ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-901-905
Academic Research, Uzbekistan 901 www.ares.uz
NAZAR ESHONQULNING “URUSH ODAMLARI” QISSASIDA NORMAT
XARAKTERI DINAMIKASI
Raxmatilla Norbekov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o„qituvchisi
r.norbekov@cspi.uz
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bugungi kun adabiyotining ilg‟or adiblaridan biri bo‟lmish
Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” qissasida
bosh qahramon Normatning
xarakterini ayrim belgilari haqida so‟z boradi.
Kalit so’zlar:
qissa, xarakter, urush, qalb dinamikasi
KIRISH
Istiqlol davri ostonasida adabiyotimizda bir-biridan ajoyib ijodkorlar va
salmoqli asarlar paydo bo‟ldi.Shunday ijodkorlardan
va shunday asarlardan biri
bu,albatta,Nazar Eshonqul va uning “Urush odamlari qissasidir.
Yozuvchi ushbu qissasida urush, uning davr va
insonlar hayotiga qanchalik
ulkan muammolar olib kelganligini birgina kichkina Tersota qishlog‟i va unda
yashovchi
obrazlar orqali ochib berishga, o‟sha davrdagi insonlarining qalbida,
ruhiyatida ro‟y bergan o‟zgarishlarni, urush fojiasini maxorat bilan chizishga harakat
qilgan.
Ushbu maqolamiz qissadagi Normat xarakteri bilan bog‟liq
chizgilar
to‟g‟risida. “Urush odamlari” qissasidagi Normat xarakteriga to‟xtalib o‟tishdan
avval,olimlarimizning xarakter haqida nima deganlari haqida so‟z yuritsak:
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Atoqli adabiyotshunoslarimizdan biri T. Boboev o‟zining ilmiy qarashlarida
xarakter haqida to‟xtalib o‟tar ekan, quyidagi fikrlarni keltirib o‟tadi: “Xarakter –
ma`lum ijtimoiy faoliyat tipi. Xarakter, L. I. Timofeev aytganidek, obrazning yadrosi.
Xarakter, birinchi navbatda, konkret hayotiy sharoitda o‟z individual xatti-harakatlari
va ruhiy kechinmalari bilan namoyon bo‟ladigan insonning aniq tasviri.
Umuman
aytganda, qahramonning muhim xususiyatlarini aniqlaydigan asosiy belgilar majmui
xarakter deb yuritiladi” .
Demak, olimning fikrlarini quyidagicha tushunishimiz mumkin.
Ijtimoiy-
tarixiy sharoitda o‟z davri kishilarining muhim xususiyatlarini o‟zida jamlay olgan