Nikolay andreyevich rimskiy- korsakov ijodi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə1/9
tarix20.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#163588
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
14 йигиталиев жавлон римс корс ижоди


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYAR VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MILLIY HUNARMANDCHILIKVA AMALIY SAN’AT FAKULTETI
MUSIQIY TA’LIM YO’NALISHI
03/21-GURUH TALABASI
TOXIROVA SADOKAT DILSHODJON QIZINING
MUSIQA TARIXI FANIDAN
NIKOLAY ANDREYEVICH RIMSKIY- KORSAKOV IJODI”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN


KURS ISHI
ILMIY RAXBAR: katta o`qituvchi S.Rasulova


QO’QON 2023


MUNDARIJA
MAVZU: “NIKOLAY ANDREYEVICH RIMSKIY- KORSAKOV IJODI”
KIRISH
I-BOB
I.1 XIX asr ikkinchi yarmida rus musiqasi……….......................................................
I.2 XIX asrda rus kompozitorlar tomonidan sahnaviy janrlar yaratilishi…………………………………………….
II BOB
II.1 Nikolay Andreyevich Rimskiy- Korsakov opera ijodi (Qorqiz operasi tahlili).......................…
II.2. N.I. Rimskiy- Korsakov simfonuya ijodi (“ Shahrizoda”simfoniya «Uch mo‘jiza» simfonik manzarasi tahlili………………………………………………
XULOSA …………………………………… ADABIYOTLAR………………………………………
ILOVALAR




KIRISH
Sinchkov aql va yuksak qalb sohibi bo ‘Igan buyuk daho. U doimo eng oliyjanob maqsadlarga intiladi.
A.K. Glazunov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
2022 — 2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 2-fevral kuni imzolagan “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori esa madaniyat va sanʼat sohasi rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.
76-maqsad: Madaniyat va san’at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash.1
Madaniyat va san’at sohasi vakillari, ijodkorlar, shuningdek, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchi va xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilash.
Teatr san’atini rivojlantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Madaniyat markazlari faoliyatini takomillashtirish va ular tomonidan aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash.
Hududlarda yangi madaniyat obyektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat olib borishini ta’minlash.
O‘zbek sirk san’atini yanada rivojlantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Milliy madaniyatni xalqaro darajada ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni hududlarda o‘tkazishni joriy etish.
O‘zbek xalqi madaniyati va san’atini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan atoqli ijodkor ziyolilar yubileylarini munosib nishonlash, hayoti va faoliyatini keng targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish.
Respublika hududida joylashgan madaniy meros obyektlarini saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish bilan bog‘liq kompleks tadbirlarni amalga oshirish.
Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini milliy cholg‘ular, musiqa darsliklari, notalar to‘plamlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
1. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilansin:
a) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida:
o‘quvchilarga mazkur qarorga 1-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko‘nikmalari o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi;
musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o‘quv soati hamda unga qo‘shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etish amaliy to‘garaklari va fakultativ darslari o‘tkaziladi;
mazkur qarorga 1-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan milliy cholg‘ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo‘lish musiqa fani o‘qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi;
musiqa fani uchun ajratilgan o‘quv soatlari doirasida “Hayotimga hamrohdir cholg‘u” shiori ostida cholg‘u ijrochiligi dars mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yiladi;
notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlash umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tizimiga kiritiladi;
o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko‘ra milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etish, tasviriy va amaliy san’at, hunarmandchilik yo‘nalishlarida amaliy to‘garaklar (keyingi o‘rinlarda — amaliy to‘garaklar) tashkil etiladi;
amaliy to‘garaklar rahbarlariga “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak rahbari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari qo‘llaniladi;
amaliy to‘garaklarni olib borish hisobi “Elektron kundalik” dasturi orqali amalga oshiriladi hamda har chorakda to‘garak ishtirokchilarining hisobot konsertlari tashkil qilinadi;
musiqa san’ati bo‘yicha professional ta’lim hamda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg‘ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida u erdagi mehnatga haq to‘lash shartlarini saqlab qolgan holda o‘rindoshlik asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari musiqa fani o‘qituvchisi va musiqa yo‘nalishidagi to‘garak rahbari lavozimiga to‘liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;
musiqa fani o‘qituvchilarini kamida uchta milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etishga o‘rgatish xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi doirasida amalga oshiriladi, bunda qayta tayyorlash (malaka oshirish) kurslarida mashg‘ulot olib borish uchun madaniyat va san’at sohasi vakillari shartnoma asosida jalb etiladi;2
OPERA VA BALET SAN’ATINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda opera va balet san’atini yanada rivojlantirish, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri faoliyatini takomillashtirish, milliy opera va balet san’atini keng targ‘ib etish, uning jahon san’at olamida tutgan o‘rni va mavqeyini yanada mustahkamlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar respublikada opera va balet san’atini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda opera va balet san’atining nufuzini oshirish, milliy opera va balet san’atini jahon miqyosida targ‘ib qilish;
opera va balet san’atining eng sara milliy va klassik asarlaridan xalqimizni bahramand etish, aholi, ayniqsa, olis hududlardagi fuqarolarning madaniy hordiq chiqarishini qo‘llab-quvvatlash;
milliy opera va balet san’atini keng ommalashtirish, uning noyob durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, ustoz-shogird an’analari va ijodiy maktablarni har tomonlama rivojlantirish;
opera va balet san’ati uchun kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, teatrlar va ta’lim muassasalari uzviy hamkorligini ta’minlash, ushbu yo‘nalishdagi teatr tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
opera va balet san’ati vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda uning ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan taniqli namoyandalarning hayoti va ijodiy faoliyatini targ‘ib qilish.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan milliy hamda zamonaviy jahon klassik opera va balet asarlarini yaratish va sahnalashtirish uchun xalqaro darajadagi mutaxassislar jalb qilinadi;3
Barcha o'quv fanlari qatori musiqiy ta'limda ham davlat ta'lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to'laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo'shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari va bugungi zamonaviy musiqiy-faoliyatda o'z aksini topdi. Musiqa san'atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalash, ularning barkamol bo'lib yetishlarida o'ziga xos va takrorlanmas manba bolib xizmat qiladi. Azaldan Sharq, jumladan, o'zbek musiqa ta'lim tarbiyasi pedagogikasi va uning mukammal uslublari ustoz va shogird an'analari misolida takomillashib borgan.
Musiqa madaniyati fanidan o’quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan o’quv dasturida, ya’ni Davlat ta’lim standarti o’quvilarga musiqiy-nazariy bilim berish haqida meyoriy talablar berilgan.Fanning asosiy vazifalari quyidagilar :
O’quvchilarga musiqiy ifodalikning asosiy vositalarini tushunib yetishish ishlarida chuqur bilimlar berish hamda musiqiy texnik ko’nikmalarni o’rgatish
Amaliy ishlardagi nota matnini o’qish jarayonini mukammalashtirish va ovoz intonatsiyasining sofligiga erishish:
Musiqiy asar shaklining tuzilishidagi asosiy qonuniyatlari muhim musiqa elementlari , musiqiy rivojlanish prinsplari , shakldagi qismlar funksiyasi bilan o’quvchilarni tanishtirish va turli xil musiqiy shakllarni tahlil qilish malakalarini shakllantish:
Kompozitorlik ijodining ahamiyatli masalalari va asosiy muammolari bilan yaqindan tanishtirish hamda musiqiy tizim va unda muhim o’rin egallagan garmoniya haqida aniq tushunchalar berish :
O’quvchilarning musiqiy fikrlash, musiqiy eshitish , sof intonatsiyani his eta olish qobilyatlarini va musiqiy xotirasini shakllantish ularga lad , ritm, sur’at va uslub tuyg’usini tarbiyalash hamda o;zlashtirilga bilimlarini amaliyotda qo’llay olish o’rgatishdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shvkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish , ularni madaniyat , san’at jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish ularni axborot texnalogiyalardan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etish , xotin qizlar bandligini oshirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev Miromonovich ham kelajagimiz yoshlarini ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha beshta muhim tashabbus bilan chiqdilar.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin