MARKOV Andrey Andreyevich [1856.2(14).6, Ryazan – 1922.20.7, Petrograd] — rus matematigi. Peterburg FA akad. (1890). Peterburg untini tugatgan (1878), prof. (1886). Markov ehtimollar nazariyasiga katta hissa qoʻshgan. U katta sonlar qonunini eng umumiy shartlarda isbot qilgan.
Markov fanga (ke-yinchalik uning nomi bilan atalgan — Markov zanjirlari, Markov jarayonlari) maxsus bogʻlanishga ega boʻlgan tasodifiy miqdorlar ketma-ketligini kiritgan va ular uchun markaziy limit teoremani isbot qilgan (q. Limit teoremalar). Markov jarayonlari fizika, texnika, biologiya va b. sohalarda koʻplab tatbiq etiladi. Markovning eng kichik kvadratlar usulini asoslashga bagʻishlangan ishlari ham bor.

Markov Mixail Nikitovich biografiyasi
MARKOV Mixail Nikitovich (1910.17.10, Toshkent — 1985.14.8) — paxta terish mashinalari konstruktori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi (1964). «Tashselmash» z-dida katta texnik-konstruktor (1939—41), katta muhandis-konstruktor, katta muhandiskonstruktor guruhi rahbari (1941—46). Paxtachilik mashinalari boʻyicha Davlat maxsus konstruktorlik byurosida turli lavozimlarda ishlagan.