II BOB
II.1 NIKOLAY ANDREYEVICH RIMSKIY- KORSAKOV OPERA IJODI (QORQIZ OPERASI…
Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov — yirik kompozitor, pedagog, dirijyor, musiqiy jamoat arbobidir. Kompozitoming llg‘or dunyoqarashi, rus milliy madaniyati va san’ati bilan uzviy bog‘liqlik, nekbinlik, chuqur, yetik ma’nodorlik, haqqoniylik, cholg‘uchilik sohasidagi mahorat - bularning barchasi rus mumtoz musiqasi vakilining ijodiy qiyofasiga xos chizgilardir.
Vazmin inson, tahliliy tafakkur egasi bolgan Rimskiy-Korsakov tabiat va insoniyat olamini juda chuqur his qilar edi. Yuksak iste’dod, dunyoni shoirona idrok etish hamda maqsad sari intiluvchanlik kabi insoniy fazilatlari uning jahon musiqa san’atining yirik ustasi etib tanitdi.
Hayoti va ijodiy yoii. Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov 1844-yilning 6( 18)-martida Tixvin shaharchasida dvoryan oilasida tug‘ilgan. Kompozitor bolaligidan yaxshi tarbiya ko‘rdi, chet tillari va musiqadan ta’hm oldi. U yoshligidan musiqaga qiziqdi. To‘rt yoshga to‘lganida uncha murakkab bo‘Lmagan pyesalarni chala olardi, to‘qqiz yoshidan esa mustaqil ijod qila boshlaydi. Yoshligidanoq undagi ijodiy xayolot olamiga ishtiyoq fortepiano ijrochiligida namoyon bo‘ldi — u musiqa chalayotganida asarlaming g‘uvillashini, yulduzlarlarning charaqlashini ifodalaydigan ohanglami topishga harakat qilardi.
N. A. Rimskiy-Korsakovlar oilasi dengizchilar avlodiga mansub edi. Shu bois uni ham 1856-yilda imtiyozli Dengizchi kadetlar korpusiga o‘qishga berishdi.
1859— 1860-yillarda N.A.Rimskiy-Korsakov pianinochi F.A.Kanille rahbarligida musiqa bilan shug‘ullanadi. F.A.Kanille o‘quvchisiga nafaqat musiqadan dars berardi, balki uning nozik musiqiy didini rivojlantirishga ham harakat qilardi. Ustoz musiqachi shogirdining noyob iste’dodini tez ilg‘aydi. Ular birgalikda mumtoz musiqiy asarlarni sinchiklab tahhl qilishar, turli obrazlarni, har xil tabiat hodisalarini ifoda etishda orkestrning qanchalik imkoniyatga ega ekanligini o‘rganib chiqishardi. 0‘spirinning iste’dodini ko‘rgan Kanille unga musiqiy ijod bilan shug‘ullanishni tavsiya etadi.
N.A.Rimskiy-Korsakov o‘zining ilk asarlari — variatsiyalar va noktyumlami yaratadi. Ayni shu yillarda unda musiqaga ehtiroslarga to‘la muhabbat uyg‘ondi. Kanille N.A.Rimskiy-Korsakovni
M. A.Balakirev bilan tanishtiradi. Balakirev unga garmoniya, ovoz yo‘nalishi, cholg‘uchilik asoslarini o‘rgatdi va birinchi simfoniyasmi yaratishda rahbarlik qiladi. Shuningdek,
N. A.Rimskiy-Korsakov 1861-yilda V.V.Stasov, M.P.Musorgskiy, S.Kyui bilan tanishib, M.A.Balakirevning «Qudratli to‘da» to‘garagiga a’zo bo‘ldi.
Ajoyib pedagog va okeanograf, otasinmg vafotidan keyin N. A. Rimskiy-Korsakovga yaqin maslahatchi bo‘lib qolgan akasi Voin Aleksandrovich uning musiqaga berilib ketganligini yoqtirmaganligi uchun Kanille rahbarligida musiqa bilan shug‘ullanishini man etdi. Rimskiy-Korsakov korpusda o‘qishni bitirgach, «Almaz» nomli kliperda dunyo bo‘ylab sayohatga jo‘nadi (1862-1865). Sayohat tufayli o‘n sakkiz yashar N. A. Rimskiy-Korsakov Angliya, Norvegiya, Polsha, Fransiya, Italiya, Ispaniya, AQSh, Braziliya kabi bir qator mamlakatlarda bo‘ldi va turli xil xalqlaming hayotini o‘z ko^zi bilan ko‘rdi. Bu davr mobaynida u ko‘p kitoblami o‘qidi, L.Betxovenning kvartet va simfoniyalarini, M.I.Glinkaning uvertura va romanslarini berilib o‘rgandi, ulardan ko‘p taassurot oldi. Dengizdan olgan taassurotlari, keyinchalik, uning butun ijodida o‘z aksini topdi. Kompozitorning orkestr uchun yozgan asarlari va operalarida tasvirlangan dengiz manzaralari butun jahon musiqa san’atida noyobligi bilan ajralib turadi.
Kema safari chog‘ida, oila a’zolariga yozgan xatlarida musiqaning inson hayotida tutgan o‘rni haqida teran fikrlar uchraydi: «...Inson faqat puldor bo‘lish, tinchgina yeb-ichish uchun yashaydimi? Agar she’riyat yoki ilm-fan, yoki san’at uning hayotiga ruh bag‘ishlamasa, u inson bo‘la oladimi? Odamzotga musiqachi ham amaldor va zobit kabi bir xil foyda keltirmaydimi? Zobit va amaldor xalqning tinch hayot kechirishiga yordamlashsa, musiqachi uning ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsatadi, ma’naviyati past odam esa insondan ko‘ra ko‘proq hayvonga yaqindir. Shunday ekan, musiqaning ma’naviy foydasini inkor etib bo‘ladimi?»
Dengiz sayohatidan qaytganidan so‘ng, N. A. Rimskiy-Korsakov yosh ximik, professor, kompozitor A.P.Borodin bilan do‘stlashdi. N.A.Rimskiy-Korsakov A.P.Borodin, A.S.Dargomijskiy va M.I.Glinkaning opasi Ludmila Shestakovalar bilan yakunlanish arafasidagi birinchi simfoniyasini muhokama qildi. Xuddi shu vaqtlarda P.I.Chaykovskiy bilan ham tanishdi.
N.A.Rimskiy-Korsakovning birinchi simfoniyasi 1865-yilning 31-dekabridagi M.A.Balakirev rahbarligida Bepul musiqa maktabi orkestri tomonidan ijro etildi. Dengiz xizmati zobiti bo‘lgan simfoniya muallifiga tinglovchilar tik turib qarsak chalishdi. Shu vaqtdan e’tiboran Rimskiy-Korsakov o‘z hayotini butunlay musiqaga bag‘ishladi va uning ko‘p yillik mashaqqatli ijodiy faoliyati boshlanadi. U «Serb fantaziyasi»ni, «Sadko» nomli simfonik ko‘rinishni, «Antar» simfonik syuitasini yozadi; L.Meyning tarixiy sujeti asosidagi «Pskov ayoli» operasi ustida ish olib bordi. Bu opera bilan kompozitorning ilk davridagi ijodi yakunlanadi.
1871-yil avgust oyida N.A.Rimskiy-Korsakov Peterburg konservatoriyasiga professor lavozimiga taklif qilinadi. U amaliy ijod, cholg‘uchilik va orkestr sinflarida saboq beradi. Murabbiylik faoliyatini boshlaganida, u o‘ziga asosiy nazariy bilimlar yetishmayotganligini tushunib, kompozitsiyadan murakkab masalalami yechadi va mustaqil ta’lim olish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Lekin barcha yozganlari unga qiziqarli emasdek tuyuladi. N.A. Rimskiy-Korsakovning 60 fugasi va boshqa mashqlarini ko‘rib chiqqan P.I.Chaykovskiy: «8 yil awal «Sadko»ni yaratgan inson uchun bularning bari jasorat. Siz tom ma’nodagi artist, san’atkor bo‘lib yetishasiz», deb bashorat qiladi hamda unga kontrapunkt ilmini o‘rganishida yordamini ayamaydi.
1873-yilda N.A.Rimskiy-Korsakov iste’foga chiqqach, boshqarmaning Moskvadagi damli orkestriga nazoratchi etib tayinlanadi va bu vazifada 11 yil davomida ishlaydi. 1874-yilda Bepul musiqa maktabi direktori hamda dirijyori etib tayinlanadi. U bir vaqtning o‘zida ko‘p asarlar ustida ish olib boradi. Bu davrda uchinchi simfoniyasini, torli kvarteti va a capella xorlarini yozadi. Uning xalq og‘zaki ijodi, qadimgi slavyan afsonalariga bo‘lgan qiziqishi «May oyidagi tun» va «Qorqiz» operalarida o‘z aksini topdi. Ayniqsa, A.N.Ostrovskiy asarining matni asosida yozilgan «Qorqiz» operasi yuksak baholandi. «Bahor ertagi»ning muallifi A.N.Ostrovskiy shunday fikr bildirgan edi: «Korsakovning «Qorqiz»imga bastalagan musiqasi juda ajoyibdir, men unga bunchalik darajada mos keladigan qadimgi rus ma’jusiylik she’riyatini hamda ertakning avvalida qor sovug‘iday, keyin esa shiddat va ehtirosga boy qahramonni bu qadar maromida tasvirlay oladigan boshqa narsani hech tasawur qilgan emasman».
1883-yildan 1894-yilgacha N.A.Rimskiy-Korsakov Saroy qo‘shiqchilar kapellasi boshqaruvchisinmg yordamchisi lavozimida faoliyat yuritdi. Kompozitor 80-yillarda simfonik orkestrga dirijyorlik qildi. U M.P.Belyayev to‘garagini boshqardi. Boy o‘rmon sanoatchisi hamda iste’dodlami qadrlovchi M.P.Belyayev Rus simfonik konserti jamiyatini mablag1 bilan ta’minlar hamda musiqa nashriyotini boshqarardi. U ko‘pgina rus musiqachilariga homiylik qildi.
1881-yilda M.P.Musorgskiy, 1887-yilda esa A.P.Borodin vafot etadi. Shu bois kompozitor ko‘p vaqtini o‘ziga yaqin bo‘lgan bu insonlarning yakunlanmay qolgan asarlarini yozib tugatishga va ularni cholg‘uIashtirishga sarflaydi.
N.A.Rimskiy-Korsakov haddan ziyod band bo‘lishiga qaramay, 80-yillarda «Ispan kaprichchiosi» va «Shahrizoda» nomli ikkita noyob simfonik durdonani hamda «Mlada» opera-baletini yaratdi. U 1889-yilda Parij butunjahon ko‘rgazmasida ikkita orkestrga dirijyorlik qildi, keyinchalik Bryusselda kontsertlar berdi. U yerda yorqin «Ispan kaprichchiosi»ning ijrosi unga shuhrat keltirdi.
N.A.Rimskiy-Korsakov ijodiy faoliyatining samarali va sermahsul yuksalishi 90-yilIaming o‘rtasidan boshlandi. Bu davrda uning ijodida opera va romans janrlari yetakchi o‘rin egallaydi.
yilda talabalar huquqini himoya qilib chiqqan N.A.Rimskiy- Korsakov konservatoriyada egallab turgan vazifasidan ozod qilindi. U bilan hamfikr bo‘lgan A.Glazunov va A.Lyadov boshchiligidagi konservatoriya o‘qituvchi!arining bir qismi ham ishdan bo‘shab ketadi. 1905-yilning dekabrida konservatoriyaga mustaqillik berilganidan so‘ng, badiiy kengashning taklifiga binoan, Rimskiy- Korsakov yana konservatoriyada o‘z faoliyatini davom ettirdi.
N.A.Rimskiy-Korsakov yaratgan oxirgi asar Pushkinning sujetiga yozilgan «Oltin xo‘rozcha» satirik ertak-operasi bo‘ldi. Senzura kompozitorning bu asarini sahnalashtirishga ruxsat bermaydi. 1908-yil 8(21) iyunda kompozitor yurak xuruji tufayli o‘zining oxirgi asarini sahnada ko‘ra olmay, vafot etadi.
Ijodi va uning nafosati. N.A.Rimskiy-Korsakovning ijodida o‘ziga xoslik sezilsa ham, u mumtoz an’analarga suyanadi. U o‘zidan juda katta ijodiy meros qoldirgan bo‘lib, ular 15ta opera, 3ta simfoniya, orkestr uchun 7ta syuita va bir qator asarlar, 79ta romans, 3ta kantata, torli cholg‘ular uchun kvartet va septet, fortepiano uchun konsert hamda rus mavzulariga skripka uchun yozilgan fantaziyadan va bir nechta diniy mavzudagi musiqiy asarlardan iborat.
«Qudratli to‘da» a’zolari kabi N.A.Rimskiy-Korsakovda ham xalq ijodiga kuchli qiziqish paydo bo‘lgan. Buning natijasida «Yuzta rus xalq qo‘shig‘i»(1877) va «Qirqta xalq qo‘shig'i»( 1882) nomli ikkita to‘plam tayyorlangan edi. Kompozitor o‘z ijodida musiqiy folkloming asl namunalaridan foydalandi hamda milliy ohanglarni asarlariga tadbiq etdi.
N. A. Rimskiy-Korsakovning musiqasida janrlarning o‘zaro ta’siri seziladi, operalarida simfoniyaga xos xususiyatlar, simfoniyasiga esa yorqin teatrlik unsurlari singib ketgan. N. A. Rimskiy-Korsakov ijodida go‘zallik mavzusi yetakchilik qiladi. Uning asarlarida muhabbat, adolat, xalq donoligiga bo‘lgan ishonchga qarshi salbiy holatlar — zolimlik, nodonlik, munofiqlik kabi illatlar ifodalangan.
N.A.Rimskiy-Korsakov orkestrning rang-barang jilosidan foydalanib, tabiat manzarasini san’atkorona, uni xuddi tirik mavjudot kabi tasvirlaydi. Atrof-olamni shoirona idrok etish Rimskiy-Korsakovga yechimi zarur bo‘lgan muammolarning hal qilish yo‘llarini topishga yordam beradi. U o‘rmondagi har bir tovushni, qushlarning sayrashi, to‘lqmlarning qirg‘oqqa urilishmi eshitadi, tabiatdagi bor ranglarning farqini, hatto ulardagi o‘zgarishni ham payqay oladi.
N.A.Rimskiy-Korsakov garmoniyasiga aniqlik va mantiqiylik, oddiy uchovozli garmoniyalash, yondosh akkordlarni tabiiy diatonik ladlar bilan muvofiqlashtirish xos bo‘lgan. U garmoniyaning rangona tasviriy imkoniyatlarini kengaytirdi. Lado- garmonik vositalar tizimi qatorida o‘ziga xos ton, yarimton tovushqatori «Rimskiy-Korsakov gammasi»ni yaratdi. N.A.Rimskiy-Korsakov sujet voqeasiga bog‘liq modulyatsiya rejalariga katta ahamiyat berdi. Xususan, «Qorqiz»ning kirish qismida «bahor» tonailiklari guruhiga Lya-major, Mi-major, Re major, «qishki» tonalliklar guruhiga esa fa-minor, do minor xos.
Musiqiy mavzu materialining taraqqiyoti uchun kompozitor variatsion usullardan, ovozosti va taqlidiy polifoniya vositalaridan keng foydalandi.
Operalarida qariyb har bir personaj alohida va doimiy musiqiy tavsifga ega. Bular leytmavzu, leytgarmoniya, leyttembr, leyttonallik, leytritm ko‘rinishlarida keladi. «Pskovlik ayol»da sust akkordlar Olga tavsifining leytmotivi sifatida oldinga chiqsa, cho‘ziq va yorqin kuy ohanglari «Shoh qaylig‘i»dagi Marfaning musiqiy tavsifidir; «Qorqiz» operasida fleyta-Qorqizning, klarnet-Lelning, valtorna-Bahorning leyttembri vazifasini bajaradi.
N. A. Rimskiy-Korsakovning musiqachi — san’atkor sifatida shakllanishi XIX asrning 60-yillarida jamoatchilik flkrining o‘sishi, «Yangi rus musiqa maktabi»da yuzaga kelgan estetik tamoyillar rivoji bilan bog‘liq kechdi. Bu tamoyillar xalqchillikka, yuksak mazmundorlikka, san’atning insorriyatga xizmat qillshiga qaratilgan edi. Har bir asarida bosh estetik vazifani belgilash, go‘zallikka intilish, dunyoni musiqa bilan uyg‘unlikda idrok etish, ichki muvozanat, vazminlik, san’atkorona nafislik, benuqson did, musiqiy tafakkur tiniqligi — bularning barchasi N.A.Rimskiy- Korsakovga xos bo‘lgan xususiyatlardir. Odatda, muayyan vaziyatlarda janr tanlovi, dramaturgik va uslubiy tamoyillami sujet mavzusi belgilaydi. U operani musiqiy asar deb hisoblab, adabiy uslubning umumiy va maromida bo‘lishiga ham talabchanlik bilan qarar edi.
Kompozitor ijodida ertaklar, dostonlar, afsonalar hamda marosimlardan olingan mavzular salmoqli o‘rin tutadi. Bu mavzular orqali kompozitor xalqning dunyoqarashini, masalan, «Qorqiz»da Berendey saltanati fuqarolari, «Shoh Saltan haqida ertak»da Ledenets shahri fuqarolarida gavdalangan oddiy xalqning farovon hayot hamda baxt-saodat haqidagi orzu-umidlarini yorqin ochib beradi. Xalqning axloqiy-ma’naviy va estetik ideallari opera qahramonlarining qiyofalarida aks etadi («0‘lmas Koshchey» «Ko‘rinmas Kitej shahri va Fevroniya qizi haqida dostom»).
N. A. Rimskiy-Korsakov dengiz manzarasini alohida ilhom bilan tasvirlaydi. Dengizning afsonaviy go‘zalligi N.A.Rimskiy- Korsakovni bir umr o‘ziga chorlaydi. U tasvirlagan dengiz hamisha rang-barang va har doim go‘zal. Ayvazovskiyni marirrist rassom deb atashgan bo‘lsa, N. A. Rimskiy-Korsakov eng yaxshi marinist kompozitorlardan biri deb tan olingan. Yuqorida aytib o‘tgani- mizdek, «Sadko»da va shu nomli opera hamda A.Tolstoyning so‘zlariga yozilgan «Dengiz oldida» romanslar turkumida dengiz mavzusi badiiy yuksak tasvirlangan.
«Shoh Saltan haqida ertak» operasida dengizning qovog‘i soliq va sirli — zim-ziyo osmon bag‘rida goho yulduzlar miltillaydi, to‘lqinlar esa yanada uzoqroqqa intiladi. «Sadko» operasidagi musiqiy muqaddimada ko‘m-ko‘k dengiz ummoni tasvirlanadi. Dastur muqaddimasida shunday deyiladi: «yarovchata-guselkasi bilan dengiz shohiga o‘lpon qilingan Sadkoni dengizga uloqtirishadi. Dengiz shohi qizini dengiz ummoniga turmushga chiqarayotgan edi. U Sadkoni gusli chalishga majbur etadi. Suv osti saltanati shoh bilan birga raqsga tushib ketadi. «Hayqirgan» to‘lqinlar esa kemalarni sindirib, cho‘ktirib, dahshatli junbushga keladi.
Shunda Sadko gusli torlarini uzdi, raqs to‘xtadi va dengiz ham tinchidi. Violonchellar ijrosidagi sust, to‘lqinsimon kuy dengiz tabiati hodisalarining nafasini ifodalaydi. Girdob tobora qorong‘ulashib boradi va ba’zan girdob uzra shu’la yaraqlab chaqnaydi.
«Shahrizoda» syuitasida esa toMqinlarning sokin chayqalib turishi goh u, goh bu tonalliklarda kuyning ko‘tarilishi va pasayishi orqali yorqin ifoda etilgan.
Opera ijodi. «Qorqiz»operasi. Xalq tarixi, maishiy turmush, shoirona tasawurlar, urf-odatlar, xalqning milliy ruhiy qiyofasi — bulaming barchasi N.A.Rimskiy-Korsakovning operalarida yorqin ifodalangan. Bu yerda doston ham, ertak va afsona ham, tarixiy- maishiy drama hamda lirik-maishiy komediya xususiyatlari ham bor. Bunda kompozitsion yechimi alohida qismlardan iborat bo‘lgan operalar, uzluksiz rivojli operalar, ommaviy sahnali va kamer operalar, keng, yoyiq ansambllarga ega yoki ega boimagan operalar ham bor.
Operaga, eng avvalo, musiqiy asar sifatida yondoshgan N.A.Rimskiy-Korsakov operaning badiiy asosi bo‘lgan librettoga katta ahamiyat beradi. Bu borada kompozitor librettonavis V.I.Belskiy bilan sermahsul hamkorlik ham qilgan.
N.A.Rimskiy-Korsakovning iste’dodi rus xalq ijodi, jumladan, ertaklar olami bilan bog‘liq asarlarida to‘laroq namoyon bo‘ladi. Bu asarlarida musavvirlik layoqati hamda samimiy sof lirikasi ufurib turadi. Insonning ichki dunyosidagi jarayonlarga va obrazlar ruhiyatining yoritilishiga chuqur e’tibor bilan yondoshish 1898- yilda A.S.Dargomijskiy xotirasiga bag'ishlangan «Motsart va Saleri» kamer operasida, «Boyon Xonim Vera Sheloga» nomli bir aktli operasida hamda tarixiy-maishiy mavzudagi «Shoh qaylig‘i» dramasida namoyon bo‘lgan. XX asrning boshlaridagi rus madaniyatining yangi an’analari «Shoh Saltan haqida ertak», «0‘lmas Koshchey» va «Oltin xo‘rozcha» operalarida aks etdi. Teatrga xos shartlilik «Shoh Saltan haqida ertak» operasida, Pushkin asariga yozilgan «Motsart va Saleri»da, «0‘lmas Koshchey» nomli kuzgi ertakchada majoziy aksini topgan. N.A.Rimskiy-Korsakovning «Ko‘rinmas shahar Kitej hamda Fevroniya qizi haqida doston» operasida katta ma’naviy-falsafiy muammolar ko‘tarilgan. Pushkin ertagi asosida yozilgan kompozitoming «Oltin xo‘rozcha» kompozitoming so‘nggi operasi zolim podshohga nisbatan shafqatsiz satiradir. Bu opera 1907- yilda yozilgan edi.
N. A. Rimskiy-Korsakov operaga xos bo‘lgan ma’nodorlik asosini ashulachilik deb hisoblardi, orkestr ham muhim dramaturgik ahamiyatga ega bo‘lib, unga mustaqil simfonik ko‘rinishlar, antraktlar topshiriladi.
N.A.Rimskiy-Korsakovning xalq ashulalariga, qadimgi asotir va marosimlarga qiziquvchanligi uning ertak operalarida aks etdi. A.N.Ostrovskiy asari asosida yaratilgan «Qorqiz» — uning sevimli operasidir. A.N.Ostrovskiy ertagini o‘qib chiqqan kompozitor ezgulik, insonlarga nisbatan mehr-muhabbat, san’at qudrati va go‘zalligi sharaflangan bu sujetga juda qiziqib qoladi. Shuning uchun ham kompozitor: «men uchun bundan yaxshiroq sujet, Qorqiz, Lei yoki Bahordan yaxshiroq shoirona obraz, ajoyib shoh Berendey saltanatidan yaxshiroq saltanat, Yarilo-Quyosh sharafiga bosh egishdan yaxshiroq dunyoqarash, din yo‘q edi», — degan edi. N. A. Rimskiy-Korsakov bu operani bir «nafasda», tovushlari maftunkor va go‘zal manzarali yalang o‘rmon quchog‘ida joylashgan qishloqda yashab turib yozgan edi. Bularning barchasi kompozitoming ijodiga, badiiy sehrli qiyofalarm yaratishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Operada fantastik ertak va xalq turmushiga xos sahnalar bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketgan. Qorbobo, Go‘zal Bahor, Qorqiz va Leshiylar ertak qahramonlari bo‘lsa, Kupava, Mizgir, Bobil va Bobilixalar hayotiy obrazlardir. Lei hayotiy (cho‘pon) obraz bo‘lishi bilan birga, san’atning sehrli kuchini ifoda etuvchi ramziy qahramon hamdir.
Opera mazmuni. Voqealar berendeylarning afsonaviy mamlakatida sodir bo‘ladi. Qorbobo bilan Go‘zal Bahor farzandi — Qorqiz paydo bo‘lishi bilan berendeylarning farovon va sokin hayoti buziladi. Yoz mavsumida Qorqizning paydo bo‘lishi azaldan qish va yoz fasllari almashinuvi tartibiga zid edi. Bundan qudratli quyosh ma’budi Yariloning qahri kelgan.
Muqaddima shunday boshlanadi. Bahor keldi. Qalln qor bilan qoplangan o‘tloq. Leshiy qish tugab, bahor kelganligi haqida xabar beradi. Qushlarning chug‘ur-chug‘ur va chirq-chirqlari ostida Bahor yerga tushib keladi. Qorbobo ham paydo bo‘ladi. U Qorqizni chaqiradi. Qorqiz berendeylar orasiga borish uchun izn so‘raydi. Ular qizlariga ruxsat berishadi. Uni Leshiy asrashi kerak. Tong otadi. Berendeylar qo‘shiqlar kuylab, Maslenitsa qo‘g‘irchog‘ini aravaga solib, o‘rmonga ketishmoqda. Ular Maslenitsa bilan xayrlashib, Bahorni chorlashadi. Qorqiz Bobil va Bobilixalardan o‘zini qiz qilib olishlarini o‘tinib so‘raydi.
parda. lliq bahor oqshomi. Berendeylar ovulida Lei Qorqizga qo‘shiq kuylamoqda. Bu ko‘rkam yigit Qorqizning ko‘ngliga xush yoqadi, lekin Lei undan voz kechib, berendey qizlari yoniga ketadi. Qorqiz o‘zining qayg‘usi haqida go‘zal Kupava bilan sirlashadi. Kupava baxtli, uning qaylig‘i, boy savdogar Mizgir urf-odat bo‘yicha yigit-qizlarga haq to‘lab, Kupavani olib ketishi kerak. Ammo Qorqizni ko‘rgan Mizgir uni sevib qoladi va unga sovchi qo‘yadi.
parda. Berendeylar saroyi. Kupava shohga Mizgirdan arz qilmoqda. Berendeylar shohi Mizgirni muhokama qilib, hukm chiqarishga qaror qiladi. Xalq to‘planadi. Qorqiz ham keladi. Shoh uning go‘zalligidan, ammo sevgi tuyg‘usini his qila olmashgidan hayratda qolgan. Qahri oshgan Yariloning rahmini keltirish uchun shoh Berendey Lei va Mizgirga Qorqiz qalbida muhabbat tuyg‘usini uyg‘otishga buyuradi.
parda. Ta’qiqlangan o‘rmon. Yarilo kuni munosabati bilan nishonlanadigan bayram arafasida yosh-yalang davra, xorovod (qo‘shiq aytib, o‘ynaladigan qadimgi rus xalq o‘yini) qurmoqda. Shoh Lelga kuylagan qo‘shig‘i uchun mukofot tarzida eng go‘zal qizdan bo‘sa olish huquqini beradi. Lei Kupavani tanlaydi. Ko‘zlari yoshga to‘lgan Qorqiz odamlar nazaridan uzoqqa qochib ketadi.
Bayramdan so‘ng o‘tloq bo‘shab qolgan. Qorqiz chuqur qayg‘uda,chunki Lei uni sevmaydi. To‘satdan Mizgir paydo bo‘ladi va unga bo‘lgan muhabbati haqida ishtiyoq bilan so‘z boshlaydi. Qorqiz Mizgirning sevgisini rad etadi. Leshiy va jonlangan sehrli o‘rmon unga yordamga kelishadi. 0‘tloqda Lei va Kupava paydo bo‘lishadi. Ular bir-birlarini sevib qolishgan. Qorqizga rashk alami azob beradi va u onasi Bahoroyga murojaat qilishga qaror qiladi.
1У parda. Yarilo vodiysi. Gullar bilan qurshab olingan Go‘zal Bahor erta tongda ko‘ldan chiqib keladi. U Qorqizga sehrli gulchambar in’om etadi. Qorqiz go‘yo qayta tug‘iladi. Zero, u endi oldida paydo bo‘lgan Mizgirning tuyg‘ulariga javob bera oladi. Mizgir uni sevishini biladi. Xalq yozning birinchi kunini kutib olish uchun vodiyda to‘planadi. Sevishgan juftliklar qatorida Qorqiz va Mizgir ham donishmand shoh Berendey huzuriga kelishadi. Lekin quyosh nuri tegib ketgan Qorqiz issiq taftidan hamda o‘z muhabbati otashidan eriy boshlaydi. Chorasizlikdan Mizgir o‘zini ko‘lga tashlaydi. Xalq Yarilo sha’nini sharaflaydi.
«Qorqiz» operasi Qorbobo, Leshiy va Go‘zal Bahoming musiqiy obrazlari asosida tuzilgan orkestrning muxtasar muqaddimasi bilan boshlanadi. Qahrli Qorbobo — tabiatning qishki karaxtligi timsoli. Birdan xo‘rozning qichqirig‘i va qish tugayotganligi haqida xabar berayotgan Leshiyning ovozi eshitiladi.
Go‘zal Bahoming sahnaga chiqib kelishiga qushlaming chug‘ur- chug‘ur sayrashi hamroh bo‘ladi. Violonchellar ijrosidagi birinchi kuy — Bahoroy leytmotivi bo‘lib, keyinchahk u ishtirok etadigan boshqa sahnalarda ham yangraydi. Kompozitor operaning musiqiy materialini uch xil mavzuga bo‘ladi. Birinchi turga operaning leytmotiv sifatida muhim mavzu va ohanglarni kiritadi. Ikkinchi turga ariyalar va qo‘shiqlarini, kuychan rechitativlarni kiritadi. Bular — «xotiralar mavzusi»dir. Uchinchi turga aniq vaziyatlarni tavsiflovchi kuylar kiritiladi. Qorqiz musiqiy obrazi ikki mavzu asosida ifodalangan. Birinchi mavzu muqaddimaning yakunida fleyta orqali to‘la yangraydi, uning ohanglari asosida «Dugonalar bilan rezavor mevalar tergani bormoq» ariyasi tuzilgan:
Ariya yengil va nafis cholg‘u kuyi xususiyatiga ega. Qorqiz nozik, sodda, ammo sovuq va hissiyotsizdir. Ariya uch qismK shaklda yozilgan bo‘lib, o‘rtasida yangi kantilena kuyi birmuncha samimiy tus oladi. Qorqizni insonlar o‘ziga torta boshlaydi. Qorqiz va Kupava ishtirok etgan sabnada ikkita kontrast qiyofa berilgan: Qorqiz — nozik va ta’sirchan bo‘lsa, Kupava — ehtirosli va ochiq fe’l sohibasi. «Qorqiz» ariyettasida insoniy tuyg‘ular uzluksiz nafis kuy bilan ifodalanadi, sol-minor tonalligidagi kuy Sol-major tonalligiga o‘zgaradi.
poco rit.
Operada yakkaxon nomerlarni kichik hajmli qo‘shiqlar, ariozolar, ariyetta va kavatinalar tashkil etadi. Shuningdek, ko‘p sonli simfonik lavhalar hamda yakkanavoz cholg‘u sololari ham uchraydi: Bahorning «Qorqiz, bolajonim, illijolaring ne uchun» rechitativida skripka solosi; shoh Berendey kavatinasining ikkinchi qismida alt solosi; «Bahor» ariyasida, Lei ariozosida klarnet solosi va h. k. Lei sahnada paydo bo‘lganida unga deyarli har gal klarnet ijrosidagi asl xalq kuylari yo‘ldosh bo‘ladi. Lelning ravon, cho‘ziq, xalqona lad almashinuvi kabi bo‘lgan uchinchi qo‘shig‘i operaning eng yaxshi nomerlaridan biridir:
Qorqiz obrazining avj nuqtasi «erish» sahnasida namoyon bo‘ladi. Bu yaxlit rivojlanuvchi lirik monologdir. Asosiy mavzu sifatida «Shoirona tuyg‘ular» kuyi ikki marotaba berilgan. Sahnaning tonal rivoji nomdosh lad va kontrast ohanglar qiyosiga qurilgan: do diez-minor — Re-bemol major.
Sahnadagi erkin ariozo, bir-biriga uzviy bog‘liq bir necha lavhalardan tashkil topgan. Bunda kompozitor yarim chin, yarim afsonaviy bo‘lgan mavjudotni tasvirlashda avvalgi motivlardan foydalangan. Muqaddima qismidan so‘ng, («Buyuk shoh» so‘zlari aytilishi bilan) IV pardadagi Qorqiz va Mizgir duetidagi birinchi mavzu va qahrli Yariloning leytmotivi beriladi. Erish sahnasi «Menga ne bo‘ldi? Rohatmi yo mamot? Qanday zavq! Qanday tuyg'ular lazzati!» so‘zlari bilan boshlanadi:
Mavzusi do-diez minor, sol-diez minor, Mi major tonalliklarining dominanseptakkordi bilan yakunlanadigan ikki taktli motivga bo‘linadi. Bu musiqada huzurbaxsh qiynoq va o‘lim sharpasini oldindan his etish tuyg‘ulari o‘z ifodasini topgan. Qorqizning oxirgi: «О, azizim, senikiman ...» so‘zlari ta’sirchan va yorqin tuyg‘ularga toia. Mizgir chorasizlikdan o‘zini ko‘lga tashlaydi. Yarilo—Quyosh berendeylarning go‘zal zamini uzra tantanali, ulug‘vor nur sochadi. Ularnmg yerlarida endi uyg‘unlik va tinchlik hukmron. Opera qudratli Berendeylar xori Lei boshchiligida Yarilo — Quyosh sharafiga ulug‘lovchi, sharaflovchi qo‘shiq ijro etadi va opera tantanali madhiya bilan yakun topadi. Xor va orkestr yorqin, shodiyona yangraydi.
Dostları ilə paylaş: |