. Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi Minorai Kalon, Xorazmshohlar saroyi (XII asr boshi) me’morchilikning ajoyib namunasidir.
Bu davrda o’ymakor murakkab geometrik va o’simlik nusxasi ornamentlar qurilishi keng tus olgan.8
Bundan so’ng Ismoil Somoniy maqbarasi, Jarqarg’on minorasi, Minorai Kalon kabi bir qator ajoyib maqbara va minoralar rasmlari berilgan. X-XI asrlarning buyuk olimi Ibn Sinoning rasmi turibdi.
CHingizxon 1220 yilda Buxoroni bosib olgach, Samarqandga yurish qildi. Unga CHig’atoy va O’qtoy qo’shinlari bilan kelib ko’shilishdi. Samarqand garnizoni 50 ming qo’shindan iborat edi. Ular to’rt kecha-kunduz shaharni himoya qilishdi. Beshinchi kuni taslim bo’lishdi. Fakat 400 bahodir qal’ani himoya qilishdi. Biroq ularning hammasi halok bo’lishdi.
Mug’ullarga qarshi kurashda Temur Malik boshchiligidagi Xo’jand ishchilari kahramonlik ko’rsatdilar. SHu yerda daryo (Sir)ni kechib o’tayotgan Temur Malik qo’shinlari tasvirlangan rasm bor.
1365 yilda Mug’uliston xoni Ilyos xo’ja boshchiligida mug’ul otryadlari Samarqandga yurish boshladilar. SHaharda qo’rg’on devor yo’q edi. O’lka hokimi Amir Xusayn va uning ixtiyorda xizmat qilayotgan Temur Xusayn shaharni tashlab chiqdilar va Abu Bakr Kalaviy Buxorolik yigit Xurdaki Buxoriy boshchiligida quzg’olon ko’tarildi. Ana shu tarixning «1365 yilda Samarqandda bo’lib o’tgan sarbadorlar quzg’oloni» deb nomlangan rasm diqqatga sazovor.
XIV-XV asrlarda SHohizinda maqbarasi, Go’ri Amir, Ishratxona, Bibixonim masjidi osmonupar minoralar bizgacha yetib kelgan. Bu muzeyda Bibixonim masjidi, Go’ri Amir maqbarasi rasmlari qo’yilgan.
1428 yilda Samarqandga yaqin Ko’hak tepaligidagi Ulug’bek ko’rsatmasiga binoan SHarqda eng kata observatoriya– rasadxona qurilgan edi. Bunda asosiy sabab-sekstant edi.
1941 yilda Davlat komissiyasi Temur va uning o’g’illari hamda nevaralarining qabri ochildi. SHu komissiyaning a’zolaridan antropolog olim Gerasimov ularning qiyofasini tikladi. Temur va uning nevarasi olim Ulug’bek haykallari diqqatga sazovordir. YAna «Ulug’bek jahon olimlari orasida» degan garvyura ham mavjud. Muzeyda Abdullayev chizgan o’zbek shoiri Navoiyning rasmi bor.
Mashhur o’zbek olimi, shoir davlat arbobi Zahriddin Muhammad Bobur minorasi o’ziga xosligi bilan diqqatni tortadi.
Turkiston «CHor Rossiyasi tarkibida» deb nomlangan 3-bo’limi SHarq O’yg’onish davrining faylasufi bilan boshlanadi. Musulmonlar orasida qadimiychilik va jadidchilik tus olib CHo’lpon, Behbudiy, Qodiriylar faoliyat ko’rsatdilar. Turkiston tabiiy boyliklarini ilmiy jihatdan o’rganishga sharqshunos olimlar katta hissa ko’shdilar.
Mushketov va Romanovskiylar Turkiston o’lkasining birinchi yer usti xaritasini tuzdilar. «Samarkand, Buxoro va Xivadagi ulug’vor me’morchilik asarlari O’zbekistonning hozirgi davr arxitekturasi, muzeylarning boy fondi, voqealarimizni o’z kishilarimiz uchungina emas, chet el kishilari uchun ham jozibador kuch bo’lib qoldi. O’zbekistonning keyingi yillarda 520 mingdan ziyod ajnabiy va 840 ming turist kelib turibdi. Davlat muzeyiini 19 mln. kishi tomosha qildi».

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin