Mavzu; Turli bozor ko’rinishlarida narxlarning shakllanishi kirish


Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi



Yüklə 257,88 Kb.
səhifə7/13
tarix31.01.2023
ölçüsü257,88 Kb.
#81981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Mavzu; Turli bozor ko’rinishlarida narxlarning shakllanishi kiri

1.Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi. Agarda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinayotgan xarajatlarni kamaytirishga erishilsa, bunday tovarlar bozorga ko’plab chiqariladi. Ularga ham o’z navbatida, qator omillar ta’sir etadi: a) resurslar narxi. Resurslar narxining pasayishi xarajatlarni kamaytirib, tovar ishlab chiqarishni ko’paytirishga olib keladi. Taklif ko’payadi. Natijada urug’likning va o’g’itning, yonilg’ining narxi pasaysa (ob-havo qulay bo’lib) kartoshkaga bo’lgan taklifning ortishini kutish mumkin. Temir rudasi, kokslanadigan ko’-mirning narxi pasayishi po’lat ishlab chiqarishni ko’paytirishi mumkin. Bu o’z navbatida taklifni ko’paytiradi. Aksincha, resurslarning narxi ortsa, po’lat ishlab chiqarishni qisqartirib, taklifni kamayishiga olib keladi; b) ishlab chiqarish texnologiyasi. Avvalgisiga nisbatan takomillashgan texnologiya mehnat unumini oshiradi. Tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshilaydi hamda resurslarni tejash imkonini beradi. Bularning hammasi sarf-xarajatni kamaytirib, mahsulotni ko’paytirishga olib keladi. Bu tovar taklifini ko’paytiradi; v) soliqlar va subsidiyalar. Daromadga, mol-mulkka, resurslarga, xarajatlarga qo’shiladigan soliqlarning ortishi xarajatlarni ko’paytiradi. Taklifning qisqarishiga olib keladi. Aksincha, biror tovar ishlab chiqarishga subsidiya imtiyozlari berilsa u xarajatlarning bir qismini qoplab, tadbirkor uchun ularni umumiy miqdorini pasaytiradi va tovar taklifini ko’paytiradi.
2.Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxining o’zgarishi ham taklifni o’zgarishiga olib keladi. Bug’doy narxining pasayishi fermerni ko’proq jo’xori etishtirishga undashi yoki aksincha, bug’doy narxining oshishi jo’xoriga bo’lgan taklifning qisqarishiga olib kelishi mumkin.
3.Narx oshish ehtimoli. Kelajakda mahsulot narxining o’zgarish ehtimoli ham mahsulot ishlab chiqarishga ta’sir etishi mumkin. Fermerlar joriy yil hosilini bozorga chiqarishni narx oshish ehtimolini kutib to’xtatib turishi mumkin. Bu joriy taklifning qisqarishini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, qayta ishlov beradigan sanoatning ko’p tarmoqlarida narx oshishi ehtimoli firmalarni ishlab chiqarish quvvatini oshirishga undaydi va bu taklif ko’payishiga sabab bo’ladi.

Yüklə 257,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin