Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” qissasida Normat xarakteri dinamikasi


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#165688
1   2   3   4   5
901-905

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-901-905 
Academic Research, Uzbekistan 902  www.ares.uz 
obrazgina xarakter darajasiga ko‟tarila oladi. Asar qahramonining xarakterini 
ochishda, nafaqat, uning xatti – harakatlari, balki uning ruhiyatlarida yuz berayotgan 
o‟zgarishlar ham muhim rol o‟ynaydi. Olim yuqoridagi fikrlarini davom ettirar ekan, 
o‟z fikrlarini mohiyatini tushuntirish uchun turli tomondan yondashadi. “Nazariy 
adabiyotlarda xarakterning mohiyatini aniqlaydigan ikki asosiy xususiyat ko‟rsatiladi: 
a) shaxs iroda yo‟nalishini ko‟rsatuvchi narsa xarakterni belgilaydi. N. Pogodinning 
uqtirishicha, “agar odam burnini qashisa, sekin yoki tez yursa shu bilan xarakter bo‟la 
bermaydi, xarakter – shaxs irodasining yuzaga chiqishi, harakatda ifodalanishi” 
demak, xarakter eng, avvalo, shaxs irodasi, o‟sha irodaning yo‟nalishi, uning yuzaga 
chiqishi va ifodalanishi bilan belgilanadi. (M. Qo‟shjonov). Shaxsning iroda 
yo‟nalishi muhitning shaxsga faol munosabati va, aksincha, shaxsning muhitga 
munosabatidan paydo bo‟ladi; b) xulq-atvorni belgilaydigan individual ruhiy belgilar: 
mardlik, qo‟rqoqlik, insoflilik, insofsizlik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik
ishyoqmaslik, dangasalik kabilar. Bunday individual ruhiy xususiyatlarsiz xarakterni 
tasvirlab bo‟lmaydi”. Ko‟rinadiki, olim nazariy adabiyotlarga tayangan holda 
xarakter mohiyatini aniqlashda ikki asosiy xususiyatni ko‟rsatadi. Ulardan birinchisi, 
shaxsning iroda yo‟nalishi deb olsa, ikkinchisi, xulq-atvorni belgilaydigan individual 
ruhiy belgilar deb ko‟rsatadi. Demak, biz shaxsning iroda xususiyatida, asar 
personajining xarakterini ochishda uning tashqi harakatini ko‟rsak, individual ruhiy 
belgilari orqali uning ichki dunyosini anglashimiz mumkin bo‟ladi.Bu borada asar 
bosh qahramonlaridan biri Normat xarakteri, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Shaxs 
dinamikasi Normat obrazida butun bo‟y-basti bilan namoyon bo‟ladi.Asar boshida 
Normat kamgap, sipo, birovga ozor bermaydigan odam sifatida tasvirlansa-da, ammo 
uning nomus-or uchun jonini qurbon qilishga tayyorligini, so‟zini birovlarga berib 
qo‟ymaydigan inson ekanligini asar davomidagi voqealardan bilib olish mumkin 
bo‟ladi. 
O‟z dalasida ishlayotganda rais Mirzaqul bilan tortishib qolib, uni o‟roq bilan 
chopib tashlashiga bir bahya qolishi, xotining xiyonati tufayli qishloqdoshlaridan 
yashirinib yurishi, Xolmat merganni ushlashda Mirzaqulning haqoratiga javobi
umuman, nomusini birinchi o‟ringa qo‟yishi Normat xarakteridagi muhim qirralarini 
yanada yorqinroq ochib beradi. Asarni o‟qib borar ekansiz, Normat xarakteridagi 
o‟zgarishlarni ilg‟ay boshlaysiz, Ho‟sh bularning hammasi qay tariqa ro‟y berdi? 
Bunga sabab nima edi? Bu o‟zgarishlarning hammasi nima bilan bog‟liq edi? 
Normat xarakterini o‟zgartiruvchi bosh omil urush edi.U avvallari o‟ziga ishongan
mard, or-nomus tuyg‟ularini birinchi o‟ringa qo‟ygan, jiddiy, kamgap insondan 
butunlay boshqa insonga aylanib qolgandi. Asarda Normat obrazi orqali yozuvchi 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin