Nikolay andreyevich rimskiy- korsakov ijodi


II.2. N.I. Rimskiy- Korsakov simfonuya ijodi (“ Shahrizoda” «Uch mo‘jiza» simfonik manzarasi.simfoniyalar tahlili



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə7/9
tarix20.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#163588
1   2   3   4   5   6   7   8   9
14 йигиталиев жавлон римс корс ижоди

II.2. N.I. Rimskiy- Korsakov simfonuya ijodi (“ Shahrizoda” «Uch mo‘jiza» simfonik manzarasi.simfoniyalar tahlili
«Uch mo‘jiza» simfonik manzarasi.
N.A.Rimskiy- Korsakovning operalarida orkestr katta ahamiyat kasb etadi. Kompozitor operaga dam-badam simfonik lavhalarni kiritgan. Bu akt oldi qisqa kirish tuzilmalari yoki butun simfonik antraktlaridir. Kompozitorning eng yorqin simfonik operalaridan biri «Shoh Saltan haqida ertak» operasidir. 1899-yilda A.S. Pushkin tavalludining yuz yilligiga bag‘ishlab yozilgan bu opera shoir sujetiga asoslangan boiib, undagi cholg‘u musiqa parchalari dasturli xarakterga ega. Ular sahnada ko‘rsatilgan sujetning ayrim holatlarini tasvirlaydi. Operaning partiturasida ertakdan she’riy parchalar berilgan. Libretto mualifi — V.Belskiy. Bu opera A.S.Pushkinning ertagidek shodiyona xarakterga ega.
IV sahnaning ikkinchi ko‘rinishi oldldan berilgan cholg‘u muqaddimasi «Uch mo‘jiza» o‘ziga xos simfonik asardir. Uning kirish tuzilmasi — go‘zai tilsimiarga boy Ledenes shahrining musiqiy obrazidir.
Sahna ko'rinishining keyingi qismlari birin-ketin vujudga keladi. Yangi mo‘jiza yuzaga kelishi truba sadolari orqali «bildiriladi».
Birinchi mo‘jiza — oltin yong‘oq chaqayotgan sehrli olmaxon. Bu obraz «Bog‘damikrn, polizdamikin» deb nomlangan rus xalq o‘yinli qo‘shig‘i bilan tasvirlangan boiib, fleyta—pikkolo cholg‘usida jaranglaydi, jo‘rnavozlik vazifasi esa damli va torli cholg‘uga topshirilgan. Ksilofon va chelesta cholg‘ularining kiritilishi musiqaga ajoyib xarakter bag‘ishlaydi:

Ikkinchi mo‘jiza — dengiz to‘lqinlari orasidan o‘ttiz uch pahlavonning chiqib kelishidir. Pahlavonlar obrazi quyi registrdagi akkordli marsh mavzusi bilan ifodalangan. Bu m
avzu asosan damli cholg‘uga topshiriladi:



Uchinchi mo‘jiza — oqqushning sohibjamol shoh qiziga aylanishi. Uning ariyasida turli xil mavzular eshitilib turadi — cho‘zimli va erkin taralayotgan kuy mo‘jizaviy sehrli musiqa bilan almashinib turadi. Birinchi bor bu kuychan mavzu goboy damli cholg‘usida eshitiladi, keyin shu mavzuni malika-qush ijro etadi:


Fragmentning oxirgi ikki qismida dengiz tasviri turlicha ko‘rsatilgan — pahlavonlar sahnasida dengiz shiddatli va jo‘shqin bo‘lsa, shoh qizi sahnasida esa dengiz mayin va tinch. Bu operaning simfonik ko‘rinishida biz N. A. Rimskiy-Korsakov asarla- riga xos bo‘lgan uslub xususiyatlarini ko‘ramiz. Bu yerda leytmotiv- larning yetakchi roli, mavzularning mohirlik bilan o‘zgarishi, garmonik va tembr rang-barangligi, shakllarning aniqligi aks etadi. «Uch mo‘jiza» simfonik ko‘rinishi «Shoh Saltan haqida ertak» operasidan awal alohida ijro etilgan bo‘lib, juda katta muvaffaqiyat qozongan edi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin